Tarix fakulteti 421gurux talabasi qudratov azimbekning jahon tarixi famidan



Yüklə 21,3 Kb.
səhifə2/5
tarix07.05.2023
ölçüsü21,3 Kb.
#109124
1   2   3   4   5
13-15 angilya

Azimbek, [28.04.2023 11:30]
1348 yilda Angliyada dahshatli vabo epidemiyasi (yuqumli kasallik) avj oldi, zamondoshlar uni «qora o'lat» deb atashdi. Shu yuqumli kasallik natijasida mamlakat aholisining qariyb to'rtdan uch qismi halok bo'ldi. Ishchi qo'llarning kamayishi shaharning ham, qishloqning ham ahvoliga yomon ta'sir ko'rsatdi. Ishchi qo'llar ancha qimmatlashdi. Yuz yillik urushdagi muvaffaqiyatsizlik munosabati bilan XIV asrning 60 – 70 yillaridagi Angliyaning ahvoli mushkullashdi.
Eduard III (1327-1377 yy.) hukumati 1349 yil chiqargan «Ishchi qonunlari togrisida ordonans»ga ko’ra, har bir 12 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkak va ayol o’z yeri va yashahs uchun boshqavositasi bo’lmasa, epidemiya tarqalishidan avvalgi maosh bilan ish taklif qilgan kishiga yollanishga majbur edi. Bo’ysunmaslik yoki muddatidan avval ketib qolish uchun qamoq jazosi qo’llanilgan. Ishga yollovchilar ham yuqori maosh tayinlashsa, jarima to’laganlar. «Ishchi qonunlari togrisida ordonans»da ishlamasdan tilamchilik va ogirlik qilib yurish taqiqlanadi. Hatto, tilamchilarga sadaqa qilganlarga ham qamoq jazosi
bеriladi. Ammo bu ordonans joylarda bajarilmadi, dеhqonlar va hunarmandlar bir grafliklardan ikkinchi grafliklarga qochib otishni davom ettirdi. Yirik feodallar barshchinani tiklash evaziga ishchi kuchini saqlab qolishga harakat qilganlar. «Ishchi qonunlar» va feodal zulm aholining noroziligiga, sinfiy kurashning keskinlashuviga sabab bo’ladi. 1377 yil parlament 14 yoshdan oshgan har bir kishi jon solig’I to’lashi haqida qaror qabul qiladi. Bu aholining qattiq noroziligiga olib
keladi va 1381 yilgi qo’zg’olonga bahona bo’ladi. Bu qozgolon tarixda Uot Taylеr qozgoloni nomi bilan ma'lum.
3.Uot Tayler qo'zg'oloni. 1380 yilning noyabr oyida parlamеnt qirol Richard II ga armiyani ta'minlash uchun va qirollikni himoya qilish uchun har bir 15 yoshdan yuqori bolgan erkak va ayoldan jon boshiga (gadoylardan tashqari - P.Sh.) uch grotdan soliq undirishga ruxsat bеrdi (3 grot funtning 1/20 qismiga tеng bolgan). Shu yol bilan parlamеnt 100 ming funt stеrling pul yigmoqchi edi. Richard II tomonidan e'lon qshshngan jon soligi xalqning sabr kosasini toldi-rib yubordi. Bu soliq qishloqlarda dеhqonlarning qahr gazabini kuchaytirdi va 1381 yilgi qozgolonga yеtaklagan songgi bahona boldi.
1381 yilgi qo'zg'olondan avvalgi yillarda ingliz qishlog'ida va'zxonlar paydo bo'lib, ular o'zlarini «faqir poplar» deb atardilar. Bular ingliz cherkovining mashhur reformatori Jon Viklefning shogirdlari edilar. Pop va Oksford universitetining professori Jon Viklef (1320-1384) XIV asrning 60-70 yillarida cherkovni reforma qilish kerak, degan talab bilan chiqdi. Cherkov papasiz yashay olmaydi va papa hokimiyati qirollik hokimiyatidan yuqori turishi lozim degan o'rta asr katolitizmi ta'limotini J.Viklef rad qildi. Viklefning chiqishi ideologiya jixatdan katta ahamiyatga ega bo'ldi. Viklef XVI asrda Yevropada yuz bergan Yevropa reformatsiyasi muxlisilaridan biri edi. Yuz yillik urush mahalida Angliya papalikka nisbatan g'oyat dushmanlik munosabatlarida bo'ldi, bu vaqtda fransuz qirollari ta'sirida bo'lgan Avinon papalari Angliyaga qarshi fransuz hukumatiga har qanaqa qilib bo'lsa ham yordam berardilar. Viklef reformasi London shahri aholisi orasida ham zo'r shuhrat qozondi. Cherkov diniy marosimlari soddalashtirilishi va arzonlashtirilishi kerak hamda cherkov biror-bir ajnabiy kuchga qaram bo'lmagan mustahkam milliy tashkilotga aylanishi lozim, degan Viklefning chaqiriqlari Londonda, shuningdek, boshqa joylarda xususan Angliyaning eng rivojlangan janubida va janubi-sharqida unga ergashgan bir guruh muxlislarni keltirib chiqardi. Viklefning Angliyadagi muxlislari lollardlar deb atalardi.
Uot Tayler qo'zg'oloni 1381 yil may oyining oxirida janubiy-sharqiy Esseks grafligida boshlandi. Dehqonlar bu yerda jon solig'i yig'uvchilarni haydab yubordilar va ulardan ba'zilarini o'ldirdilar. Shundan keyin villanlar manor egalariga qarshi ko'tarildilar. Qo'zg'olon Esseksdan qo'shni grafliklarga-Kent, Sefolk, Norfolk va boshqa graliklarga ko'chdi.


Yüklə 21,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin