Tarix fakulteti milliy g’oya manaviyat asoslari va huquq talimi yo’nalishi 191-guruh talabasi Bekchanova Fazilatning milliy g’oya va millatlar aro munosabatlar fanidan taqdimot ishi
Tarix fakulteti milliy g’oya manaviyat asoslari va huquq talimi yo’nalishi 191-guruh talabasi Bekchanova Fazilatning milliy g’oya va millatlar aro munosabatlar fanidan taqdimot ishi
Millatlararo totuvlik — millatlararo ahillik, xalqaro do‘stlikdir.
Millatlararo totuvlik milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalaridan sanalib, muayyan hudud, davlatda turli millat vakillarining hamjihatlikda yashashi, hamkorlikda faoliyat yuritishini ifodalovchi tushunchadir.
Millatlararo totuvlik milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalaridan sanalib, muayyan hudud, davlatda turli millat vakillarining hamjihatlikda yashashi, hamkorlikda faoliyat yuritishini ifodalovchi tushunchadir.
Millatlararo totuvlikni bir jamiyatda yashab, yagona maqsad yo‘lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, do‘stlik va hamjihatlikning ma’naviy asosi deb atash mumkin.
Millatlar o‘rtasidagi mushtarak ezgu maqsadlarni nazardan qoldirmaslik, azaliy qadriyatlar taraqqiyoti asosini tashkil etadi.
Yer yuzidagi 1600 dan ortiq millatdan bor-yo‘g‘i 200 dan ortig‘i o‘z davlatiga ega, xolos.
Bunday sharoitda butun dunyoda millatlararo totuvlikni ta’minlash uchun ularning manfaatlari, ruhiyati, intilishlarini muntazam o‘rganib borish zarur.
Mamlakatimiz hududida qadimdan ko‘plab millat va elat vakillari hamjihatlikda yashab kelishgan.
Ular o‘rtasida asrlar davomida milliy nizolar bo‘lmagan.
Xalqimiz azaldan bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik, kechirimlilik, boshqalarning urf-odat va qadriyatlarini e’zozlash kabi umuminsoniy fazilatlarni ko‘rsatib kelgan.
Millatlararo totuvlik umumbashariy qadriyat bo‘lib, turli xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotini belgilaydi, siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga samarali ta’sir etadi, tinchlik hamda barqarorlikning kafolati bo‘lib xizmat qiladi.
Bugungi kunda yer yuzida 6 mlrd dan ziyod aholi mavjud. O‘zbekiston hududida esa 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashamoqda.
Davlatlar ko‘pmillatli (polietnik) va bir millatli (monoetnik) tarkibga ega bo‘lib, har biri o‘ziga xosligi bilan bir-biridan farq qiladi.
O‘zbekiston kabi ko‘p millatli mamlakatda turli millatlar manfaatlarini uyg‘unlashtirish, ular orasida totuvlikni ta’minlash taraqqiyotning hal qiluvchi omillaridan biri hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda yurtimizda 16 ta diniy konfessiya, 2200 dan ortiq diniy tashkilotning diniy bag‘rikenglik asoslariga rioya qilgan holda o‘zaro tinch-totuvlikda umrguzaronlik qilayotgani fikrlarimizning yaqqol dalilidir.