Tarix fanlari



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə4/46
tarix12.04.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#96675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Tarix fanlari

Xronologiya arxeologiyaning asosiy qismi bo’lib, qadimdan boshlab, tarixiy jarayon, eng asosiysi insoniyat tarixini ilmiy asoslashda muhim ahamiyatga egadir. Arxeologlar xronologiyadan mutlaq to’g’ri va taxminlarga suyanib foydalanadilar. Nisbiy xronologiyada mazkur madaniyat qaysi qadimiy hududga xosligi, yodgorlikni o’rganish jarayonida qaysi biri qadimiyroq ekanligiga ahamiyat beradi. Mutlaq xronologiyada esa arxeologlar biror yilni aniqlash uchun albatta konkret manbalarga tayanadilar. Tosh davri yodgorliklarini davrlashtirishda geologik qatlam, paleontologiya va paleobotanika usullaridan keng foydalanadi. Tabiiy fanlarda ishlab chiqilgan radiokarbon davrlashtirish usuli ham keng tarqalgan. O’simlik qoldiqlari yoki hayvon suyaklarini aniqlash uchun ularga 14 ta atom og’irligidagi uglerod (C 14) tomiziladi. Buhday usulda davrlashtirishda kamdan-kam hollarda xatolik bo’ladi.
Sopol, qadimiy metall eritish va paxsa pechlarini davrlashtirishda paleomagnit usulidan keng foydalaniladi. Shuningdek, ximiyaviy va ultratovush usulidan ham keng foydalaniladi.
Shunday qilib, arxeologiya fan sifatida yosh bo’lsa-da, atama ancha qadimiydir. Turli davrlarda uni turlicha ishlatilgan. Arxeologik qazishmalar ham juda qadim zamonlardan buyon o’tkazilib kelinmoqda va ko’plab yutuqlarga erishilmoqda.
Xulosa qilib arxeologiya fanining ochilmagan jihatlari, o’rganilmagan qirralarini o’rganishda alohida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlash mumkin.
2-Mavzu : O’zbekistonda arxeologiya fanining paydo bo’lishi va taraqqiyot bosqichlari.
Reja :
1. Chor Rossiyasi va sovet xukmronligi davrida O’zbekistonda arxeologiya fani .
2 . Mustaqillik yillarida arxeologiya fani taraqqiyoti .
3. O’zbekistonda arxeologiya faniga hissa qo’shgan olimlar .
4. Shaharlarning yubiley tantanalari .
Adabiyotlar:
1 . O’zbekiston tarixi jurnali Toshkent 2003 – yil , 4 son.
2 . Ahmadali Asqarovning ilmiy va pedagologik faoliyati. Toshkent-Samarqand 2005.
3 . Fan va Turmush jirnali Toshkent 2006 – yil . 5 – 6 sonlari.
4 . O’zbekiston tarixi jurnali Toshkent 2001 – yil , 4 son.
5 . www.ziyo.net – internet saytlaridan foydalanildi.

Tarix taqozosi shunday bo’ldiki , O’rta Osiyo mintaqasida markaziy o’rinni egallovchi O’zbekiston hududi qadim zamonlardan boshlab , o’troq dehqonchilik va ularning chorvador ko’chmanchilar madaniyati bilan o’zaro tasirga kirishi jarayoni yuz bergan makonga aylandi . Mazkur sivilizatsiyasining moddiy yodgorliklarini o’zbek tuprog’i o’z bag’rida saqlab kelyapti .



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin