Tarix fanlari


Tosh asri va bronza davri madaniyatlarini o’rganish



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə6/46
tarix12.04.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#96675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Tarix fanlari

1.Tosh asri va bronza davri madaniyatlarini o’rganish
2.O’rta Osiyoda irrigatsiya va dehqonchilik tarixini o’rganish.
Bu sohaga u o’zining beqiyos ulkan shaxsiyu hissasini qo’shdi. Uning qadimiy irrigatsiyani va yerdan foydalnishni o’rganish sohasidagi tadqiqotlarining natijalari , Zarafshon , Qashqadaryo kabi qadimgi suv manbalarining rejimini tadqiqot etishga oid xlosalari “o’z qimmatiga ko’ra tengi bo’lmagan , asos soluvchi” natijalar sifatida baholandi3 .
Vasiliy Afanas’evich Shishkin ma’lumotiga ko’ra sharqshunos , o’z ilmiy faoliyatni 1926 yilda O’rta Osiyo qadimiyat va san’at yogorliklarini o’rganish va muhofaza qilish qo’mitasining xodimi sifatida boshlagan. Keinchalik O’zbekiston qadimiyat va san’at yodgorliklarini o’ganish va muhofaza qilish qo’mitasida o’z ishini arxeologik va tarixiy arxeologik yo;nalishdagi dala tadqiqotlari bilan birga qo’shib olib brogan holda faoliyat ko’rsatdi (Buoro va Qashqadaryo viloyatlarida, Farg’ona vodiysida). 1943 yldan boshlab u yirik ilmiy ekspeditsiyalarda (Zarafshon, Termiz, Poykent) va Samarqanddagi Go’ri Amir maqbarasidagi Temur va Temuriylar qabrini o’rganishda ishtirok etdi (1941 Varaxshadagi Alibasterdan yasalgan haykalni va deviriy tasvirlarni topganligi unga shuhrat keltirdoi (1937) . Institut tshkl etilganidan so’ng Shishkin u yerda katta ilmiy xodim sifatida o’z faoliyatini boshladi va umrining oxiriga qadar (1966) Sektor boshlig’I bo’ldi . 1966 yil fevral oylarida u fanlar akademiyasining muxbir a’zosi etib sayandi4 .
Tarix va arxeologiya institutida Olim qadimgi shaharlar va qishloq manzillari va qadimgi hamda o`rta asr davriga oid maqbaralarni o`rganish ishiga rahbarlik qildi.
Yahyo G’ulomov va V. A. SHishkin boshchiligida O`zbekiston arxeologiya ekspeditsiyasining ko`p sonli otryadlari Zarafshonning quyi oqimida, Samarqand mintaqasida, Farg’ona vodiysida vaToshkent vohasida , shuningdek , yangi o’zlashtrilayotgan yerlarda , irrigatsiya qurilishlari zonalarida , Chimqo’rg’on , Janubiy surxon va Tuya bo’g’iz suv omborlari , chorvoq ges qurilishida , Amu – buxoro va Amu – qarshi kanallari ,keyinchalik esa Markaziy Farg’ona kanali trassasida dala ishlarini olib bordilar2 .
Yildan – yilga institut arxeolog tadqiqotchilari oldida ulkan vazifalar , shu jumladan , ibtidoiy jamiyat , antik va o’rta asrlar davrlarida oid yodgorliklarni , qadimgi irrrigatsiya inshootlarini, shaharlar va qishloq manzilgohlari tarixini o’rganish vazifalari qo’yila boshlandi .
Dastlabki paytlarda xususan , 50 – yillarda tosh asri va bronza davrini o’rganish muammosi qo’yildi . Bu vaqtga kelib , ibtidoiy odamning Teshiktosh , Omonqo’ton g’orlari singari bir qator manzillari topilgan va ular O’zbekiston tuprog’ining insoniyat ajdodlarining beshigi bo’lganligini , ilmiy izlanishlar uchun muhim ahamiyat kasb etishini yaqqol ko’rsatgan edi . Biroq , ayni paytda anashu uzoq o’tmish davrini tadqiq etish uchun mutaxasis kadrlarni yetishmasligi sezildi . Yahyo G’ulomovning tashabbusi bilan institutning bir guruh aspirantlari sobiq ittifoqning Markaziy shaharlarida (asosan Lelingradda) tosh va bronza davrining tadqiqotchilari bo’lgan yirik olimlar rahbarligida maxsus tayyorgarlikdan o’tdi .
Natijada institut ilmiy jamoasiga yosh mutaxasislar oqimi kelib qo’shildi(Islomov , Qosimov , Sulaymonov , Mirsoatov , Rahimov , Asqarov , shuningdek , numizmat va sharqshunoslar Ishoqov , Ernazarova) . Eng qadimgi hayot ildizlarini qidirishga qaratilgan muntazam izlanishlar natijasida respublika hududida tosh asri odamining g’orlardagi va ochiq yerlardagi bir qator manzillari topildi . Ular orasidagi Bo’zsuvdagi (Toshkent atrofida) paleolit davriga oid manzil , Chirchiqning yuqori oqimidagi Xo’jakent va Obirahmat g’orlari , Ohangaron vodiysidagi ko’p qatlamli Ko’lbo’loq manzili bor edi . Ularni tadqiq etish (Sulaymonov , Qosimov) shuni ko’rsatdiki , O’zbekistonning tog’li tumanlarida quyi paleolit davridayoq , yani bundan 600 – 700 ming yil ilgari ibtidoiy ovchilik va termachilik yashagan va bu hudud odamning jismoniy rivojlanishining ilk bosqichidagi yashash zonasi – bepoyon Yevroosiyo zonasi tarkibiga kirgan .
O’zbekiston hududida ibtidoiy madaniyatlar evalutsiyasining uzluksizligi borasida janubiy Farg’ona g’orlaridagi , Surxondaryodagi Machay , Obishir , Toshkentdagi Qo’shilishi , singari o’rta , yuqori paleolit va mezolit davrlariga mansub manzilgohlarning ochilishi va o’rganilishi guvohlik beradi . Shuningdek , tosh asriga mansub chaqmoqtosh ustaxonalari va ibtidoiy san’atning ko’plab namunalari ham topildi . Zarautsoy , Taketosh , Porongunsoy , Sarmish daralarida tadqiqotchilar ko’z oldida noyob “rasmlar galeriyasi” namoyon bo’ldi . Ularning o’rganilishi tufayli O’zbekistonda arxeologiya fanining mustaqil yo’nalishi qoyatoshlardagi ibtidoiy tasviriy san’at muamosini tadqiq etishga asos solindi (Kabirov , so’ngra Xo’janazarov) . Institut arxeologlarining tadqiqotlari natijasida toshdan metalga o’tish davri yoritib berildi . Surxondaryoda Eneolit qatlamlarini tadqiq etish shuni ko’rsatdiki , yangi tosh asrining boshiga kelib odam O’rta Osiyada tabiat mahsulotlarini o’zlashtirishdan tabiat olamiga faol tasir ko’rsatishga o’ta boshlagan . Bu hayvonlarni qo’lga o’rgatish va yovvoyi o’simliklarni madaniylashtirish orqali sodir bo;lgan hamda bunda janubiy mintaqadagi ibtidoiy jamoalar ustuvorlikga ega bo’lgan . Isttitutda olib brogan tosh asri yodgorlilariga oid tadqiqotlar O’zbekistonda ibtidoiy jamiyat tarixini tiklash va uni davrlashtirish uchun poydevor yaratib berdi . 50 – 60 – yillarda bronza davri yodgorliklarini qidirib topish va o’rganish ishlari ancha siljidi . Zarafshon vodiysi va Qashqadaryoda cho’l bronza davri qabilalarining ko’plab manzillari (Andronov Tazabog’yob madaniyati , milodgacha bo’lgan II asrning ikkimchi yarmi – I asr boshlari ) topildi . mana shu davrga mansub qabrlar va manzilgohlar Farg’ona viloyaytida ham aniqlandi. Ushbu davrda yashagan qabilalarning hayoti va madaniyatini tavsiflashda Yahyo G’ulomovning Ahmadali Asqarov va O’tkir Islomov tomonidan qabrdagi tadqiqotlari , keyinchalik Buxoro viloyatining g’arbiy qismidagi Moxandaryo manzillaridagi izlanishlari muhim ahamiyat kasb etdi . Ularning tadqiqotlari qadimgi dehqonlar va chorvadorlarning “Zamonbobo madaniyati” deb atalgan mustaqil arxeologik madaniyatini ko’rsatib berdi. Ushbu izlanishlar aralash chorvachilik – chorvachilik xo’jaligi rivojlangan adirlar zonasida hamda vohalarning chekkalarida , shunungdek , qadimda suv bosgan yerlarda yashovchi aholining , madaniy qiyofasi haqida tasavvur hosil qilish imkonini berdi. Biroq , ushbu zona aholisi O’rta Osiyoning janubida yashovchi qabilalarga xos bo’lgan quruvchilik va Fortifikatsiya ko’nikmalarini yetarli darajada egallamagan edi .
60 – yillardayoq Surxandaryoda (Shimoliy Baqtriya ) bronza davrining yangi yodgorliklari – Sopollitepa va so’ngra Jarqo’ton topildi . O’sha paytdayoq ularni o’ganish boshlandi(Ahmadali Asqarov) va tadqiqotlar fanga qadimgi dehqonlar hamda shahar quruvchilarning yuksak rivojlangan hayratomuz sivilizatsiyasini ochib berdi . so’ngra ma’lum bo’lishicha , bu sivilizatsiya qasrlar , ibodatxonalar , rivojlangan fortipikarsiya va hunarmandchilikka ega bo’lgan bepoyon Baqtriya – Marg’iyona sivilizatsiyasi tarkibiga kirgan . uning aholisi janubda Mesopotamiya va Hindistondagi markazlar bilan va shimolda dasht chorvadorlari bilan (Amdronov madaniyati vakillari) madaniyati zonasi bilan qalin savdo aloqalarini olib borgan . Bu kashfiyotlar va 1970 – yilda tashkil etilgan arxeologiya institute doirasida davom etirilgan tadqiqotlar o’sha paytdayoq O’zbekistonnnig janubiy hududlarini qadimgi shahar tipidagi yuksak rivojlangan sivilizatsiyaning bepoyon arealiga kiritish mumkinligi haqidagi fikriga asos bo’ldi. Ana shu vaqtda Janubiy vohalarga cho’l bronza madaniyati vakillarining kirib kelish manzaralari namoyon bo’la boshladiki bu hol O’rta Osiyo mintaqasida qadimgi sivilizatsiyalarning umumiy qiyofasining shakllanishida migratsiya jarayonlarining rolini aks errirar edi . O’zbekiston hududidagi madaniyatlarning tarkib topishiga oid bir yoqlama qarashlarni yuzaga keltirdi. Holbuki , u o’zining geografik mavqei , o’rtada joylashganligi tufayli qabilalar va madaniyatlar o’zaro ta’sir maydoni bo’lib qolgan edi .
Institut arxeologlari tomonidan shaharlar , qishloq manzillari, o’troq aholining mikropollari va ko’chmanchilarning qabrlarini o’rganishga alohida ahamiyat berildi . Varahsha arki va qasri joylashgan yerda qazish ishlari davom ettirildi(Shishkin , Nilsen). Shimoliy Baqtruya qishloqlaridagi qasrlarda olib borolgan qazish ishlari paytida ham yangi tasvirlar topildi. Janubiy So’g’d qishloqlaridagi uy-joylarni Kabanov tadqiq etdi. Institut tashkil etilgandan so’ng qadimiy shaharlarning vujdga kelish jarayonini yangi, rejali asosda o’rganish yo’lga qo’yildi.
Afrosiyob, Axsikent, Quva, Toshkentni o’rganish diqat markazida turdi. Afrosiyob qo’rg’onida qadimgi Samarqandni o’rganishga alohida e’tibor berildi va bu hol 1945 yilda maxsus Samarqand arxeologiya bazasining tashkil etilishida o’z aksini topdi(Terenojnik , so’ngra esa Jukov). 1958 – yilda Afrosiyob otrryadi (rahbar rahbari, so’ngra G’ulomov) tuzilishi bilan qal’adagi ishlar keng avj oldirildi. Ishda asosiy diqqat – e’tibor mudofaa devorlarini , irrigatsiyani shahar dahalarini , hunarmandchilik mahsulotlarini o’rganishga qaratildi. Ilk o’rta asrlarga mansub aslzodalarning devorlarida ajoyib syujetli tasvirlar saqlanib qolgan saroy imoratlari mavjud mavzelarning topilishi tadqiqotlarning eng katta yutig’I bo’ldi, ushbu topilmalar dunyo san’atinig noyob kolleksiyasi sirasiga kiritildi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin