O’zbekistonning mustaqil taraqqiyoti yillaridagi tarixiga oid manbalar. Tarixiy manbalarni to’plash va saqlash Mustaqil O’zbekiston davlatining tashkil topishiga oid materiallar. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov asarlari mustaqil O’zbekiston tarixi bo’yicha asosiy manba. O’zbekistonda demokratik davlat tizimini barpo etishga doir hujjatlar tarixiy manba sifatida. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni nashrlari, O’zbekiston Oliy Majlis hujjatlari muhim tarixiy manba. Mustaqillik davri turli hujjatlari, statistik ma’lumotlar, nashr materiallari, matbuot materiallari va boshqa ma’lumotlar tarixiy manba sifatida.
Seminar mashg’ulotlarini tashkil etish
bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar Seminar mashg’ulotlarida talabalar Manbashunoslik va tarixshunoslik fanidan ma’ruza darslarida olgan nazariy bilimlarini mustahlash bilan birga, seminarlar mavzulari bo’yicha tayyorgarlik ko’rish jarayonida qo’shimcha adabiyotlar va tarixiy manbalar bilan tanishish orqali qo’shimcha bilim oladilar. Natijada ularning bilim doiralari ilmiy jihatdan asoslangan holda kengayadi.
Seminar mashg’ulotlarining taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari:
V.V.Bartoldning O’rta Osiyo tarixiga oid ilmiy merosi
I.M.Muminov, Ya.Ғ.Ғulomovning ilmiy merosi
B.A.Ahmedov va S.P.Tolstovning ilmiy merosi
O’rta Osiyo tarixining mustamlakachilik davri masalasi borasidagi ilmiy munozaralar (XX asrning 50-60 yillarida)
Uzbekistonda tarix fani tarixshunosligi (XX asrning 60-80 yillarida)
XX asrning 80-90 yillarida tarixchilar o’rtasidagi ilmiy munozaralar
Mustaqillik davrida O’zbekiston tarixini o’rganishga yangicha yondashishlar
Seminar mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ko’rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo’yicha olgan bilim va ko’nikmalarini amaliy masalalar yechish orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o’quv qo’llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, mavzular bo’yicha ko’rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi.