Tarix o`qitish uslubiyatining fan sifatida shakllanishi va uning taraqqiyoti (kamchiliklari, oqibatlari va o`qitishning dolzarb muammolari)
REJA:
1 .Tarix o'qitish uslubiyatining moxiyati va uni fan sifatida vujudga kelishi.
2.Tarixiy-uslubiy fikr va tarix ta'limining taraqqiyot davrlari.
3.Tarix taiimi, tarixiy-uslubiy fikr taraqqiyotida yo'l qo'yilgan kamchiliklar,uning oqibatlari va tarix o'qitishning dolzarb muammolari.
Demokratiya, bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatga sobitqadamlik bilan bosqichma-bosqich kirib borayotgan mamlakatimiz Vatanni ardoqlovchi, keng tafakkurli, sog`lom, ma’naviy va ma’rifiy jixatdan barkamol, iqtisodiy islohatlarning moxiyatini tushunadigan hamda ularni yangi ijtimoiy munosabatlarini shakllantirish orqali hayotga tadbiq etaoladigan yuqori malakali qadrlar zarur. Ko`rsatib o`tilgan xislatlarning poydevori esa umumiy o`rta ta’lim mnktablarida va unda o`qitiladi tarix fanining saviyaga bog`liq.
Tarix ta’limi, uning mazmuni va maqsadini aniqroq anglab olish uchun, hozirgi kunimizga, ya’ni mustaqil davlat tashkil topishi arafasigacha tarix ta’limining vujudga kelishi va uni fan sifatida o`qitilishi O`zbekiston tarixini nima uchun maktablarda o`rganilmasdan qolganligi, kamchiliklar va dolzarb muammolarni bilish maqsadga muvofiqdir.
Tarix ta’limining yuqorida aytilgan maqsad va mazmunidan kelib chiqib, tarix o`qitish uslubiyatini bosib o`tgan tarixiy yo`liga nazar tashlashni taqoza etadi.
Hozirgi tarix o`qitish uslubiyati tarixchi olimlar, o`qituvchi va o`quvchilarning mehnati va ijodiy izlanishining natijasidir. Tarix o`qitish uslubiyatining vujudga kelishi va rivojlanishi jahon tarix fanining, ijtimoiy sotsial va iqtisodiy rivojlanish tarixi bilan siyosiy qarashlarning rivojlanishi, hamda pedagogika faning rivojlanishi bilan bog`liqdir.
Metodika so`zi qadimgi grekcha “metodos” so`zi dan olingan bo`lib, “tadqiqot yo`li” degan ma’noni anglatadi.
Uslubiyatning dastlabki elementlari maktabda tarix o`qitishning boshlanishi ya’ni qanday o`qitish, uning mazmunini tanlash asosida vujudga keldi. Jahon tarixi o`qitish tajribasidan ma’lumki, maktabda tarix o`qitish XVII asrning birinchi choragida boshlanadi. XVII-asrning oxiri-XVIII- asr boshlarida jahon mamlakatlari, sobiq Rossiya davlatida inqilobiy voqealar, isloxatlar o`tkaziladi. Natijada, maxsus o`quv yurtlari, umumiy ta’lim maktablari ochilib, ularda diniy bilimlar birgalikda dunyoviy bilimlar ham o`qitila boshlandi.Ammo bu davrdagi monarxiya davlati tepasida turgan shaxslarning yurgizgan siyosati butunlay o`z idora mafkurasiga buysundirilgan edi. Xullas, Rossiya imperiyasida tarix dastlab 1705 yildan boshlab Glyuka gim-naziyasida, 1721 yildan boshlab Peterburgdagi Feofan Prokop’vich maktabida, so`ngra akademiya, gimnaziyalarida o`qitila boshlandi.Bu davrdagi maktablarda faqat umumiy tarix o`qitilib, boshqa tarix o`qitilmas edi.
1747 yilda umumiy tarix darsligi birinchi marta chet tilidan tarjima qilinadi, 1766 yilda fransuz tarixchisi La Krotsaning umumiy tarixdan qisqa kursi rus tiliga tarjima qilinadi. Bu darsliklarining asosiy mazmunini xukmron sinflar tarixi tashkil etardi. Ana shunday qilib maktablarda tarix o`qitilishi boshlandi.
XVIII asrning ikkinchi yarimida tarix o`qitishning kengayishi tarixni
mustaqil predmetga aylantirilishi bilan birga tarixiy-uslubiy fikrlar ham rivojlana boshladi. Bu davrning uslubi o`qituvchilarda tarixiy voqealar sodir bo`lgan vaqt va joy xaqidagi tasavvurlarni rivojlantirishning juda muhim ekanligini tushunganlar.
Ular xronologiya, sinxronologiya tablitsalar tuzish, xronologiya bo`yicha mashq qilish kabi muhim metodik usullardan foydalana boshlaydilar.
Bu davrga oid pedagogik xujjatlarda ko`rsatmalilikning ahamiyat, takrorlash uchun savollar va boshqa metodik ko`rsatmalarni uchratamiz. Ammo tarixdan bo`ladigan mashg`ulotlar aksariyatida o`quvchilarga yillar, nomlar va ajoyib sargo`zashtlari qayta yod olishdan nariga o`tilmasdi. O`qituvchilar o`quvchilarning darsda bajaradigan vazifalarni ham tushuntirib bermas edi. Darsda o`qituvchining o`rni, uning jonli so`zi, hikoyasi o`ziga munosib o`rin egallay olmas, mustaqil ijodiy izlanishga imkoniyat yaratilmas edi. O`quvchilarga tarixdan uyda mashq qilish uchun vazifa ham berilmas edi.
XIX asrning ikkinchi yarimida burjua tarixchiligi rivojlanib, maktab tarix ta’limining mazmuni va uning yo`nalishi ular tomonidan belgilab beriladi.
XIX asrning 60 yillarida tarix o`qitishning real metodi deb nomlangan uslub ilgari surildi, bunda o`quvchilarning tarixiy manbalari taxlil qilish yetakchi rol uynaydi. Bu uslubda darsliklarni yod oldirish o`quvchilarga tadbiq qilinib, inson tafakkuri bilan yaratilgan eng muhim adabiy yodgorliklarni o`qib berishni tavsiya qiladilar. Ular hujjat va maqolalardan iborat xrestomatiyalarni to`zib bosmadan chiqaradilar. Xrestomatiyadan foydalanish o`quvchilarning tanqidiy fikr yuritish qobiliyatini o`stirishga xizmat qilish uchun asos qilib olingan real metod o`quvchilarga tarixga doir bilimlarning yaxlit sistemasini bera olmas edi.O`quvchilarning hujjatlar ustida ishlash qobiliyatiga ortiqcha baho berib yuborildi.
1872 yilda o`g`il bolalar o`qiydigan gimnaziya uchun tarixdan majburiy dastur qabul qilinadi. Bu programmada eng yangi tarix butunlay tushurib qoldirilgan, yangi tarix va o`rta asrlar tarixi qisqartirilgan asosiy e’tibor qadimga tarixni o`rganishga qaratilgan edi.Bu hol o`sha davrdagi ilg`orki ishlarning noroziligiga sabab bo`ldi. Bu davrdagi tarix o`qitish vazifalari ham, darsliklarning mazmuni ham uni o`qitishning mazmuni ham uni o`qitishning sholastik uslubi ham ijobiy o`qituvchilarni qoniqtirmas edi. Xalq maorifi Ministrligi gimnaziyalarda o`tiladigan tarix bilimlari sistemasini o`zgartirdi.
1917 yil Oktyabr to`ntarishi, xalqlarimiz ko`nglida ijtimoiy-milliy va mustamlakachilik istibdodidan batomom qutilish umidini uyg`otdi. Chunki kommunistik partiya va Sovet hukumati xalqlarga ozodlik, tenglik, mustaqillik berishni va’da qilgan edi. Lekin o`lkada inqilobiy xarakatiga juda chigal va ziddiyatli vaziyatda kechdi. Dastlab inqilobiy g`oyalarni amalga oshirishga o`lkaning o`ziga xos jihatlarning tushunmaydigan kishilar rahbarlik qildi. Mahalliy aholi vakillari bu ishga mutlaqo qatnashmadi.
Xalqning ming yillar mobaynida shakllangan an’analari, urf-odatlariga, turmush tarziga zid, ularga to`g`ri kelmaydigan tor sinfiy qarashlar, bolshiviklar, zo`ravonlik siyosati amalga oshirish boshlandi. O`zbekiston boshqa jumxuriyatlarni partiya hamda davlat oliy rahbariyati mustaqillikka va erkinlikka erishishga yo`l ko`ymadi.
Xo’jako’rsinga milliy davlat, milliy bayroq va milliy madxiya to`zib, amalda jumxuriyatlar mustamlaka holida qolaverdi. To`g`ri 20-yillarda jumxuriyat partiya va davlat oliy organlariga o`zbeklar tayinlandi, lekin ular markazning itoatkor xizmatkorlari hisoblanardi. Ko`p hollarda nazorat va ish yuritish markazdan yuborilgan o`rinbosarlar ixtiyorida bo`ldi. O`zbek tili emas, balki rus tili davlat, ilm-fan tiliga aylantirildi. 1929 yilda eski imloning avval lotin imlosiga, keyin rus imlosiga o`tishi yoshlarning milliy ma-daniyat va avlodlar boy tarixiy merosidan mahrum bo`lib qolishga sabab bo`ldi. Maktablardagi ta’lim tarbiya milliy zamindan o`zib tashlandi. Bunday siyosatga norozilik bildirganlar millatchilikda ayblanib, taqib ostiga olindi, 1918 yilda Toshkentda ochilgan musulmon xalq dorilfununi va uning xodimlari taqdiri shunday bo`ldi, 1920 yilda Turkiston xalq dorilfununi tugatilib, u O`rta Osiyo Davlat universiteti (xozirgi Toshkent Davlat universitetiga) qushib yuborildi. Uning mudiri va o`qituvchilarining aksariyat ko`pchiligi xalq dushmani-jadidchi, panturizm g`oyasi targ`ibotchisi, millatchi tamg`asi bosilib, katog`on qilingan. Ulardan ko`pchiligining taqdiri hozirgacha ham noma’lum. Musulmon xalq dorilfununining mudiri, o`z davrining yetuk olimi, yozuvchi va shoir, otashin ma’rifatparvar, ijtimoiy siyosiy xarakatlarning faol ishtirokchisi Munavvarqori Abdurashidxonov xibsga olinib, otib tashlandi.
20 yillarning oxirlariga kelib ma’muriy-buyrukbozlikka asoslangan mustabid markaz o`zil-kesil shakllanib o`lgurdi. Ushbu markaz amalda cheklanmagan xokimiyatni o`z qulida mujassamlashtirib, jumxuriyatlarni butunlay mustaqillikda, fuqarolarni esa eng oddiy haq-huquqlardan mahrum etdi. Maktab tarix bilimlari tizimi ham xuddi shu yillarda, ya’ni 30-yillarning boshlarida shakllandi. Maktab tarix bilimlari mazmuni butunlay ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan tizim, zo`ravonlik siyosati, partiya yakkaxokimligi manfaatiga buysundirildi. Xalq ta’limiga rahbarlik qilishdagi demokratik prinsip butunlay bo`zildi. Tarix o`qitish-o`rganish bir xil tizimga solib, uni siyosat manfaatiga buysundirishda partiya va davlat raxbarlarining tegishli qarorlari hamda ko`rsatmalari asosiy rol o`ynadi.
Fanlar bo`yicha yagona maxsus majburi hamda barqaror darsliklarning bo`lishi (maxsus va majburiy hamda) markazda rus tilida nashr qilinishi, joy joylarda tarjima qilib o`qitilishi, mamlakat miqyosida maktab ta’limiga vasiylik qilish va uning ustidan siyosiy nazoratning kuchaytirilishi yoshlarni davlat siyosati, yagona partiya g`oyasiga sodiq kishilar qilib, tarbiyalashni ko`zda tutar edi. 1938 yilda “VKP (b) tarixi qisqa kursi” darsligi nashr qilinib, markazda nashr qilingan barcha darsliklarga, shu jumladan tarix darsliklariga shu darslik tizimi asos qilib olindi.
Shu tariqa, 20-yillarning oxiri 30-yillarning boshlariga kelib, maktab tarix bilimlari tizimi shakllandi. 40-yillarda esa darsliklar yaratildi. Bunda davlat siyosatiga moslangan yagona partiya g`oyasi singdirilgan darsdiklarda umuman davlat siyosati umrini iloji boricha uzoqqa cho`zish asosiy maqsad qilib olgan edi. Markazda tayyorlanib chop etilgan mazkur darsliklar o`zbek tiliga tarjima qilinib, jumxuriyat maktablarida o`qitila boshlandi. 1934 yil-dan e’tiboran sobiq SSSR miqyosida shu jumladan jumxuriyat maktablarida tarix quyidagi tartibda o`qitiladi: III-VI sinflarda SSSR tarixining qisqa kursi: V-VII sinflarda qadimgi dunyo va o`rta asrlar tarixining elementar kursi, VIII-X sinflarda SSSR tarixi va yangi tarix kursi kiritildi.
Yuqorida ta’kidlab o`tilganidek, jumxuriyat maktablarida tarix o`qitishga ma’naviy hayotni markazdan turib boshqarishga asoslangan davlat siyosatini izchillik bilan amalga oshirish asosiy vazifa qilib quyildi. Mafkuraviy hukmronlik milliy jumxuriyatlar erkinligi tendentsiyalariga tazyiq ko`rsatdi. Ming yillar davomida shakllangan qadriyatlar inkor etildi. Jumxuriyat maktablarda O`zbekiston xalqlari tarixi mustaqil fan sifatida o`qitilmay, balki undagi ba’zi voqealarga Rossiya tarixi tarkibida o`qitish, yoshlarni ajdodlarimizning boy merosidan, an’analaridan maxrum etish maqsadida ularni chetga surib quyish yana shu davlat siyosatining erkin ifodasi natijasi edi. O`zbekiston xalqlarining ko`hna va mazmundor tarixi mustaqil fan sifatida o`qitilmaganligi o`quvchilar siyosiy ongining o`sishiga to`sqinlik qildi, ularning ma’naviy qashshoq bo`lib, qolishiga sabab bo`ldi.
Mazkur darsliklarda bulardan boshqa jiddiy kamchiliklar ham mavjud. Darslik mualliflari darsliklarni tarixiy faktlar va nomlarga to`ldirib yuborgan edilar. Tabiiy, bu hol darsda faktlarning hammasini chuqur taxlil qilish, ulardan tegishli xulosalar chiqarishni qiyinlashtirib quygan edi, ba’zi muhim tushunchalarning mazmuni chuqur ochib berilmasdan, ko`pincha ularga qisqacha izoh berish bilan kifoyalanilgan edi. Darsliklar jonli tilda yozilib, yodgorliklarning tasvirlari bilan jihozlanishga qaramay, ularda o`quvchilarni mustaqil ishga rag`batlantiruvchi savollar va vazifalar hamda tarixiy xujjatlardan namunalar berilmagan edi. Bu hol o`qituvchining darsda o`quvchilarning faolligini oshiqcha yordam beradigan usullar qo`llashiga imkon bermas, o`qituvchi ko`proq darsda materiallarni o`tib o`lgurish ustida bosh qotirar, boshqa ishlarni qilishga vaqti qolmas edi.
Maktab tarix o`qitishning shakl va usullarini ham ishlab chqishni talab etdi. N.V.Andreevskaya, V.N. Bernadskiy, I.V. Gittis, M.L. Zinovev, A.N. Strapiv va boshqa atoqli uslubiyatchilar maktabda tarix o`qitishning muhim muammolarini ishlab chqishga kirishdilar. 1939 yilda V.N.Bernadskiyning «Yuqori sinflarda tarix o`qitish» metodlari, (metodika predpodovaniya istorii v starshix klassax, L, 1939), 1947 yilda N.V.Andreevskaya bilan V.N.Bernadskiylarning «Yetti yillik maktablarda tarix o`qitish metodikasi» (Metodika prepodovaniya istorii v semiletnnx shkole) va boshqa uslubiy ko`llanmalar nashr etildi va o`zbek tiliga tarjima qilindi.
Respublikamizda 1918 yil dekabr oyidan boshlab nashr qilina boshlangan “Ma’orif” (hozirgi «Xalq ta’limi») jaridasi maktabda tarix o`qitishning yo`lga qo`yish va o`qituvchilarning pedagogik maxoratini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo`ldi, jumxuriyat o`qituvchilarning chinakkam dasturil amaliga aylandi. Jarida saxifalarida uzoq yillar «Falsafa», «Tarix», «Iqtisod va siyosiy”, “Siyosiy-ijtimoiy fanlar”, “Ta’lim-tarbiya” ruknlari ostida tarix o`qituvchilariga ilmiy-nazariy va ilmiy uslubiy yordam beradigan turli-tuman maqola va tavsiyanomalar bosilib turdi.
O`zbekiston maktablarida tarix o`qitishni yo`lga quyish va ma’lum darajada tarixiy uslubiy fikrlarning taraqqiyotida 1940 yil avgustda O`zbekiston Maorif vazirligi xuzurida tashkil etilgan o`quv uslubiy kengashi Tarix seksiyasining faoliyati ham katta ahamiyatga ega bo`ldi. Tarix seksiyasi tarix dasturlari va darslik hamda qo`llanmalar tarjimasining sifati, ularning jumxuriyat sharoitiga moslashtirishni nazorat qildi, darsliklar va uslubiy qo`llanmalarning nashr qilinishiga yordamlashdi, ilg`or tajribalarni ommalashtirib, maktabda tarix o`qitishning turli masalalariga doir ba’zi muhim tavsiyalarni ishlab chiqdi.
Fashistlar Germaniyasi ikki yilda butun G`arbiy Yevropani o`ziga qaratib oldi. Yevropani osonlik bilan buysundirgan, uning barcha sanoati, qishloq xo`jaligi va aholisini o`ziga xizmat qildirgan fashistlar Germaniyasi sobiq SSSR bilan tuzilgan hujum qilmaslik to`g`risidagi bitimini buzib, 1941 yil 22 iyunida mamlakatga itoatkorona, bostirib kirdi. Qardosh xalqlarning nemis-fashist bosqinchilariga qarshi urush boshlandi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida mamlakat tarixgina emas, balki jahon xalqlari tarixini ham chuqur o`rganish alohida ahamiyat kasb etdi. 1942 yilda Yu.S.Sokolovning uslubiy qo`llanmasi nashr etildi. Unda Ulug` vatan urushi sharoitida jumxuriyat maktablarida qadimgi dunyo, O`rta asrlar tarixi va yangi tarixni o`qitishning vazifalari ko`rsatib berilgan edi. Urushdan keyingi yillarda jumxuriyatda oliy va o`rta maxsus ta’limni rivojlantirish sohasida birmuncha ishlar qilindi. Bularning hammasi maktabda tarix bilimlarini, dastur va darsliklar mazmuni ma’lum darajada takomillashtirishga imkon to`g`dirdi.
Ammo bundan keyin ham ta’lim mazmuni sayyozlashib, u asosan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar singari kurash va ommaviy xarakatlarga doir mavhum va murakkab tushunchalar majmuidan iborat bo`lib qolaverdi. Tarixning bu taxlitda o`qitilishi o`quvchilarning ijodiy fikrlashiga to`sqinlik qildi. Tarixiy jarayonini tarixiy tarzda tasavvur qilishdan nariga o`tmadi. O`quvchilarning darsda material mazmunini yaxshi tushunolmay,uni yodlab olishi ularning fikr doirasini kengayishiga to`sqinlik qilardi. Markazda to`zilgan darslik matniga ijodiy yondashish, ularni nisbatan o`z fikr mulohazalarini bildirishga e’tibor bermasdi.O`quvchilar darsliklarda bayon qilingan tarixiy jarayonlarga, voqea xodisalarga berilgan yakkayu yagona bahoga asl haqiqat deb ishonib, dalil va isbotlarsiz hamisha bir xilda umumiy ravishda fikr yuritishga odatlanib qolgan edilar. Bu ularni siyosiy beparvolikka, tarixga e’tiborsiz bilan qarashga olib keldi.
O`lka tarixi materiallari SSSR tarixi dasturiga kiritilib, majburiy va
qonuniy ravishda o`qitiladigan bo`ldi. Jumxuriyatlar tarixi bo`yicha maxsus
o`quv qo`llanmalari yozildi. Maktab tarixi bo`yicha yangi dastur va darsliklar
yaratildi. Tarix o`qitish uslubiyati bo`yicha ilmiy-tadqiqot ishlari avj olib ketdi. Maktabda tarix o`qitishni yangi tartibi amalga oshirildi. SSSR tarixi dasturiga birinchi marta kiritilgan O`zbekiston tarixi materiallarini tanlash printsipini takomillashtirish, uni o`rganish asoslarini ishlab chiqish, u uslubiy adabiyotlar yaratilishida 1940 yil avgustidan o`z faoliyatini boshlagan. O`zbekiston Maorif vazirligi kqoshidagi o`quv-uslubiy kengashining tarix seksiyasi muhim rol o`ynadi. Shu seksiya a’zolari K.O.Oqilav, N.V.Teyx tomonidan 1960 yilda IV sinf o`quvchilari uchun O`zbekiston tarixiga oid 26 hikoyadan iborat qo`llanma yaratildi. K.O.Oqilav VII sinf o`qituvchi uchun O`zbekiston jumxuriyati tarixi bo`yicha tayyorlangan ilmiy uslubiy xarakteridagi maqolalarini gazetada e’lon qildi. Seksiyaning a’zosi P.K. Urmonova esa 1963 yilda VII sinf tarix o`qituvchilari uchun O`zbekistonini o`rganish bo`yicha qo`llanma yaratdi.Unda VII sinf dasturiga O`zbekiston tarixidan kiritilgan mavzularni o`qitish bo`yicha maslahatlar berilgan edi. 1964 yilda VIII sinf o`quvchilari uchun O`zbekiston tarixidan qo`llanma yaratildi. Shu yil K.O.Oqilovning yozgan sakkiz yillik maktablarning VII sinflari uchun o`quv qo`llanmasi nashr etildi.
Shunday qilib, 60 - yilning o`rtalariga kelganda O`zbekiston tarixi bo`yicha ba’zi o`quv qo`llanmalarini yaratishga muvaffaq bo`lindi. Dasturlar ham yangi talablar asosida qayta ko`rib chiqilib, tarix bilimlari mazmuni birmuncha boyidi. O`quvchilarning tarixga qiziqishi ortdi. Uni o`rganishning tarbiyaviy ta’siri kuchaydi. 1965 yil may oyida maktabda tarix o`qitish tartibini o`zgartsh to`g`risida qaror qabul qilindi. U Tarixning yangi, takomillashgan mazmuniga o`tish ishlari qizitib yuborildi. Ana shunday yangi talablar asosida 1966-1967 yillarda o`rta maktablarning VII-X sinflari uchun O`zbekiston tarixi bo`yicha yangi o`quv qo`llanmalari yaratildi. Bu qo`llanmalarda O`zbekiston xalqlari tarixiy taraqqiyotining asosiy bosqichlarini dastur talablari asosida batafsil yoritib berishga xarakat qilindi.
O`zbekiston tarixi bo`yicha qo`llanmalar yaratish hamda ularning takomillashtirib borish bilan birga maktablarda O`zbekiston tarixini SSSR tarixi tarkibida o`rganishning ilmiy asoslarini ham ishlab chqishga kirishildi va keng ko`lamda ilmiy-tadqiqot ishlari boshlab yuborildi.Bu soxada O`zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tekshirish ilmgohi olib borgan ishlari dikkatga sazavordir.Tarix o`qituvchilari uchun yaratilgan mazkur qo`llanmalar mualliflarining jumxuriyatdagi ilg`or o`qituvchilar bilan hamkorlikda olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarining yakuniy natijasi bo`lib, ularda SSSR tarixini (aniqrog`i Rossiya tarixini) O`zbekiston tarixi materiallari bilan bog`lab o`rganish, tarix o`qitishning samaradorligini oshirishga ba’zi masalalari yoritib berildi. SSSR tarixi tarkibida O`zbekiston tarixini o`rganilishiga O`zbekiston tarixining qo`llanmalarining yaratilishi jumxuriyatda tarix o`qitishni yaxshilash va tarixiy uslubiy fikrlar taraqqiyotida muhim rol uynadi.
Mazkur uslubiy qo`llanmalarda O`zbekiston tarixidan material tanlash va dasrda ulardan foydalanishning uslubiy usullarini aniq mavzular misolida ko`rsatib berishga xarakat qilindi. Ularda O`zbekiston xalqlari tarixiy taqdirining mushtarakligi va sobiq SSSR xalqlari tarixiy taqdirining mushtarakligini ochib berish uslubiyatini ishlab chqishga alohida e’tibor berilgan edi. O`zbekiston taxini SSSR tarixi umumiy tarkibida o`qitish, material tanlash, ularni o`rganishning uslubiy usul va vositalarini ishlab chqish, o`quv-uslubiy qo`llanmalarni yaratish soxasida birmuncha ishlar qilinganiga qaramay, bu ishlar jumxuriyatlar, jumladan O`zbekiston jumxuriyati tarixini Rossiya tarixiga singdirib yuborishga qaratilgan davlat siyosatining mohiyatini o`zgartira olmas.
(1971 yilda pedagogika fanlari bo`yicha ilmiy tadqiqot ishlarining muvofiqlashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Oliy va o`rta Maxsus ta’lim vazirligi va O`zbekiston maorif vazirligining buyrug`i bilan o`rta maktabda O`zbekiston SSR tarixini o`qitish muammosi bo`yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika oliygohi Tarix qo`lliyotida tashkil etilgan “Tarix va jamiyatshunoslikni o`qitish uslubiyati” kafedrasiga yuklatildi. Bu vaqtdan boshlab kafedra shu muammo bo`yicha tadqiqotchilar ishiga rahbarlik qilib keldi. Kafedrada tayyorlanib nashr etilgan tarixning boshlang`ich ta’limi va o`lkani o`rganish dasturlari, ilmiy to`plamlar, darslik, o`quv uslubiy qo`llanmalar, markaziy va jumxuriyat matbuotida e’lon qilingan ilmiy uslubiy maqolalar ana shu tadqiqotlar natijasida bo`lib, ularda tarix, shu jumladan O`zbekiston tarixini o`qitishning dolzarb masalalari, tarix va jamiyatshunoslik fanlarini o`qitishda jumxuriyat tarixi va o`lka materiallaridan foydalanish, material tanlashning ilmiy prinsiplari ishlab chiqildi va natijalari e’lon qilindi.
O`zbekistonda malakali tarix o`qituvchilari tayyorlash tarixiy uslubiy fikrlarning rivojlanishida Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika oliygohi tarix qulliyotida tashkil etilgan O`zbekiston tarixi kafedrasi muhim rol o`ynadi. O`zbekiston tarixi kafedrasini tashkil etish va uni shakllantirishda O`zbekiston fanlar akaddemiyasining akademigi Ya.G`ulomov katta xizmat qildi. U juda katta ko`lamda ilmiy tadqiqot ishlari olib borish bilan birga oliy ma’lumotli tarix o`qituvchilari va yuqori malakali ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash O`zbekiston xalqlari tarixi bo`yicha darslik va o`quv ko`llanmalar yaratish, tarixiy bilimlarning targ`ib qilish sohasida ham muhim ishlarni amalga oshirdi, jumxuriyatda tarixiy metodik fikrlarning rivojlantirilishiga ham muhim xissa qo`shdi.
Bularning hammasi tarix ta’limi mazmunining va uni o`qitishning samaradorligini oshirishga ma’lum darajada yordam berganligiga qaramay, baribir u davlat siyosati, mafkuraviy hukmronlik ta’siridan butunlay qutala olmadi. tarix ta’limi o`z oldiga quyilgan maqsad, mazmun va tuzilish, o`qitish tartibi jihatdan hozirgi zamon talabiga o`z mustaqilligiga erishgan jumxuriyatimiz maktablari oldiga quyilayotgan yangi talablarga milliy maktab talabiga javob bera olmay qoldi. Bu kamchiliklar asosan uch guruhga bo`linadi.
Tarix ta’limi uni o`qitish oldiga quyilgan maqsadning kamchiligi shundan iboratki, u zo`ravonlikka va adolatsizlikka asoslangan ma’muriy buyruqbozlik siyosatini amalga oshirish, o`quvchilarni bir xil yo`nalishdagi bilimlar bilan qurollantirish uchun xizmat qildi. Markscha-lenincha g`oya umuminsoniy qadriyatlardan ustun qilib quyildi. Markazda ishlab chiqilgan amaldagi tarix bilimlari konsepsiyasi va shu asosda tuzilib, chop etilgan dastur va darsliklar barcha o`quvchilarda bir xildagi dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qilishi kerak edi. Tarix ta’limi mazmunining yagona mafkura iskanjasiga tushib qolganligi uning inqirozining asosiy sabablaridan biri edi
2) Tarix ta’limining yagona mafkura iskanjasiga tushib qolganligining mazmunan sayozlashishi bilan birga egasiz hamda mavhum va zerikarli tafsilotlariga aylanib qolishga sabab bo`ldi. Aslida bunda shaxsni jamoa orqali idora qilish, jamoani shaxsdan ustun quyishdan manfaatdor boshqaruv usuli hukm surdi. Avlodlar tarixi, ularning shon-shuxrati va jabr jafolari xaqidagi erkin xotiralar tarix darsliklarida o`z ifodasini topa olmadi. Tarix bilimlarining asosiy mazmuni ijtimoiy iqtisodiy jarayon, sinfiy kurash, davlatlar tarixi, inqiloblar, ommaviy xarakatlar tarixidan iborat bo`lib qoldi. Insonlar tarixi insonparvarlik g`oyalari, umumbashariy ahamiyatga ega bo`lgan tarixiy an’analardan, yuqorida ta’kidlanganidek, xalqimizning boy merosini o`rganishdan voz kechildi. Tarixiy bilimlarning bir xil yo`nalishi va tizimga solib quyilishi o`quvchilarni ijodiy fikrlashiga fikr doirasi kengayishiga to`sqinlik qiladi. Darsliklarda bayon qilingan voqea va xodisalarga berilgan yagona baxoning asl haqiqat deb talqin qilinishi o`quvchilarning hamisha bir xilda fikr yuritishiga odatlanib qolishiga sabab bo`ldi. Ularni o`qilgan matnlarga ijodiy yondashish imkoniyatidan maxrum etdi. Buning ustiga jumxuriyatimiz maktablarida tarix o`qitishning milliy asosga qurish negizi bo`lgan O`zbekiston xalqlari tarixini o`rganish ikkinchi darajali vazifa deb hisoblanib, o`qitilmay kelinganligi yoshlarning ma’naviy ahloqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko`rsatdi. Ularning siyosiy ongi o`sishiga va o`zini anglashga to`sqinlik qildi.
3) Tarix kursining tuzilishi uni o`qitish o`rganish tartibini milliy asosga qurish prinsipining buzilishi va bu narsa pedagogika didaktika talablariga javob bermasligi yana bir kamchilikdir.
O`zbekiston jumxuriyati maktablarida tarix o`qitishning hozirgi axvolini taxlil qilish shuni ko`rsatadiki, ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan markaz siyosatidan milliy maktablar ayniqsa ko`p zarar ko`rdi. Buning boisi shundaki, xususan jumxuriyatimiz maktablarida O`zbekiston xalqlari tarixini, xalqimizning an’analari, urf-odat va marosimlarini ma’naviy merosga tor sinfiy nuqtai nazaridan yondashish, uni biryoqlama o`rganish,dindorlik hamda daxriylikni g`oyat jun va qupol ravishda tushinish yoshlarni juda katta imkoniyatlardan mahrum qilib qo`ydi, tarixni o`qitish, ta’lim-tarbiyaning milliy zamindan ajralib qolishga sabab bo`ldi. Bu amaldagi konsepsiyaning jiddiy nuqsoni tarix bilimlari tuzilishi, uni o`qitish o`rganish tartibini milliy asosga qurish prinsipi ataylab buzulganligining natijasi edi. Sobiq SSSR xalq ta’limi davlat qumitasining raisi G.A.Yagodin 1988 yil dekabrda xalq ta’limi xodimlarining Butunittifoq s’ezdidagi ma’ro`zasida maktab tarix ta’limi ta’lim-tarbiya ishlari sohasidagi kamchiliklar ustida to`xtab, ularning asosiy sabablaridan biri milliylik prinsipidan voz kechilganligi bilan bog`liqligini xaqqoniy ravishda ko`rsatib shunday degan edi:“Ta’lim tarbiyani milliy madaniyatdan ajralgan holda yo`lga qo’yish o`quvchilarni nasl-nasabi noma’lum kishilar, deb xisoblash demakdir. Ayni milliy o`zligini anglab yetmaganlik milliy va madaniy masalalarda tayyorgarlikka ega emaslik millatlararo munosabatlarda buzilishlar milliy xudbinlik ko`rinishlari uchun ko`pgina qulay zaminni vujudga keltiradi.Sotsialistik baynalminalchilik bemillatlik emas u milliy iftixor ona tilini hurmat qilish asosiga quriladi. Bu sohada ko`pgina masalalar yig`ilib qoldi.
O`zbekiston jumxuriyati maktablarida tarix o`qitishni milliy asosga qurishning mohiyati nimadan iborat? Gap shundaki, odatda maktab o`quvchilari boshqa fanlar qatori tarix fanini ham o`zi to`g`ilib o`sgan joyi, el-yurti, ota-bobolari, nasl-nasabi tarixni o`rganishdan boshlaydi. So`ngra ular o`zlaridagi mavjud tarixiy bilimlar, obraz-tasavvurlariga suyangan holda boshqa xalqlar, qushni mamlakatlar tarixini o`rganish lozim. Binobarin jumxuriyatimiz maktablarida tarix o`qitishning xozirgiga o`xshab Yevrona xalqlari tarixini o`rganishdan emas, balki O`zbekiston xalqlari tarixini o`rganishdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Bu pedagogika didaktikaning ilmiy prinsiplariga ham mos keladi. Shuningdek jahon xalqlari tarixini o`rganishda ham o`quvchilarning el-yurt tarixi O`zbekiston tarixidan olgan bilimlari asos bo`lib xizmat qiladi. Jahon xalqlarining tarixi O`zbekiston xalqlarining tarixi va madaniyati bilan qiyosiy o`rganiladi. Bu esa xalqlar taraqqiyotidagi mushtarakliklar o`ziga xos xususiyatlar umuminsoniy qadriyatlar xar bir xalqning unga qo`shgan xissasini anglab olish imkonini beradi.
Adabiyotlar va manbalar.
1.Karimov I.A.Yukcak ma’naviyat-engilmas kuch.T.,2008
2.Karimov I.A.O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li.. T., 1992.
3.Karimov I.A.Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T, 1998.
4.Karimov I.A.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ,O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. T, 2009..
5.Ishmuhammedov R.,Abduqodirov A.,Pardaev A.Ta’limda innovatsion texnologiyalar.T.,2008.
6.Sa`diev A. O`zbekiston xalqlari tarixini o’qitish.T., «O’qituvchi » 1993.
Dostları ilə paylaş: |