Burhoniddin M arg‘inoniy maqbarasi.
fuqarosi qaysi millatga mansubligidan qat’i nazar qonun oldida teng
deb e’lon qilindi. Millatidan qat’i nazar har bir fuqaro qalbiga, ongiga
yagona Vatan g‘oyasi singdirila boshlandi.
0 ‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan bo ‘lsa-da, boshqa tillar
ham kamsitilgani yo‘q.
Chunonchi, Respublikamiz umumiy o ‘rta ta ’lim maktablarida
o ‘qitish o ‘zbek tilidan tashqari yana 6 tilda (qoraqalpoq, rus, tojik,
turkman, qozoq va qirg‘iz tillarida) olib borilmoqda. Darsliklar ham
7 tilda nashr qilinmoqda.
Barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari qonun
bilan himoya qilinmoqda. Ularning rivojlanishi uchun barcha sharoitlar
yaratib berildi.
Boshqa millat vakillariga milliy ehtiyojlarini erkin qondirishlari
uchun o ‘z milliy-madaniy markazlarini tuzishga ruxsat etildi.
Millatlararo totuvlikni ta ’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar
0 ‘zbekiston xalqining birligi, jipsligi va osoyishtaligini ta ’minlashga
xizmat qiladi. Bu esa 0 ‘zbekistonning bebaho boyligidir.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: