Tarixdan hikoyalar umumiy o‘rta ta ’lim maktablarining


səhifə6/140
tarix07.01.2024
ölçüsü
#202531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
5-Sinf Tarixdan hikoyalar darsligi [uzsmart.uz]

Yuliy kalendari. 
Qadimgi Rim davlati 
hukmdori Yuliy Sezar mil.av. 46-yilda 
yangi kalendar joriy etdi va yil boshini 
1-yanvarga ko‘chirdi. Yangi kalendar 
Yuliy kalendari deb ataldi.1
Misrliklar kalendarida har 4 yilda 
to ‘planib qoladigan bir kunni yo‘qotish 
uchun fevral oyi to ‘rt yilda bir marta 
29 kun davom etadigan qilib belgilandi. 
Fevral oyi 29 kun bo‘lib keladigan yilda 
bir yil 366 kunni tashkil etdi. Biroq, Yuliy 
kalendari b o ‘yicha olib boriladigan yil 
hisobida ham xatolik bor edi. Bu 
xatolik tufayli dunyoda yil hisobi har 
400 yilda 3 kunga orqada qolib bordi.
Kalendardagi bu xatolik milodning 
1582-yiliga kelib 10 kunni tashkil et­
di. Oqibatda 1583-yilda bahorgi 
tengkunlikning 21-martga emas,
11-martga to ‘g‘ri kelib qolishi xavfl tug‘ildi.
Grigorian kalendari. 
Bu xavfni bartaraf etish maqsadida Rim papasi 
Grigoriy XIII boshchiligida yangi kalendar joriy etildi. U yuqorida

Q. Rajabov
va bosh. Jahon tarixining m uhim sanalari (keyingi o ‘rinlarda: 
JTM S). - Т.: «Sharq» N M A K . 2011. 85-bet.
Yuliy Sezar.
10


ta’kidlanganidek, «Grigorian kalendari» deb ataldi. Bu kalendarni joriy 
etganlar taklifi bilan 1582-yilning 4-oktabr kuni nihoyasiga yetgach 
birdaniga 15-oktabrga o‘tildi, ya’ni o‘rtadagi 10 kun tashlab yuborildi.1 
Yuliy kalendari bo‘yicha yil hisobida vujudga kelgan 10 kunlik farq shu 
yo‘l bilan barham topdi. Bahorgi tengkunlik yana 21-martga to ‘g‘ri 
keladigan bo‘ldi.
Avvalgi xatolik yana takrorlanmasligi uchun fevral oyining har 
400 yilda 100 marta o‘miga 97 marta 29 kun, har 400 yilida 300 marta 
emas, 303 marta 28 kun bo‘lib kelishi belgilab qo‘yildi.
0 ‘zingizni sinang
♦ K alendar — bu ... .
♦ M isr kalendaridagi xatolik ... kunni tashkil etgan.
♦ Yuliy kalendaridagi xatolik ... kunni tashkil etgan.
♦ G rigorian kalendari ... yilda qabul qilindi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin