Matematikaning XX asrning 40-yillarigacha o’zbek tilida ishlatilib kelingan nomi. Hozir ham ayrim Sharq tillarida qo’llaniladi. Ushbu tarif qaysi terminga xos?
Falakkiyot B. Riyoziyot C.Al-jabr D. Handasa
Yengil qurollangan otliq askarlar. Dastlab 1458 yili Vengriyada Matyash Korvin davrida dvoryan otliq lashkarlardan tuzilgan. Ushbu tarif qaysi terminga xos?
Gupsar B. Guzar C. Gusar D. Gurxon
Qadimgi zamonlarda va o’rta asrlarda urush vaqtida kiyiladigan uzun uchli, o’q o’tmas jez qalpoq. Ushbu tarif qaysi terminga xos?
Chachvon B. Dubulg’a C. Qalpoq D. Xo’d
O’rta Osiyo xonliklarida xon saroyidagi bosh xizmatkor, oliy hukmdorning turli qabul marosimlarini o’tkazish ishlariga mutasaddi bo’lgan shaxs kim?
A. Eshik og’aboshi B. Hos soqchi C. Bakavul D. Bosh vazir
Oltin, kumush, mis, rux, birinj (bronza) kabilarni eritish uchun ishlatiladigan qadimgi asbob; dumaloq kosacha. O’tga chidamli gilbo’ta loyidan yasalgan. Ushbu tarif qaysi terminga xos?
Bo’ljar B. Bo’ta C. Cho’mich D. Byust
Turkistonda XX ar boshlarigacha bozor va guzarlarda poyabzal sotuvchi do’kondor. Ushbu tarif qaysi terminga xos?
Etikdo’z B. Savdogar C. Vofurush D. Poyabzalfurush
Harbiy unvon. XVI-XVIII asrlarda O’rta Osiyo xonliklarida xon bayrog’ini qo’riqlagan maxsus harbiy qism boshlig’i. XIX asrda esa umuman bir polkdan iborat bo’lgan harbiy qism boshlig’i. Ushbu tarif qaysi terminga xos?
Qo’mondon B. Kamonchi C. Lashkarboshi D. To’qsobo
1866 yili Qo’qon xoni Xudoyorxon tomonidan joriy qilingan. Ushbu soliq aholi yoqilg’i uchun tayyorlagan o’tin, g’ozapoya, xashak va boshqalar yuzasidan olingan. Ushbu tarif qaysi terminga xos?
Vaqf puli B. Cho’p puli C. Hirmon puli D. Qo’sh puli
O’rta asrlarda O’rta Osiyo va ayrim Sharq davlatlarida dastlab shaharni tunda qo’riqlovchi shaxs; keyinchalik zindon boshlig’i. Ushbu tarif qaysi terminga xos?
Qo’rchi B. Qo’rboshi C. Soqchi D. Qo’riqchi