Fan bo’yicha talabalarning bilimi, ko’nikma va mala kalariga qo’yiladigan talablar “Avtomatika» fani ni o‟zlashtirish jarayonida bakalavr:
- Avtomatikaning asosiy tushunchalarini;
-Boshqarish va rostlashning avtomatik sistemalarini;
-Avtomatik rostlash sistemasining uzatish funksiyalari va zvenolarini;
-Rostlagichlar va ularning turlarini;
-Sanoat rostlagichlari va ularning sxemalarini;
-Avtomatlashtirish sistemalarini loyihalashni;
-Tipaviy texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishni;
-Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishni bilishi kerak.
Bular bilan bir qatorda bakalavr:
-Olgan nazariy bilimlari asosida amaliy mashg‟ulotlar bajara olish;
-Olgan nazariy va amaliy bilimlarini ish faoliyatida qo‟llay olish.
-Qurilmalari bilan ishlash;
-Sxemalarni yig‟a olish;
-Laboratoriya ishlarini mustaqil bajara olish;
-Laboratoriya ishlaridan olingan natijalarga statistik ishlov bera olish;
-o‟z fikr
-mulohaza va xulosalarini asosli tarzda aniq bayon eta olish
malakalarigaega bo’lishi kerak.
Fanni o’qitish jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar
- Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish fani fanini o’qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot - kommunikatsiya texnologiyalari qo’llanilishi tavsiya etiladi;
- Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish fani nazariya asoslari bo’limiga tegishli ma’ruza darslarida zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalaridan foydalanish;
- Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish fani mavzularida o’tkaziladigan amaliy mashg’ulotlarda aqliy hujum, guruhli fikrlash pedagogik texnologiyalardan foydalanish;
- Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish fani tuzilishini o’rganish va ularning asosiy parametrlarini va ularning elementlarini aniqlash mavzularida o’tkaziladigan tajriba mashg’ulotlarida kichik guruhlar musobaqalari, guruhli fikrlash pedagogik texnologiyalarini qo’llash nazarda tutiladi.