Monitoring va baholash: o’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida talabalarning bilimlari baholanadi.
“Tarmoq korxonalarining texnologik mashinalari va jihozlari” fanini o’qitish jarayonida komhyuter texnologiyasidan, “Exce1” dasturi yordami amaliy mashg’ulotlardagi jixozlarni hisoblash uchun elektron jadvallar dasturlaridan foydalaniladi. Ayrim mavzular bo’yicha talabalar bilimini baholash test asosida va komhyuter yordamida bajariladi. “Internet” tarmog’idagi eng so’ngi mahlumotlardan foydalaniladi, tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so’z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o’tkaziladi.
1-ma’ruza. Mavzu: Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning vazifalari va uni amalga oshirishda ko‘yiladigan talablar. (2 soat). Fanning maqsad va vazifalari. Fanning ahamiyati. Asosiy atama va tushunchalar.
2-ma’ruza. Mavzu: Avtomatlashtirishda loyihalashning o‘rni va avtomatlashtirish vositalarining shartli belgilari. (2 soat). Avtomatlashtirish turlari, qonunlari, harakatlantiruvchi kuchi.