Tarjimonlar: dilfuza vohidova maftuna mahmudjonova



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/22
tarix01.12.2023
ölçüsü5,04 Kb.
#170821
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Faqat ahmoqlargina sakkiz soat uxlaydi

19-bob 
KENDIN’S33 
Quyosh chiqish arafasida edi. Dono Kendin asrlar bo’yi davom 
etgan safardan so’ng kaftida mittigina go’dakning urib turgan 
yuragini his etdi. Kaftiga qaradi. Bu Gipotalamus edi. Bu 
sayohatdan esdalik bo’lib qolgan o’sha buyuk xazina... 
Chiroqlari yonmagan uylar bo’ylab qorong’u ko’chada aylanib 
yurdi. Yomg’ir yog’ardi. Dono Kendin qizg’ish tuproqqa tomgan 
6 milyard ko’z yoshini, yana 6 milliard marvaridni ko’rdi. 
Bundan tashqari, ortga qarab kamayib borayotgan 6 milliard 
hisoblagichning ovozini eshitgandek bo’ldi... 
Yerga tushayotgan yomg’ir tomchilari ko’cha chiroqlari 
yorug’ida raqs tushayotgan qizlarga aylanardi go’yo. Ko’cha 
uzun va tor bo’lib, nariroqda suyak talashayotgan kuchuklarni 
aytmasa, hammayoq jimjit edi. Kendin yurishda davom etdi. 30 
yildan beri qatnagan sovuq yo’lkalarda go’yo ilk kez 
yurayotgandek edi.
Uyqusida terlab qolgan farzandining ustidan ko’rpani tushirib 
qo’yayotgan ona singari quyosh ham ohistalik bilan ko’chalardan 
zulmatni tortib olardi. Sekin-asta yorishgan ko’cha qushlar 
chug’ur-chug’uri bilan uyg’ona boshladi. Eski bir qadrdon 
do’stini xotirlagandek Kendinning lablariga tabassum yugurdi.
Yo’lkalar Kendinni kasalxonaga eltarkan, quyosh kimsasiz 
yerlarni yer bilan yakson etar, ko’tarilib borgani sayin har 
ko’chaning burchagiga qadar yangi hayot baxsh etardi. Quyosh 
xuddi bog’bonga o’xshaydi, faqat qo’llarida gul yo’q, xolos. 
Yo’llar tugab, kasalxona boshlandi hamki, atrof hali to’liq 
yorishib ulgurmagandi. Tez tibbiy yordam bo’limidan oyog’i 
gips qilingan bir bola yonida ota-onasi bilan chiqib kela boshladi, 
Kendin: 


183 
- Tuzalib keting!, - degandi, ammo uni eshitishmadi. Tez-tez 
yurib kasalxonadan uzoqlashdilar...
Shu payt Kendinning ko’zi tez tibbiy yordam bo’limi ortida 
turgan tez yordam mashinasiga tushdi. Tez yordam haydovchisi 
boshini rulga qo’ygancha, bamaylixotir xuddi o’z paytini 
kutayotgan fasl kabi chuqur uyquda edi. Kendin bundan avval 
ham uning uxlayotganini ko’p ko’rgan, ammo negadir bu safar 
uxlayotgan odam unga g’alati tuyuldi. 
Ichkariga kirdi. Qabulxonadagilar bosh shifokorlarini bunday 
vaqtda ilk bora ko’rib turganlari uchun biroz shoshib qoldilar. 
Kendin hech narsa demay shoshgancha xonasi joylashgan 
qavatga ko’tarildi. Eshiklari yopiq xonalar yonidan o’tib 
yo’lakning eng oxirida joylashgan o’z xonasi eshigini ochdi. 
Ichkariga kiriboq, taxtiga o’tirayotgan imperator singari 
o’rindig’iga o’tirdi. Yordamchisini qidirdi, ammo u ham qolgan 
barcha kabi quyoshdan so’ng uyg’onadiganlar toifasiga kirardi. 
Kendin unga oshiq edi. Juda sekin, shoshmay gapirgani uchun 
uni “Ohistam” deb chaqirardi, ammo bugun Ohistani oshiq o’z 
sevgilisini qidirayotgandek izlamayapgani yuzidan sezilib 
turardi. 
Qalamdondan qora qalam oldi va oldida turgan hujjatlar fayliga 
“Kendin’s” (Kendinning) deb sarlavha qo’ydi. Unga 
Kardiomiopatiyadan tortib OITS ga qadar bilgan barcha kasallik 
nomlarini ketma-ket yozib chiqdi. Taxminan bir soat to’xtovsiz 
yozdi. So’ngra xonaning eshigi ochilib, kotibasi Lara kirib keldi. 
Kendinni ko’rishi bilan: 
- Kechirasiz, janob. Bu yerda ekanligingizni bilmagandim,- dedi 
eshikni taqillatmaganidan hijolat tortib. Kendin unga e’tibor ham 
bermay ishida davom etdi. 


184 
- Janob, choy ichasizmi?, - so’radi Lara. Ammo yana javob 
ololmadi. Yosh qiz “Rosa jahli chiqqan bo’lsa kerak” degan 
o’yda yonoqlari qizarib tashqariga chiqdi va stoliga o’tirdi. 
Kendin ikki soatcha ishlagandan so’ng soatiga qaradi. Soat 
endigina 08.30 bo’lgan, kasalxona sekin-asta jonlana boshlagan 
bir vaqt edi. Bosh shifokorning hammadan oldin kelib, hech kim 
bilan salomlashmay xonasiga kirib ketgani va umuman 
gapirmaganligi butun kasalxonada kun mavzusiga aylandi. 
Hamshiradan tortib shifokorgacha jamiyki xodimlar bosh 
shifokorga nima bo’lganiga qiziqishardi. Kotiba, eshikni 
taqillatmasdan xonaga kirganida yuz bergan holatni oshirib-
toshirib gapirib berar, ikki shifokor, uch hamshira va yana bor 
tashvishi g’iybat bo’lgan uch-to’rtta bekorchi “Qof tog’ida Anqo 
qushi” ni ko’rgan dononi tinglayotganday undan quloq 
uzmasdilar. Kotibaning ish stolidagi telefonning jiringlashi 
suhbatni qoq o’rtasida bo’lib qo’ydi. U go’shakni ko’tardi. 
Telefon qilgan bosh shifokor ekan. 
- Zudlik bilan soat 09.33 da barcha xodimlar majlislar zaliga 
to’plansin! 
Uning ovozi allanechuk vahimali edi. Kotiba o’zini kasalxona 
manfaatlarini o’ylayotgandek ko’rsatish maqsadida so’radi: 
- Kasallar-chi, ularning ahvoli nima kechadi? 
- Tez tibbiy yordam bo’limidan tashqari butun kasalxona 
bugunchalik yopiq. Tushundingizmi? 
Ovozidagi qat’iyat e’tirozga o’rin qoldirmadi: 
- Tushunarli, janob, - dedi kotiba shoshilib.
Ammo 09.33 g’alati vaqt. Nega 09.30 yoki 09.15 emas...? 
Bunday vaqt bosh shifokorda qandaydir bir o’zgarish yuz 
berganining dalili edi. Xodimlar u yerda hisoblagich borligini, 


185 
har soniyada qanchadan qancha olmosga teng vaqtni kemirib 
borayotganligini qayerdan bilishsin? Kendin endilikda kichik 
narsalarni ham hisobga oladigan buyuk inson ekanligi ularning 
tushiga kiribdimi?
Qo’rqqanlaridan majlisga erta bordilar. Holatga har kim turlicha 
izoh berardi. Nima bo’lishi mumkin? Doktor Kendinning ilk bor 
bunday topshiriq berishi axir. Yomon ishlar sodir bo’ladigandek 
ko’rinardi. Ohista ham zalda bo’lib, eng oldinda o’tirardi. 
Soat roppa-rosa 09.33 ni ko’rsatgan ham ediki, xonaga Kendin 
kirib keldi. Hech narsa demasdan qo’lida qog’oz bilan kursiga 
o’tirdi. Har doimgidan ham ko’ra g’ayratli va shodon ko’rinar, 
hamma o’ylaganidek qo’rqadigan hech narsa yo’q edi. 
- Salom, o’zining mukammal ekanidan bexabar yashayotgan aziz 
insonlar! Hozir sizga uzungina bir ro’yxatni o’qib beraman. 
Yaxshilab quloq soling. Savol beraman, - dedi kuchli 
tarixchilardek.
Hamma kulib yubordi. Kendin qo’lidagi qog’ozni o’qiy 
boshlaganda esa barcha hayratda qoldi... Bu yerga kasallik 
nomlarini eshitish uchun to’planganmidilar? Ro’yxatni 
oxirigacha o’qib bo’lgach, qog’ozni kursiga qo’ydi va boshini tik 
tutib jimgina tinglayotgan kasalxona xodimlariga murojaat qildi: 
- Bu o’qiganlarim siz uchun nimani anglatyapti? 
Tozalik xodimlaridan tashqari hamma javobni bilar, ammo 
Doktor Kendinning jiddiyati qarshisida so’zlashga jur’at 
topolmadilar. 
- Kasallik nomi..., - dedi bir kishi. 
- Tabriklayman. Juda zukkosiz!, - dedi Kendin istehzoli tabassum 
bilan. 


186 
- Bular davosi yo’q kasalliklar, - dedi o’rta qatorda o’tirgan 
ko’zoynakli shifokor. Gapga bosh hamshira qo’shildi: 
- Bular tibbiy yechimi bo’lmagan kasalliklar,- deya ko’zoynakli 
doktorning gapini qo’llab-quvvatladi.
- Qoyil! Sizningcha, tibbiy yechimi bo’lmagan kasallik bo’lishi 
mumkinmi?, - so’radi Kendin. Xodimlar bu savolning javobi 
aslida ular o’ylagandek emasligini bilganlari uchun ham jimgina 
tinglashni ma’qul ko’rdilar. 
- Tibbiyotda hal qilib bo’lmaydigan kasallikning o’zi yo’q. Bu 
insoniyat tarixi davomida to’qilgan eng katta yolg’ondir. Ba’zi 
istisnolarni hisobga olmaganda, shifokorlarning deyarli hammasi 
o’z layoqatsizligi, tamballigi va ish bilmasligini mana shu jumla 
bilan xaspo’shlaydi. “Shu kasallik ustida ishlayapman, ancha 
yo’lni bosib o’tdim. O’ylaymanki, manzilga yetish arafasidaman. 
Yaqin kelajakda shu kasallikka davo topaman” degan nechta 
shifokorni ko’rgansiz? Har bir sohada bo’lgani kabi tib dunyosi 
ham mana necha yuzyillardirki o’z xaloskorlarini kutmoqda. 
Xonimlar va janoblar, kimning nima ish qilgani yoki qanday 
yashagani meni mutlaqo qiziqtirmaydi. Kechirasiz-u, ammo 
bilganlaringizning bari yanglish!... 
Marsda tiriklik alomatini ko’rgan fazogir kabi qarab turishardi 
Kendinga. Doktor Kendin so’zida davom etdi: 
- Xaloskorni kutib o’tirish bizga yarashmaydi, chunki, biz bu 
yerda xaloskorni kutib o’tirgan bir vaqtda, boshqa yerda bir ayol 
hech qanday sababsiz farzandini yo’qotadi. Yoshgina go’dak 
otasidan yetim qoladi. Arqon sakrab yurgan mittigina 
qizaloqning onasini qish kunlarining birida sovuq tuproqqa 
qo’yadilar. Boshqa bir ayol esa eridan ayriladi. Yana bir kecha 
esa birov “Butun borlig’im - sensan” degan ayolini o’lim 
changaliga topshiradi... 


187 
Boshlar pastga egildi. Aybdorlik hissi daydi o’q kabi xona 
devorlaridan to’g’ri yuraklarga sanchilardi. 
- Keyin cho’g’ otashiga tushgan bag’irlar nola qiladi: “Koshki 
shifokor bo’lsaydim, bolaginam... Koshki sizni o’limdan asrab 
qolish uchun qo’limdan biror narsa kelsa edi, ona... Koshki 
sizning o’rningizda men bo’lsaydim, ota!...” deya hayqiradi 
chorasiz yuraklar. Shunday damlarda bir qancha inson 
farzandining shifokor bo’lishini xohlaydi! Hozir ham oramizda 
shu kabi farzandlar o’tiribdi. 
Ha, chindan ham shunday. Xonadagi shifokorlarning ba’zilari 
Kendin aytib berganidek shifokor bo’lishgandi. 
- Hozir ko’zlaringizni yuming va shunchaki, tafakkur qiling... 
Xonadagilar birin-ketin ko’zlarini yumdilar. 
- Iltimos, sen ham ko’zlaringni yum,- dedi Kendin yangi ish 
boshlagan amaliyotchining ko’zlarini yummaganini ko’rib. 
Hamma ko’zlarini yumgach, davom etdi: 
- Faqat o’ylang, chuqur o’ylang! Boya sanab o’tgan 
hastaliklarimizning birontasi sizning eng sevgan insoningiz 
boshiga tushsa, nima qilardingiz? Sizga “Tibbiyot jihatidan 
imkonsiz” deyishyapti, “Suyganingiz o’ladi” deyishyapti... Nima 
qilardingiz? Nimalaringizdan voz kechardingiz? Sichqonga 
yengilgan chorasiz fil kabi tizzalaringiz uzra cho’kib, yig’lagan 
oningizni tasavvur eting! 
Xonadagi ishchilarning yarimi Kendinni ko’z yoshi ichra 
tinglashardi. 
- Va sevganingizni yo’qotgan, motam tutgan o’sha kunni 
tasavvur eting: u o’ldi, tibbiyot ojiz qoldi va siz suyganingizdan 
ayrildingiz! Ortiq uni hech ham ko’rmaysiz. Uning mayin 
qo’llaridan tutolmaysiz, uning ko’zlari endi hech qachon qaytib 


188 
porlamaydi... Uni yo’qotgan kuningiz. Tibbiyot ojiz qolgani 
uchun yo’qotdingiz... 
Xonada yig’i ovozi eshitildi. Kendin biroz sukut saqladi. 
Tinglovchilar ko’zlarini ochdilar. So’ngra to’xtagan joyidan 
davom etdi. 
- Sevganingizni ko’mib, uyga qaytdingiz. Bir necha oydan so’ng 
esa xabarlarda boshlovchi “Falonchi kasallikka davo topildi”, 
deya xushxabar aytib turibdi. O’sha on nimalarni his qilardingiz? 
Eslaysizmi, tibbiyot ojiz edi. Xo’sh, unday bo’lsa, bu chorani 
qanday topdilar? Chora bor edi-yu, ammo tamballigi tufayli 
tibbiyot unga kechroq erishdimikin?. Shifokorlar biroz kam 
uxlab, ko’proq ishlaganda, biroz kamroq televizor ko’rganida, 
biroz idealist bo’lganida... Balki suyganingiz o’lmasdi, o’zingiz 
ham bolasini arslonga oldirib qo’ygan jayron kabi tizzalaringiz 
uzra yiqilmasdingiz, balki. 
So’ngra Kendin bir qadam oldinga chiqdi. Kostyumining 
tugmalarini qadab: 
- Xonimlar va janoblar! Sizlarni ishontirib aytamanki, shu onda 
yashash uchun tibbiyotga qarab qolgan, olayotgan har nafasini 
so’nggisi deya gumon qilayotgan millionlab inson bor dunyoda. 
Men buni ortiq qabul qilolmayman. Ular haqida o’ylasam, o’zim 
yutayotgan kisloroddan uyalaman. Qasam ichdim men! So’z 
berdim! Gippokratga emas, Doktor Kendin Sandinga so’z 
berdim! Tibbiyot kutayotgan o’sha qutqaruvchi menman!, - dedi.
Gapini tugatib ulgurmagan ham ediki, birdan xonada g’ala-
g’ovur boshlanib ketdi. Kendin shu qadar ishonchli gapirardiki, 
biror kimsaning e’tiroz bildirishga majoli yo’q edi. Ovoz ohangi, 
qarashlari, so’zlarga urg’u berishi... Hammasi ajoyib edi. Bunga 
aql bovar qilmaydi: bu gaplar hammaga ta’sir qildi. Xonadagi 
g’ala-g’ovur birozdan so’ng olqishga aylanishi kutilayotgandek 


189 
edi. Ko’p o’tmay o’rtadagi ko’zoynakli shifokor o’rnidan turdi va 
yo’g’on ovozi bilan: 
- Yo’q, o’sha qutqaruvchi menman!, - deya hayqirdi. 
Aslida Kendin bunday bo’lishini kutmagan edi. U faqatgina 
yolg’iz o’zi katta inqilobni amalga oshirmoqchi ekanini bildirib 
qo’yib, o’rnak bo’lishni xohlagandi xolos, biroq shifokorlarning 
ko’zlaridagi uchqun uni yo’lboshchiga aylantirdi, hatto 
ko’zoynaklining yonida o’tirgan doktor xonim ham o’rnidan turdi 
va ko’rsatgich barmog’i bilan oq xalati ustidagi ismi yozilgan 
maxsus guvohnomaga ishora qilib: 
- Yanglishyapsizlar, janoblar, o’sha qutqaruvchi menman!, - 
dedi... Xonadagi 33 shifokorning bari oyoqqa turib, bir ovozdan: 
- O’sha qutqaruvchi menman, - deyishdi. Xonadagilar bu 
qutqaruvchilarni olqishlay boshladilar. Xonani gulduros qarsak 
ovozi qurshab oldi. Kimlardir yig’lar, yana kimlardir esa 
universitetni birinchilar qatorida bitirgan qiziga qaraganday 
g’urur bilan shifokorlarga boqardi. Hayajon va ishonch ila 
hamma oyoqqa turdi. Olqishlar hanuz davom etar, barcha birma-
bir doktorlarni tabriklay boshladi. Kendin ham bu 33 insonni 
tabriklagach, kursiga o’tirdi: 
- Haa, dunyoning eng qadrli borliqlari. Endi boring va shu 
ro’yxatda nomi kelgan kasalliklarga duchor bo’lgan birortasini 
ko’rsangiz, unga so'z bering va 33 shifokorning xabarini 
yetkazing... “Kutgan qutqaruvchingiz keldi” deya ularni 
umidlandiring. 
Zalda takror qarsak ovozi yangradi. 
- Xonimlar va janoblar, endi meni qutqaruvchilarim bilan yolg’iz 
qoldirsangiz. 


190 
Shifokorlardan boshqa hamma o’z ishiga qaytdi. Ohista 
Kendinning yoniga keldi. Nigohlari bilan uni tabriklar, ammo 
negadir tabassumi siniq edi... 
- Bugun meni qidirmading ham, sendan xafa bo’ldim..., - dedi 
sekingina. Kendin har tong kasalxonaga kelganida, birinchi 
bo’lib Ohistaning xonasiga kirib o’tardi. 
- Ba’zan insonlar bilmasdan o’z haqqini, hatto huquqlarini 
qo’ldan boy beradi, Ohista!, - dedi Kendin. Qiz hayron qoldi. 
Uning nima demoqchi bo’lganini tushunmadi. 
- Qanday qilib?, - so’radi. Kendin kulimsirab: 
- Uzun hikoya... Hozir esa meni shifokorlarim bilan yolg’iz 
qoldir..., - dedi-yu, shifokorlari bilan majlisni boshlab yubordi.
Majlis besh soatga yaqin davom etdi. Kendin o’z nutqi bilan 33 
shifokorning hayotini butkul o’zgartirib yubordi. Ularga 
imkonsizlikni rad etishni, kengroq fikr yuritishni o’rgatdi. 
Hisoblagich haqida gapirib berdi. Piramidalar sirini ochdi. 
Yuksak ong va saroy haqida tushuncha berdi. Da Vinchi haqida 
so’zladi. Doktor Kendin Sandin barcha shifokorlarni katta 
loyihalarga undadi. 
O’sha kuni 33 shifokor muhim qaror qabul qildilar. Hanuz davosi 
topilmagan kasalliklarga qarshi, yana bundan ham muhimroq 
bo’lgan “tibbiyot jihatidan imkonsiz!” kasalligiga chora topishga 
ont ichishdi... 
Avvalo, o’zlarini tanitadigan bir nom topishlari lozim edi, 
topdilar ham. Endilikda bu jamoaning o’z nomi bor, barcha ularni 
shu nom bilan taniydi ortiq: “Kendin’s33”. Bu tashkilotning 
asoschisi Doktor Kendin Sandin bo’lgani uchun ham harakatga 
uning nomi berildi.


191 
So’ngra har bir shifokor Kendinning ro’yxatidagi o’z sohasiga 
muvofiq keladigan va davosini topishiga ishongan kasalliklarni 
daftariga qayd qilib oldi.
Umumiy bir maktub yozdilar. Rejalariga ko’ra bu xatni muayyan 
kasallikning chorasiga eng yaqin va shu yo’nalishdagi texnik 
imkoniyatlari eng rivojlangan kasalxona va laboratoriyalarga 
jo’natishlari kerak edi. Aslida bu maktubdan maqsad tegishli 
muassasadan eng so’nggi texnologiyalardan foydalangan holda 
ilmiy tadqiqotlar o’tkazish uchun izn olish edi. Bu ishlar dunyo 
miqyosida olib boriladi. Balki, doktorlarning har biri ishlash 
uchun dunyoning boshqa-boshqa davlatlariga ketishar, ammo 
buning unchalik ham ahamiyati yo’q. Ular endilikda o’zlarini 
insoniyat uchun fido qilishgan edi. Majlisda qabul qilingan 
qarorga ko’ra birozdan so’ng dunyoning to’rt tomoniga 
tarqaladigan bu shifokorlar 3 yildan so’ng takror bir yerga 
to’planishlari lozim. Bu vaqt oralig’ida doktorlarni tirikchilik 
tashvishidan qutqarish maqsadida Kendin mavjud xodimlar o’z 
ishini davom ettirishi sharti bilan kasalxonani tashkil etiladigan 
vaqfga qo’shish orqali moddiy resurslar yaratadigan bo’ldi. 
Qo’lga kiritgan mablag’ teng 33 ga bo’linadi, toki bu shifokorlar 
oilalari bilan 3 yil davomida qiynalmay yashashlariga yetsin. 
Shuningdek, boshqa qarorga ko’ra, shifokorlar o’zlari boradigan 
kasalxona yoki laboratoriyadan haq olmaydilar. Sababi, 3 yil 
davomida biron kasallikka davo topolmagan doktor och qoladi. 
Ular “Chorasizlik psixologiyasi”ni yaratish uchun ham shunday 
qilishdi. Kendin buni “Papirus ta’siri” deb nomladi. Doktorlar 
buning ma’nosiga unchalik tushunishmagan bo’lsa-da, guruh 
rahbari bo’lgan Kendinga qat’iy ishonishardi.
Ilk majlisdan so’ng hamma o’zi boradigan kasalxonani 
surishtirish maqsadida xona-xonasiga tarqaldi. Kendin ham 
advokatni chaqirib, kasalxonaning hujjat ishlarini hal qilishga 
kirishib ketdi. 


192 
Ertasi kun ikkinchi majlis o’tkazildi. Har bir doktor o’zi tadqiqot 
olib boradigan kasalxonani topishga ulgurgan edi. Majlisda bular 
muhokama qilindi. Oxirida, barcha uchun munosib joy aniqlab 
olindi. Shuningdek, bu majlisda “Kendin’s33” a’zosi bo’lgan 
hech bir shifokor 4 soatdan ortiq uxlamasligi borasida ham qaror 
qabul qilindi. Doktor Kendin guruh a’zolariga shu vaqtga qadar 
hech biri eshitmagan “Uyqu taqvimi” haqida ma’lumot berdi. 
Cho’ntagidan g’ijimlangan bir qog’ozni olib, nusxa ko’chirib, 
barcha shifokorlarga tarqatdi. Ularning har biri shaxsiy 
mezonlaridan kelib chiqqan holda jadvalni to’ldirib, darhol uni 
hayotlariga tatbiq etishga kirishdilar. 
Bu 33 shifokor endilikda tashrif qog’ozlarini ham o’zgartirib, 
ismlari ostiga turli iboralar yozadigan bo’ldilar. Masalan, 
doktorning ismi tagidagi “Kardiolog” so’zi o’rniga “Barcha 
zamonlarning eng muvaffaqiyatli kardiologi” deb yozishardi. Bu 
fikr ham Kendindan chiqdi. Uning aytishiga ko’ra, agar shunday 
qilishsa, o’z vazifalarini ham imkoni boricha mukammal 
bajarishga harakat qilishardi.
Majlisdan so’ng har bir shifokor o’zi boradigan kasalxonaning 
mas’ul vakillariga quyidagi maktubni o’z sohasiga ko’ra 
to’g’irlab jo’natib yubordi. 


193 

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin