S imsiz qurilmalardan dasturda simsiz marshrutizator va uchta kirish nuqtasi keltirilgan. Oxirg‘i qurilmalar orasida siz ShK, noutbuk, server, printer, telefonlar va boshqalarni ko‘rishingiz mumkin. Dasturda Internet bulut va DSL modemlar ko‘rinishida tasvirlangan. Ko‘p foydalanuvchili ish uchun foydalanuvchi qurilmalari va bulut 4-rasmda tasvirlangan.
4-rasm. Ko‘p foydalanuvchili ish uchun foydalanuvchi qurilmalari va bulut
A loqa liniyalari. Aloqa liniyalari yordamida tarmoq tugunlarining ulanishi amalga oshiriladi hamda bunda har bir tipdagi kabel qurilmaning ma’lum tipdagi interfeyslariga ulanishi ham mumkin (5-rasm).
5-rasm. Алоқа линиялари типлари
Avtomatik tip – ushbu tipda ulanishni Packet Tracer tanlangan qurilma uchun ulanishning sanab o‘tilgan tiplaridan avtomatik tanlaydi.
Konsol – konsol ulanish. Konsol ulanish ShK va marshrutizatorlar yoki kommutatorlar o‘rtasida bajarilishi mumkin.
To‘g‘ri mis – o‘ralgan juftlik tipidagi mis kabelli ulanish, bunda kabelni har ikkala uchi bir xil tartibda yig‘ilgan.
Krossover mis – o‘ralgan juftlik tipidagi mis kabelli ulanish, kabel uchlari krossover singari yig‘ilgan.
Optika – optik kabel yordamida ulanish, bu optik interfeysga ega bo‘lgan qurilmalarning ulanishi uchun zarur.
Telefon kabeli – telefon apparatlarini ulash uchun kabel. Telefon liniyasi orqali ulanish modem portlariga ega bo‘lgan qurilmalar o‘rtasida amalga oshirilishi mumkin. Masalan – SHK.
Koaksial kabel – koaksial kabel yordamida qurilmalarni ulash. kabelli modem va bulut o‘rtasida ulanish uchun foydalaniladi.
Seriyali DCE va seriyali DTE – Internet aloqasi uchun ketma-ket portlar orqali ulanish. Bunday ulanishni sozlaash uchun DCE-qurilma tarafida sinxronizatsiyani o‘rnatish lozim. DCE tamonini portni yonidagi kichkina "chasov" ikonkasi bo‘yicha aniqlash mumkin.
Grafik menyu. 6-rasmda gafik menyu keltirilgan.
6-rasm. Grafik menyu
Ushbu rasmda chapdan o‘ngga:
Select uskunasi Esc tugmasi bilan faollashtirish mumkin. U bitta yoki ko‘proq ob’ektlarni, keyinchalik ularni ko‘chirish, nusqa olish yoki o‘chirish uchun belgilab olish uchun ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |