1- ma’ruza: ”Tarmoq texnologiyalari” fani haqida tushuncha.
Reja:
1. Tarmoq texnologiyalari faniga kirish.
2. Lokal kompyuter tarmog„i vazifalari.
3. Lokal tarmoqning farq qiluvchi belgilari.
4. Server va mijoz tushunchalari.
Axborotni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatish muammosi hisoblash texnikasi
paydo bo„lgandan beri mavjuddir. Axborotlarni bunday uzatish alohida foydalanilayotgan
kompyuterlarni bargalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir necha kompyuter
yordamida hal qilish imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari xar bir kompyuterni ma‟lum bir
vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va kompyuterlarning resurslaridan birgalikda foydalanish,
hamda ko„pgina boshqa muammolarni ham hal qilish mumkin bo„ladi.
Oxirgi vaqtda axborotlarni almashish usullari va vositalarini ko„p turlari taklif qilinmoqda:
eng oddiyi fayllarni disketalar yordamida kompyuterdan kompyuterga o„tkazishdan tortib, to
butun dunyo kompyuterlarini birlashtira olish imkoniyatini beradigan Internet tarmog„igacha.
Ko„pincha “mahalliy tarmoqlar” (lokalniye seti, LAN, Local Area Network) atamasini
aynan, katta bo„lmagan, mahalliy o„lchamli, yaqin joylashgan kompyuterlar ulangan tarmoq,
ya‟ni, mahalliy tarmoq deb tushiniladi. Lekin ba‟zi mahalliy tarmoqlarning texnik
ko„rsatgichlariga nazar solsak, bunday atama aniq emasligiga ishonch hosil qilish mumkin.
Misol uchun, ba‟zi bir lokal tarmoqlar bir necha kilometr yoki bir necha o„n kilometr masofadan
oson aloqani ta‟minlay olish imkonini beradi. Bu hol esa, bir xonaning, bir binoning yoki bir-
biriga yaqin joylashgan binolarninggina emas, balki bir shahar doirasidagi o„lchamdir. Boshqa
bir tomondan olib qaraganimizda global tarmoq orqali (WAN, Wide Area Network yoki GAN,
Global Area Network) bir xonada joylashgan ikki yonma-yon stoldagi kompyuterlar ham
axborot almashinuvini amalga oshirishi mumkin, lekin negadir bunday tashkil qilingan tarmoqni
xech kim maxalliy tarmoq deb atamaydi. Ikkita yaqin joylashgan kompyuterlarni interfeys orqali
(RS232, Centronics) kabel yordamida bog„lash mumkin, yoki hatto kabelsiz infraqizil kanal
yordamida ham kompyuterlarni bog„lash mumkin. Lekin bunday bog„lanish ham mahalliy
tarmoq deb atalmaydi. Balki, mahalliy tarmoq ta‟rifi xuddi kichik tarmoq kabi bo„lib, ko„p
bo„lmagan kompyuterlarni bog„lashdir. Xaqiqatdan, mahalliy tarmoq ko„p hollarda ikkitadan to
bir necha o„nlab kompyuterlarni o„z tarkibiga oladi. Lekin, ba‟zi bir mahalliy tarmoqlarning
cheklangan imkoniyatlari ancha yuqori bo„lib, abonentlarning soni mingtagacha yetishi mumkin.
Bunday tarmoqni kichik tarmoq deb atash balki noto„g„ridir.
Ba‟zi mualliflar mahalliy tarmoqni «ko„p kompyuterlarni uzviy bog„lovchi sistema» deb
tariflashadi. Bu holda axborot kompyuterlardan kompyuterlarga vositachisiz va bir turdagi
uzatish muhiti orqali amalga oshiriladi deb faraz qilinadi. Biroq hozirgi zamon mahalliy
tarmoqlarida bir turdagi uzatish muhiti haqida gap yuritib bo„lmaydi. Misol uchun, bir tarmoq
doirasida xar turdagi elektr kabellari va shuningdek optik tolali kabellar ham ishlatilishi mumkin.
Axborot uzatishni «vositachisiz» ta‟rifi xam juda aniq emas, chunki hozirgi zamon mahalliy
tarmoqlarida turli konsentrator, kommutator, marshrutizatorlar va ko„priklardan (mosti)
foydalaniladi. Axborotlarni uzatish jarayonida uzatilayotgan axborotlarga murakkab ishlov
beruvchi bu vositalarni vositachi deb qabul qilinadimi yoki yo„qmi?, unchalik tushunarli emas.
Balki, foydalanuvchilar aloqa mavjudligini his qilmaydigan tarmoqni mahalliy tarmoq deb
qabul qilinishi aniq bo„lar. Mahalliy tarmoqqa ulangan kompyuterlar bir virtual kompyuter
kabidir, ularning resurslari hamma foydalanuvchilar uchun bemalol bo„lishi kerak bo„lib, alohida
olingan kompyuter resurslaridan foydalanishdan kam qulay bo„lmasligi lozim. Bu holda qulaylik
deb birinchi navbatda aniq yuqori tezlikda resurslarga ega bo„lish, ilovalar orasidagi axborot
almashinuvini foydalanuvchi sezmagan holda amalga oshirilishidir. Bunday ta‟rifda sekin
ishlovchi global tarmoq ham, keskin amalga oshiriladigan ketma-ket yoki parallel portlar ham
mahalliy tarmoq tushunchasiga to„g„ri kelmaydi. Bunday ta‟rifdan kelib chiqadiki, keng
tarqalgan kompyuterlarning tezligi oshishi bilan, mahalliy tarmoq orqali uzatiladigan axborot
tezligi ham albatta oshishi kerak. Agar yaqin o„tmishda axborot almashinish tezligi 1 – 10 Mbit/s
yetarli deb hisoblangan bo„lsa, hozirda esa o„rtacha tezlikdagi tarmoq 100 Mbit/s tezlikda
axborot uzata oluvchi tarmoq hisoblanadi. 1000 Mbit/s va undan ham ortiq tezlikda axborot
uzata oluvchi vositalar ustida ham aktiv ish olib borilmoqda. Kam tezlikda aloqa o„rnatish esa
tarmoq shaklida ulangan virtual kompyuterning ishlash tezligini susaytiradi.
Shunday qilib, mahalliy tarmoqlarni boshqa har qanday tarmoqdan asosiy farqi – yuqori
tezlikda axborot almashinuvidir. Lekin bu birgina farq bo„lib qolmay, boshqa omillar ham
muhim ahamiyatga ega.
Masalan, axborotlarni uzatishda xatolikni keskin kamaytirish lozim. Juda tez, lekin xato
axborot uzatish bema‟nilikdir, chunki uni yana qaytatdan uzatish lozim bo„ladi va shuning uchun
mahalliy tarmoqlarda albatta maxsus yuqori sifatli aloqa vositalaridan foydalaniladi.
Yana tarmoqning asosiy texnik ko„rsatgichlaridan biri katta yuklamada ishlash
imkoniyatidir, ya‟ni axborot almashish tezligi (yana boshqacha qilib aytganda, katta trafik bilan).
Tarmoqda qo„llanilayotgan axborot almashinuvini boshqaruvchi mexanizm unumli bo„lmasa, u
holda kompyuterlar axborot uzatish uchun ko„p vaqt navbat kutib qolishi mumkin. Navbat
kelganidan so„ng katta tezlikda va bexato axborot uzatilsa ham, tarmoqdan foydalanuvchiga
baribir tarmoq resurslaridan foydalanish uchun ma‟lum vaqt kutishga to„g„ri keladi.
Har qanday axborot uzatishni boshqarish mexanizmi kafolatlangan ravishda ishlashi
uchun, oldindan tarmoqqa ulanishi mumkin bo„lgan kompyuterlar, axborotlar soni ma‟lum
bo„lishi kerak. Rejalashtirilganidan ko„p kompyuterlarni tarmoqqa ulanishi , yuklamaning
oshishiga olib kelishi natijasida har qanday mexanizm ham axborotlarni uzatishga ulgira olmay
qolishi tabiiydir. Nihoyatda, tarmoq deb bu so„zning tub ma‟nosi kabi, shunday axborot uzatish
sistemasini tushunish kerakki, u mahalliy bir-necha o„nlab kompyuterlarni birlashtirgan bo„lishi
lozim.
Shunday qilib, mahalliy hisoblash tarmoqlarning (MHT) farq qiluvchi belgilarini
shakllantirish mumkin bo„ladi:
axborotni katta tezlikda uzatish va yuqori tezlikda o„tkazish imkoniyati mavjud bo„lishi;
uzatish davrida xatolikning darajasi kamligi (yuqori sifatli aloqa kanallar). Axborotlarni
uzatishda mumkin bo„lgan xatolik extimoli 10-7 – 10-8 darajada bo„lishi;
axborot uzatishning unumli va tez amalga oshiruvchi mexanizmi bo„lishi;
tarmoqqa ulangan kompyuterlar soni chegaralangan va aniq bo„lishi kerak.
Berilgan ta‟rifdan kelib chiqadiki; global tarmoq mahalliy tarmoqdan quyidagilar bilan
farq qiladi: cheklanmagan abonentga mo„ljallangan va sifatli bo„lmagan kanallardan ham
foydalaniladi; axborot uzatish tezligi nisbatan kam, axborot almashish mexanizmi ham nisbatan
tezlik bo„yicha kafolatlanmagandir. Global tarmoqlarda eng muhimi aloqa sifati emas, balki
aloqaning mavjudligidir.
Ko„pincha kompyuter tarmoqlarining
yana bir turi - shaxar tarmog„i (MAN, Metropolitan
Area Network) mavjudligini qayd qilishadi, odatda ular global tarmoqlarga yaqin bo„lib, bazida
maxalliy tarmoqlarning ba‟zi xususiyatlariga ham ega bo„ladilar. Masalan, yuqori sifatli aloqa
kanallari va nisbatan yuqori tezlikdagi axborot almashinuvi bilan o„xshashdir. Bu xususiyati
shahar tarmog„i ham mahalliy tarmoq (MHT afzalliklari bilan) bo„lishi mumkin ekanligini
ko„rsatadi.
Haqiqatdan, hozirda mahalliy tarmoq bilan global tarmoqning aniq chegarasini o„tkazish
mumkin bo„lmay qoldi. Ko„pchilik mahalliy tarmoqlarda global tarmoqqa chiqish imkoniyati
bor, lekin axborotni uzatish, axborot almashinuvini tashkil qilish prinsipi, odatda global
tarmoqda qabul qilingandan ancha farq qiladi. Mahalliy tarmoqdan foydalanuvchilar uchun
global tarmoqqa ulanish imkoniyati faqatgina bir resursgina bo„lib qoladi xolos.
Mahalliy hisoblash (MHT) tarmoqdan har turdagi raqamli axborot uzatilishi mumkin:
axborotlar, tasvirlar, telefon so„zlashuvlari, elektron xatlar va h. k. Tasvirlarni uzatish masalasi,
ayniqsa to„laqon dinamik tasvirlarni uzatish tarmoqdan yuqori tezlik talab qiladi. Odatda lokal
tarmoqda quyidagi resurslardan; disk maydoninidan, printerlaridan va global tarmoqqa chiqish
imkoniyatlaridan birgalikda foydalaniladi. Lekin bu imkoniyatlar lokal tarmoq vositalarining
imkoniyatlarini bir qismidir. Masalan, ular xar turdagi kompyuterlararo axborot almashinuvini
ham amalga oshiradi. Tarmoq abonenti bo„lib faqat kompyuter emas, balki boshqa qurilmalar
ham bo„la oladi. Masalan printerlar, plotterlar. Mahalliy tarmoqlar tarmoqning hamma
kompyuterlarida parallel hisoblash sistemasini tashkil qilish imoniyatini beradi. Bunday sistema
murakkab matematik masalalarni yechishni ko„p marotaba tezlashtiradi. Shuningdek maxalliy
tarmoqlar yordamida murakkab texnologik jarayonlarni ham boshqarish mumkin yoki bir
vaqtning o„zida bir necha kompyuter yordamida tadqiqot qurilmalarini ham boshqarish imkonini
beradi.
Lekin xotiradan chaqirish kerak emaski, mahalliy hisoblash tarmoqlarning ham ba‟zi
kamchiliklari bor. Xodimlarni o„qitishga, qo„shimcha qurilmalarga, tarmoq dasturiy ta‟minotiga,
ulash kabellariga qo„shimcha sarflanadigan mablag„dan tashqari tarmoqni rivojlantirish,
resurslariga ega bo„lishni boshqarish, bo„lishi mumkin bo„lgan nosozliklarni tuzatish va
tarmoqni ishlashini nazorat qiluvchi, ya‟ni tarmoqning boshqaruvchisi (administrator) bo„lishi
kerak. Tarmoq kompyuterni joyidan ko„chirilishini chegaralaydi, aks holda ulash uchun kabellar
o„tkazish lozim bo„ladi, bundan tashqari, tarmoq viruslarni tarqalishi uchun qulay muhitga
egadir, shuning uchun alohida kompyuterlarga qaraganda himoya masalalariga katta e‟tibor
berilishi lozim.
Shu mavzu doirasida tarmoq nazariyasining muhim tushunchalaridan bo„lgan server va
mijoz tushunchalarini ham ko„rish darkordir.
Server – tarmoq abonenti bo„lib, u o„z resurslarini boshqa abonentlarga foydalanishga
berib, lekin o„zi boshqa abonentlar resurslaridan foydalanmaydi, ya‟ni faqat tarmoqqa ishlaydi.
Tarmoqda server bir nechta bo„lishi mumkin, server uchun eng quvvatli kompyuter bo„lishi shart
emas. Ajratilgan server-bu server faqat tarmoq masalalari uchun xizmat qiladi. Ajratilmagan
server tarmoqqa xizmat ko„rsatishdan tashqari boshqa masalalarni xam xal qilishi mumkin.
Mijoz – faqat tarmoq resurslaridan foydalanib, tarmoqqa o„z resurslarini ajratmaydigan
tarmoq abonentiga aytiladi, ya‟ni tarmoq unga xizmat qiladi. Kompyuter – mijoz ham ko„pincha
ish stansiyasi deyiladi. Odatda har bir kompyuter bir vaqtning o„zida ham mijoz va shuningdek
server bo„lishi mumkin. Ko„pincha server va mijozni kompyuterni o„zi deb tushunilmaydi, bu
kompyuterda ishlatilayotgan dasturiy ilovalarni tushuniladi. Bu xolda tarmoqqa o„z resurslarini
berayotgan ilova serverdir, faqat tarmoq resurslaridan foydalanayotgan ilova esa mijozdir.
Takrorlash uchun savollar
1. Mahalliy tarmoq deganda nimani tushunasiz?
2. Mahalliy tarmoq qancha kompyuter va masofalarda bog‟lash mumkin?
3. Mahalliy tarmoqni boshqa kompyuter tarmoqlaridan farqi nimada
?
4. Mahalliy hisoblash (MHT) tarmoqdan qanday turdagi raqamli axborot uzatilishi mumkin?
Dostları ilə paylaş: |