Tarmoq texnologiyalarini tadqiq etish zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida, ayniqsa, sohada juda muhimdir axborot texnologiyalari


WiFi(vayfay deb o'qiladi) dastlab «Wireless Fidelity



Yüklə 54,16 Kb.
səhifə2/2
tarix06.02.2022
ölçüsü54,16 Kb.
#52164
1   2
sartirofka

WiFi(vayfay deb o'qiladi) dastlab «Wireless Fidelity» ya'ni, «simsiz aniqlik» deb yuritilgan, hozirda bu termin o'rniga, oddiy WiFi deb yuritilish odat tusiga kirgan, texnologiya yaqin kunlarda ommalashgan bo'lishiga qaramasdan, uning tarixi 1991 yilga taqaladi. Bu simsiz aloqa o'rnatish texnologiyasi bo'lib, IEE802.11 standarti asosida ishlaydi. Shu standartga to'g'ri keluvchi qurilamalar WIFi texnologiyasi bilan ishlay oladi.

Simsiz aloqa texnologiyasi bo'lganidan keyin, ma'lum bir tashuvchisiga ega bo'lishi kerak, bu tashuvchi chastota deb yuritiladi, chastota orqali har xil signallar uzatiladi va qabul qilinadi. Signallarning bir biriga halaqit bermasligi uchun, umumiy standart bo'lib, bu standartda qaysi signal qaysi chastotada uzatilib, qabul qilinishi belgilab qo'yilgan. Wi-Fi texnologiyasi orqali uzatiladigan signallar, o'rtacha 2.4 GGts chastotada uzatiladi.

Wi-Fi texnologiyasi ishlatish uchun, uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilma kerak bo'ladi. Bular o'rtacha 2.4 Ggs chastotadagi signallarni qabul qilib, uzatadi. Bu yerdan texnologiyaning dastlabki kamchiligi paydo bo'ladi, ya'ni bu chastotada boshqa qurilamalar ham ishlaydi(bluetooth), demak bir-biriga biroz halaqit berishi mumkin.

Wi-Fi uzatuvchi sifatida Wi-Fi routerdan foydalaniladi, bunday router chiqaradigan firmalar soni yetarlicha, misol uchun TP-LINK, D-LINK, ASUS, Linksys, ZyXEL… .

Routerdan chiqqan signalni qabul qilish uchun, qabul qilgich kerak bo'ladi, bu qabul qilgich zamonaviy telefonlar ichida, noutbuk, netbuk ichlarida joylashgan bo'ladi, yoki bo'lmasa, alohida jihoz sifatida ham bo'ladi. Odatta statsionar kompyuterlarda qabul qilgich qurilma bo'lmaydi, ya'ni Wi-Fi router orqali jo'natilgan signallarni qabul qila olmaydi, bu muammoni yechish uchun USB, PCI portlarga ulanadigan Wi-Fi signallarni qabul qiluvchi, IEE802.11 standarti asosida ishlaydigan jihozlar ulanadi.

Umumiy oladigan bo'lsak, Wi-Fi texnologiyasini, bitta uzatuvchi qurilma, atrofida bir necha qabul qiluvchi qurilma shaklida tasavvur qilish mumkin.

Uzatuvchi va qabul qiuvchi bo'lgandan so'ng, bu texnologiyani internetga chiqish, lokal tarmoq qurish maqsadlarida ishlatish mumkin. Ba'zilar Wi-Fi texnologiyasi asosida tarmoq qurib, o'yinlar ham o'ynashadi, demak, WiFi deganda faqat internet tushunilmas ekan. Bu bir texnologiya, bu texnologiya orqali har xil ishlarni amalga oshirish mumkin ekan, shulardan biri internetga chiqish.

IEE802.11 standartining ham bir necha turi mavjud. Bular:

IEE802.11a;

IEE802.11b;

IEE802.11g;

IEE802.11n.



Bularning farqi signal uzatish tezligi va uzoqligidadir. Shuni ham esda saqlash lozim, qancha tezlik katta bo'lsa, masofa qisqaradi, fizika fanidan eslatma.

Ko'p kafe, restoran, katta binolar, do'konlarda Wi-Fi texnologiyasining emblemasini ko'rishingiz mumkin.
Yüklə 54,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin