Tarmoq Xavfsizligi fanidan Ki20-02-guruh talabasi Bajardi : Abdurahmonov F. Tekshiradi : Shakarov A. Samarqand -2023


tizimga kirishni nazorat qilish ?



Yüklə 452,89 Kb.
səhifə3/5
tarix13.05.2023
ölçüsü452,89 Kb.
#112720
1   2   3   4   5
Maruza

tizimga kirishni nazorat qilish ?

  1. turli shaxs guruxlari axborot manbalariga xar xil kirishga egaligi va bunday kirishga cheklashlar doim bajarilishlik kafolati;

  2. istalgan paytda dastur majmuasining xoxlagan kismini tulik tekshirish mumkinligi kafolati;

  3. xozir tizimga ulangan mijoz aniq o’zini kim deb atagan bulsa, aniq o’sha ekanligining kafolati;

  1. identifikatsiyalashni nazorat qilish ?

  1. xozir tizimga ulangan mijoz aniq o’zini kim deb atagan bulsa, aniq o’sha ekanligining kafolati;

  2. oldindan kelishilgan me’yorlar chegarasida qasddan xato kiritilgan ma’lumotlarga nisbatan tizimning oldindan kelishilgan xolda o’zini tutishi.

  3.  istalgan paytda dastur majmuasining xoxlagan kismini tulik tekshirish mumkinligi kafolati;

  1. qasddan buzilishlarga to’sqinlik ?

  1. oldindan kelishilgan me’yorlar chegarasida qasddan xato kiritilgan ma’lumotlarga nisbatan tizimning oldindan kelishilgan xolda o’zini tutishi.

  2. xozir tizimga ulangan mijoz aniq o’zini kim deb atagan bulsa, aniq o’sha ekanligining kafolati;

  3.  istalgan paytda dastur majmuasining xoxlagan kismini tulik tekshirish mumkinligi kafolati;

3-topshiriq (1mavzu 7-shart) EMCO tarmoq inventarizatsiyasi. Adabiyotlar





https://fileswin.com/uz/emco-network-inventory/
https://emcosoftware.com/network-inventory
https://www.comparitech.com/net-admin/computer-inventory-management-software/
https://www.dnsstuff.com/network-inventory-tools

4-topshiriq keng polosali aloqa xizmatlaridan foydalanish 1-mavzu 8-topshiriq


Reja:

  1. Keng polosali tarmoq tushunchasining paydo bo‘lishi

  2. Keng polosali tarmoqlarda xizmatlar

  3. Optik tolalarning ishlash prinsipi

Yaxshi bilamizki, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining rivojlanishi, ma`lumotlarni ortib borishi, borgan sayin, ulardan foydalanish, ularni tartiblash, mukammalligini ta’minlash maqsadida, axborot texnologiyasi yangi bir tarmog‘ini yaratilishiga zarurat tug‘dirdi. Insoniyatning axborotlashtirishga bo‘lgan extiyoji nuqtai nazaridan tobora qimmati ortib borayotgan tarmoq tushunchasining yaratilishiga ham aynan shu omillar asosiy sababchi bo‘ldi desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Bugungi kunda jamiyatning qay bir qatlamini olmaylik uning vakillarini axborotlashtirishga bo‘lgan talabini ortib borishini ko‘rish mumkin. Axborot iste’molchilarining talabi nafaqat axbortning hajmiga, balki, uning sifatiga ham bevosita ta’sir etmoqda. O‘z-o‘zidan ma'lumki, katta xajmdagi axborotni iste’molchilarga qisqa vaqt ichida sifatli yetkazib berish xizmatlarni ta'minlovchi tizimlarga yuqori talablarni qo‘yadi. Aytish joizki, telekommunikatsiya xizmatlarini tashkil etuvchi telekommunikatsiya tarmog‘i operatorlari o‘z tarmoqlarini mijozlarning talablariga mos ravishda rivojlantirib borishlari zarur. Shuni unutmaslik kerakki, bunday usulda aloqa tarmoqlarini modernizatsiya qilish aloqa operatoridan qo‘shimcha sarf xarajatni talab etadi. Shuning uchun ham bunday aloqa tarmoqlarini tashkil qilishda eski texnologiyalardan yangisiga o‘tishni ta'minlovchi, yangi xizmat turlariga ega bo‘lgan, iqtisodiy tomondan tejamkorlikka sabab bo‘ladigan texnologiyalarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Telekommunikatsiya tarmog‘ida keyingi avlod taromoqlari (NGN) yagona keng polosali aloqa kanali orqali tarmoq abonentlariga bir vaqtda matn, audio va video singari ko‘plab kommunikatsiya xizmatlarini taqdim etishi mumkin. Demak, NGN texnologiyasining respublikamiz aloqa tarmoqlarida qo‘llanilishi, aloqa sifati ko‘rsatkichlarini jahon standarti talabiga javob beradigan pog‘onaga olib chiqishga imkon beradi. NGN texnologiyasi asosida qurilgan tarmoq (ya'ni NGN tarmoq) universal tarmoq xisoblanib, paketli kommutatsiya asosida ixtiyoriy turdagi ma'lumotlarni (tovush, video, rasm, televizion kadr va boshqalar) sifatli, yo‘qotishlarsiz va yuqori tezlikda uzatish imkoniyatiga egadir. NGN tarmog‘i turli xil ma'lumotlar trakti uchun kerak bo‘ladigan barcha xizmatlarni ta'minlash imkoniyatiga egadir, ya'ni (QoS - Quality of Service) xizmat ko‘rsatish sifati yuqori ko‘rsatkichga egadir. Nazariy jixatdan o‘ylab qaralsa, NGN tarmog‘i ayni paytda foydalanib kelinayotgan umumfoydalanuvchi telefon tarmog‘i (UFTT-PSTN), ma'lumotlar uzatish tarmog‘i (MUT), elektr aloqa tarmoq (EAT)larining mukammal yagona tizim sifatida birlashtirgan multiservis tarmog‘idir deb aytishimiz mumkin bo‘ladi. NGN tarmog‘ini qurishdan asosiy maqsad, keng spektrdagi xizmatlar turini joriy qilish va jahon standartlariga mos keng ko‘lamli, sifatli, tezkor xizmatlar ko‘rsatishdan iborat. Bunda ularga quyidagilarni misol qilish mumkin: • telefon aloqasi xizmati (mahalliy, shaharlararo, xalqaro telefon aloqasi); • ma'lumotlar uzatish xizmati (ajratilgan ma'lumot uzatish kanali, ma'lumotlarni uzatuvchi virtual hususiy tarmoqlar); • telematika xizmati («elektron pochta», «ovozli pochta», «IPtelefoniya», «audiokonferensiya», «videokonferensiya»); • harakatdagi elektr aloqa xizmati; • provayder xizmati («elektron supermarket», «masofadan o‘qitish»). • videokonferensiya xizmati. • internet xizmati va hokozo. Bu xolda NGN tarmog‘i har hil turdagi aloqa vositalari, ya'ni analog telefon apparati, faksimil apparati, IR-telefoniya terminali, mobil aloqa vositalari, raqamli tarmoq qurilmalari va boshqa tur aloqa komponentlarini qo‘llab-quvvatlaydi. NGN tarmog‘ining arxitekturasini yaratishda bitta yagona infrastrukturada UFTT, Mobil aloqa tarmog‘i, Internet tarmog‘i resurslari, IP-telefoniya tizimini jamlash ko‘zda tutiladi. Hozirgi kunda bizga ma’lum NGN tarmog‘ining to‘rt satxli arxitekturasi mavjud. Ma'lumki, bugungi kunda mavjud telekommunikatsiya tarmoqlaning eng muammoli qismi bu abonent kirish tarmoqlaridir. Chunki, o‘rama juft o‘tkazgichli kabellar (TPP 600x2, 100x2, 50x2) asosida qurilgan analogli abonent liniyalari o‘tkazish qobiliyatining pastligi va sifatining yomonligi bugungi kunda ishlab chiqilayotgan yangi telekommunikatsiya xizmatlarini abonentlarga taqdim qilishga to‘sqinlik qiluvchi asosiy faktorlardan hisoblanadi. «Oxirgi milya» va tarmoqni qayta qurish muammolari asosan quydagilar bilan bog‘liq:  uncha katta bo‘lmagan analog ATS larning sonini ko‘pligi, liniyalarning yetmasligi, yangi liniya yotqazish uchun kanalizatsiyaning yetishmasligi, eski liniyalar bo‘yicha xizmat sifatining pastligi, qurilishga va tarmoqdan foydalanishga ketadigan sarf xarajatning ko‘pligi;  tarmoqdan tushadigan mablag‘ning kamligi. Bu asosan ATS xizmatlarining kamligi, narxi yuqoriligi va yangi xizmatlarni kiritishni texnik murakkabligi, qarzdorlik muammolari bilan bog‘liq;  texnikadan foydalanishning murakkabligi va ekpluatatsiya xarajatlarining yuqoriligi. Bu asosan qurilmalarning tez-tez buzilishi va liniyalardagi avariyalar, qurilmalarning va liniya vositalarini ta’mirlash kabi muammolar bilan bog‘liq;  tarmoqda qo‘llaniladigan operatorlarning infratsrukturasini optimal emasligi; Yuqoridagi kamchilik va muammolarning asosiy sababi tarmoqning o‘tkazish qobiliyatining pastligi, ya'ni, o‘tkazish polosasining pastligidir. Tarmoqning ma'lumot uzatish tezligi birinchi o‘rinda unda tashkil qilinayotgan aloqa kanallarining chastota polosasiga bog‘liq. Ya'ni, tarmoqda tashkil qilingan aloqa kanallarining chastota palasasi kengligi qanchalik yaxshi ta’minlangan bo‘lsa uning ma'lumot uzatish tezligi shunchalik katta bo‘ladi. Shunday ekan respublikamiz axolisiga sifatli telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish uchun nafaqat telekommunikatsiya tarmoqlarimizni transport qismlarini, balki shu qatorda abonent kirish tarmoqlarini xam modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy texnologiyalar asosida qurish orqali o‘tkazish qobiliyatlarini oshirishni ta'minlash lozim. Tarmoqning aloqa kanallarining keng polosaga ega bo‘lishi nafaqat bu tarmoq tarkibidagi kanal hosil qiluvchi qurilmalarga, balki, o‘tkazish muxitining (simsiz, elektr aloqa kabellari, optik aloqa kabellarining) texnik imkoniyatlariga ham bog‘liq hisoblanadi. Demak, mavjud abonent liniyayalaridagi aloqa kabellarining aksariyati past chastotali (0.3-3.4 kGs) PCh telefon so‘zlashuv signallarini uzatishga mo‘ljallangan. Bunday aloqa kabellarida yuqori sifatli telekommunikatsiya xizmatlarini tashkil qilishda foydalanish muammolarni keltirib chiqaradi. Biroq, hozirda shunday texnologiyalar mavjudki, ularning yordamida past chastotali signallarni uzatishga mo‘ljallangan mis o‘tkazgichli kabellardan foydalanib yuqori chastotali kanallarni uzatish tarmoqlarini qurish mumkin. Lekin, shuni unutmaslik kerakki, bunday texnologiyalardan foydalanish orqali muammoni yechish ma'lum bir vaqtgagina amalga oshadi xolos. Telekommunikatsiya xizmatlarining sifatiga bevosita telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanuvchilarning soni, shuningdek, ushbu sonning ortib borishi bilan ahamiyatli hisoblanadi. Ya’ni, mis o‘tkazgichli kabellardan foydalanish uzoq muddatli yechimni bermaydi. Shuning uchun ham aloqa tarmoqlarini o‘tkazish qobiliyatini oshirish, ya'ni ularni keng polosali tarmoqga o‘zgartirish uchun quyida texnologiyalarni qo‘llash lozim:  optik tolali tarmoqlarni qurish va undan foydalanish;  abonent kirish tarmoqlarini qurishda simsiz texnologiyalardan foydalanish;  mavjud bo‘lgan mis sim juftliklaridan foydalanish. Abonent kirish tarmoqlarida optik texnologiyalarning keng tadbiq etilishi, abonentlarga yuqori sifatli ko‘plab telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim qilishga imkon beradi. Ammo, iqtisodiy nuqtayi nazardan optik tolali tarmoqlarni qurish qimmatga tushishini ham anglashimiz kerak. Bunda ayniqsa abonent liniyalarini tashkillash masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Mavjud mis kabellardan foydalangan xolda yangi texnologiyalardan foydalanish sarf xarajatlarni qisqarishiga olib keladi. Bunday liniyalardan foydalanganda xDSL texnoloniyalarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir va bunday liniyalardan yana ko‘p yillar foydalanish mumkin. Shu sababli mavjud liniyalar qoldirilib, ularda yuqori tezlikli xDSL texnologiyasiga asoslangan raqamli uzatish tizimlarini qurish ham keng polosali abonent kirish tarmoqlarini qurishda qo‘llanidi. Lekin yuqorida ta’kidlaganimizdek, xDSL texnologiyasi vaqtinchalik o‘tish texnologiyasidir va tarmoqning ma'lumot uzatish tezligiga bo‘lgan talablarni vaqtinchalik davrga qondirishi mumkun. Chunki, abonentlar sonining ortishi tarmoqdagi bir kabel tarkibidagi yonma-yon mis o‘tkazgichlar juftliklaridan yuqori chastotali signallarni uzatish zaruriyatinin keltirib chiqaradi. Bu esa bir kabel tarkibidagi mis o‘tkazgichlar juftliklari o‘rtasida o‘zaro o‘tishlar, ya'ni o‘zaro xalaqitlarni hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Demak, xDSL texnologisidan foydalanish cheklangan sondagi abonentlarga yuqori tezlikli bog‘lanishlarga imkon berar ekan. Tarmoqning keng polosaliligi xususida tushunchalari vaqt o‘tgan sayin o‘zgarib boradi. Misol tariqasida aytishimiz mumkinki, bundan sanoqli yillar oldin keng polosali tarmoq sifatida ma'lumot uzatish tezligi 512 kBit/s bo‘lgan tarmoqlar e'tirof etilar edi. Bugungi kunga kelib tezlikka bo‘lgan talab keskin ortganligi sababli keng polosali tarmoq sifatida ma'lumot uzatish tezligi 2 Mbit/s dan yuqori tezlikli tarmoqlar tushuniladi. Keng polosali tarmoq deyilganda 2 Mbit/s dan yuqori tezlikli va har xil turdagi ma'lumotlarni yuboradigan tarmoq tushunilanadi. Keng polosali tarmoqning tor polosali tarmoqdan farqi, unda tor polosali tarmoqalardan farqli ravishda kanallar soni ko‘p va ma’lumot uzatish tezligi yuqoridir. Keng polosali tarmoqlarga misol sifatida raqamli integral xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar (ISDN-Integrated Servies Digital Network)ni keltirish mumkin. ISDN ning bir qator ketma-ket rivojlanish bosqichlari mavjud bo‘lib, ular: 0 – bosqich. Turli ko‘rinishdagi xabarlar, shuningdek xar xil xizmatlar uchun aloxida tarmoqlar mavjudligi. 1 – bosqich. Uzatish va kommutatsiyalashning raqamli usullariga o‘tish, xizmatlarni va nutq va ma'lumotlarni yagona raqamli shaklda uzatish imkonini beradigan integral raqamli tarmoqqa IDN (Integrated Digital Network) o‘zgartirilishi. 2 – bosqich. IDN tarmoqni ma'lumotlar uzatish va axborot-xisoblash tarmoqlari bilan birlashtirish yo‘li bilan integral xizmat ko‘rsatuvchi raqamli tarmoq ISDN yaratish. 3 – bosqich. Keng polosali integral xizmat ko‘rsatuvchi tarmoq BSN yaratilishi. Ushbu tarmoq keng polosali raqamli kanallar xosil qilish kabilar bilan tavfsiflanadi. Raqamli integral xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlari ikki turga bo‘linadi:  tor polosali integral xizmat ko‘rsatuvchi raqamli tarmoqlar (TISDN);  keng polosali integral xizmat ko‘rsatuvchi raqamli tarmoqlar (K-ISDN, Broadband ISDN). T-ISDNga uzatish tezligi 2048 Kbit/s (taxminan 2 Mbit/s) oshmaydigan, K-ISDN ga esa uzatish tezligi 2048 Kbit/sdan yuqori bo‘lgan tarmoqlar kiradi. T-ISDN tarmoqlari nutq va boshqa turdagi ma'lumotlarni yuqori sifat bilan uzatish uchun mo‘ljallangan (nutq, ma'lumotlarni uzatish past tezligi bo‘yicha va oq qora tasvirlarni). K-ISDN yuqori tezligi bo‘yicha ma'lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan (rangli TV signallarni(4-6 Mbit/s), yuqori sifatli TV (16-24 Mbit/s), yarimtonli faksimil signallarni (9-16 Mbit/s), rangli faksimil signallarni (30-60 Mbit/s), mashinali grafika (20-100 Mbit/s), fayllarni uzatish (100 Mbit/s gacha). Millionlab mayda biznes egalari va xususiy abonentlar uchun ko‘p yillar mobaynida yuqori tezlikli ma'lumotlarni uzatish iqtisodiy tomondan qimmatga tushganligi tufayli keng tarqalmadi va optik tolali liniyalari bilan ta'minlash imkoniga ega bo‘lmadi. Shunga qaramasdan bunday abonent guruxlarining raqamli uzatish texnikasiga bo‘lgan talab oshib bordi. Oxirgi vaqtgacha ma'lumotlarni uzatish uchun umumiy qo‘llaniladigan telefon tarmoqlarining liniyalaridan foydalanishga to‘g‘ri keldi. Mavjud bunday muammolarni xal qilishda xDSL (Digital Subseriver Line -raqamli abonent liniyasi) eng asosiy vositalardan biri xisoblanadi. Hozirgi telefon aloqasini ta'minlashga mo‘ljallangan mis abonent liniyalari, ovozli, yuqori tezlikli ma'lumotlarni uzatish, shuningdek boshqa kommutatsion xizmatlarni ta'minlash qobilyatiga ega. Ishni qo‘llab quvvatlovchi bunday tarmoqlar nafaqat zamonaviy mos keluvchi qurilmani, balki, kabelli abonent telefon tarmoqlarining ishini boshqarishga mutlaqo yangi yondashishni talab qiladi. Turli abonentlar orasida faqatgina telefon aloqasini ta'minlashga mo‘ljallangan, bir juftlikdan tashkil topgan tarmoq atsa-sekinlik bilan yuqori tezlikli ma'lumotlarni uzatishga va boshqa keng oraliqli telekommunikatsiya xizmatlarini bajarishga mo‘ljallangan keng oraliqli kanallar tarmog‘iga aylanmoqda. Analog telefon liniyalari uchun qayta ishlangan texnologiya (telefon liniyalari orqali ishlashga mo‘ljallangan modemlar) ma'lumotlarni uzatishda 56 kbit/s gacha chegaralangan tezlikka ega. Maxsus qayta ishlangan simlar juftligiga mo‘ljallangan kabelli abonent tarmoqlarida yangi texnologiyalarni qo‘llash yuqori tezlikli ma'lumotlarni uzatishda iqtisodiy samaradorlikni beradi. Bunda bir vaqtning o‘zida abonent liniyasini va odatdagi telefon aloqasini qo‘llash imkoniyati saqlanadi. Rivojlanishning bunday yangi pog‘onasi xDSL texnologiyalarini qo‘llash xisobiga amalga oshadi deb aytish mumkin. Chunki, oxirgi mijozlar uchun xDSL texnologiyasi, yuqori tezlikli tarmoqlar orasida Internet tarmoqlari bilan mutsaxkam ulanishni ta'minlaydi. Bu mis simli abonent telefon liniyalari bo‘yicha yuqori tezlikli ma'lumotlarni uzatishda abonent liniyalarining yakunida va yuqori tezlikli ma'lumotlarni uzatuvchi magitsral tarmoqning yakunida xDSL qurilmalarini joylashtirish imkonini beradi. Agar abonent liniyalarida xDSL texnologiyalarini qo‘llash yordamida yuqori tezlikli ma'lumotlarni uzatish tashkillashtirilgan bo‘lsa, unda uzatiladigan ma'lumotlar, odatdagi analog telefon aloqasi uchun qo‘llaniladigan chasotalariga nisbatan anchagina yuqori bo‘lgan oraliqda, raqamli signallar ko‘rinishida uzatiladi. Abonent telefon liniyalarida bunday texnologiyalarni qo‘llash, abonentlarning kabelli tarmoqlarini, yuqori tezlikli ma'lumotlarni uzatishga mo‘ljallangan tarmoqning bir bo‘lagini yaratadi. xDSL texnologiyasi yuqori tezlikli ma'lumotlarni uzatishni ta'minlashdan tashqari, telefon aloqasining ko‘p kanalli xizmatini tashkil qiluvchi samarali vosita hisoblanadi. Bundan tashqari xDSL texnologiya bazasi asosida qurilgan keng oraliqli tarmoqlar, faqatgina ko‘p kanalli ovozli aloqani yoki yuqori tezlikli ma'lumotlarni uzatishni tashkil qilish bilan chegaralangan. Ular zudlik bilan o‘zining ishi uchun keng oraliqni talab qiluvchi, boshqa xizmatlarni yaratish uchun bazaviy tarmoq sifatida xam qo‘llaniladi. Internet tarmoqlariga ulanishni ta'minlash, zamonaviy raqamli tarmoqlarning asosiy funktsiyalaridan biri xisoblanadi. Qo‘llaniladigan oraliq chatsotalarning kengligi, yuqori tezlikli ma'lumotlarni uzatuvchi texnologiyalarga bog‘liq. Videokonferensiyalarni tashkil qilish simmetrik ma'lumotlarni uzatishni talab qiladi. Videokonferensiya’ni tashkil qilishda ovozli va videosignallarni uzatish lozim, bunday xizmat, boshqa xizmatlarga nisbatan anchagina keng chatsota oralig‘ini talab qiladi. Yuqoridagilarni nazarda tutsak, xDSL texnologiyasi oldin mavjud bo‘lmagan yangi xizmatlarni qo‘llash imkoniga egaligi bilan ajralib turishini xulosa sifatida kirtitish mumkin. Bunday yangi texnologiyalarni qo‘llash tufayli atsa – sekinlik bilan analog abonent tarmoqlari, raqamli abonent tarmoqlariga o‘tadi. Rivojlanishni bunday yangi bosqichiga o‘tish nafaqat yangi avlod qurilmalarini yaratishni talab qiladi, balki mos keluvchi uskunalarni qo‘llash, xizmat xodimlarini yangi ish usulini o‘rganish va abonent tarmoqlari liniyasini boshqarishda umuman yangicha yondoshishni talab qiladi. xDSL texnologiyasi keng polosali tarmoqlarni qurishdagi qurishdagi bir yechim bo‘ldi. xDSL texnologiyasi yuqori tezlikli ma'lumotlarni uzatishni ta’minlashdan tashqari, telefon aloqasining ko‘p kanalli xizmatini tashkil qiluvchi samarali vosita hamdir. Ya’ni, tarmoqning tezligiga va xizmat ko‘rsatish masofsi uzunligiga talablarning yanada ortib ketishi bu texnologiya’ning qo‘llanilish imkoniyatlarini cheklaydi. Buning bir necha sabablari mavjud:  xDSL texnologiyasi mavjud mis o‘tkazgichli kabellardan foqdalanishga asoslangan va aynan shuning uchun ham signallarni uzoq masofaga uzatishda so‘nishlarning qiymati ortib ketadi.  Mavjud mis o‘tkazgichli aslida past chastotali telefoniya signalini uzatishga mo‘ljallangan. Bunday o‘tkazgichlardan yuqori chastotali signallarni uzatishda ular atrofidagi elektromagnit maydonning kuchayib ketishiga olib keladi. Bu esa bir kabel tarkibidagi o‘tkazgichlar juftliklari o‘rtasidagi o‘zaro halaqitlarni orti ketishiga olib keladi. Bu effect bir kabel tarkigidagi ATS ga ulangan abonentlarning xDSL texnologiyasi orqali yuqori tezlikli xizmatlarga ulanish sonini cheklaydi.  Masofa va tezlik ortgan sari dispersiya’ning qiymati orib ketadi. Ya’ni, xDSL texnologiyasi bo‘yicha ma’lumotlar uzatish tezligini ortirilsa, albatta, xizmat ko‘rsatish masofasini qisqartirilishi lozim. Bu dispertsiya’ni qiymati nominal holatda qolishi uchun amalga oshiriladi. Yuqorida sanab o‘tilgan muammolarni hisobga olgan holda keng polosali kirish tarmoqlarini qurishni yangi simsiz yoki optik texnologiyalari taklif qilinmoqda. Bunday texnologiyalar yordamida xizmat ko‘rsatish masofasini bir necha o‘nlab km larga tashkil qilish va ma’lumot uzatish tezligini bir necha o‘nlab Mbit/s gacha oshirish imkoniyati mavjud.

Yüklə 452,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin