6. Axborot tizimlari va resurslaridan ruxsatsiz foydalanishlarni aniqlash uslubiyati. Ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimi (IDS) yordamida tizim yoki tarmoq xavfsizlik siyosatini buzib kirishga harakat qilingan usul yoki vositalar aniqlanadi. Ruxsatsiz kirishlarni aniqlash tizimlari deyarli chorak asrlik tarixga ega. Ruxsatsiz kirishlarni aniqlash tizimlarining ilk modellari va prototiplari kompyuter tizimlarining audit ma’lumotlarini tahlillashdan foydalangan. Bu tizim ikkita asosiy sinfga ajratiladi. Tarmoqqa ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimi (Network Intrusion Detection System) va kompyuterga ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimiga (Host Intrusion Detection System) bo‘linadi.
7. Simsiz aloqa tizimlarida axborot resurslarini himoyalash Simsiz tarmoqlar odamlarga simli ulanishsiz o’zaro bog’lanishlariga imkon beradi. Bu siljish erkinligini va uy, shahar qismlaridagi yoki dunyoning olis burchaklaridagi ilovalardan foydalanish imkonini ta’minlaydi. Simsiz tarmoqlar odamlarga o’zlariga qulay va xoxlagan joylarida elektron pochtani olishlariga yoki Web-sahifalarni ko’zdan kechirishlariga imkon beradi.
Simsiz tarmoqlarning turli xillari mavjud, ammo ularning eng muhim xususiyati bog’lanishning kompyuter qurilmalari orasida amalga oshirilishidir. Kompyuter qurilmalariga shaxsiy raqamli yordamchilar (Personal digital assistance, PDA), noutbuklar, shaxsiy kompyuterlar, serverlar va printerlar taalluqli. Odatda uyali telefonlarni kompyuter qurilmalari qatoriga kiritishmaydi, ammo eng yangi telefonlar va hatto naushniklar ma’lum hisoblash imkoniyatlariga va tarmoq adapterlariga ega. Yaqin orada elektron qurilmalarning aksariyati simsiz tarmoqlarga ulanish imkoniyatini ta’minlaydi.
Bog’lanish ta’minlanadigan fizik xudud o’lchamlariga bog’liq holda simsiz tarmoqlarning quyidagi kategoriyalari farqlanadi:
- simsiz shaxsiy tarmoq (Wireless personal-area network, PAN);
- simsiz lokal tarmoq (Wireless local-area network, LAN);
- simsiz regional tarmoq (Wireless metropolitan-area network, MAN):
- simsiz global tarmoq (Wireless Wide-area network, WAN).
Simsiz shaxsiy tarmoqlari uzatishning katta bo’lmagan masofasi bilan (17 metrgacha) ajralib turadi va katta bo’lmagan binoda ishlatiladi. Bunday tarmoqlarning xarakteristikalari o’rtacha bo’lib, uzatish tezligi odatda 2Mb/s dan oshmaydi.
Bunday tarmoq, masalan, foydalanuvchi PDA sida va uning shaxsiy kompyuterida yoki noutbukida ma’lumotlarni simsiz sinxronlashni ta’minlashi mumkin. Xuddi shu tariqa printer bilan simsiz ulanish ta’minlanadi. Kompyuterni tashqi qurilmalar bilan ulovchi simlar chigalliklarining yo’qolishi yetarlicha jiddiy afzallik bo’lib, buning evaziga tashqi qurilmalarning boshlang’ich o’rnatilishi va keyingi, zaruriyat tug’ilganda, joyining o’zgartirilishi anchagina osonlashadi.