Iqtisodiy xavfsizlik. Milliy iqtisodda axborotlarni yaratish, tarqatish, qayta ishlash va foydalanish jarayoni hamda vositalarini qamrab olgan Yangi tarmoq vujudga keldi. «Milliy axborot resursi» tushunchasi Yangi iqtisodiy kategoriya bo’lib xizmat qilmoqda. Davlatning axborot resurslariga keltirilayotgan zarar axborot xavfsizligiga xam ta’sir ko’rsatmoqda. Mamlakatimizda axborotlashgan jamiyatni shakllantirish va uning asosida jahon yagona axborot maydoniga kirib borish natijasida milliy iqtisodimizga turli xildagi zararlar keltirish xavfi paydo bo’lmoqda.
Mudofaa xavfsizligi. Mudofaa sohasida xavfsizlikning asosiy ob’ektlaridan bo’lib, mamlakatning mudofaa potentsialining axborot tarkibi va axborot resurslari hisoblanmoqda. Xozirgi kunda barcha zamonaviy qurollar va harbiy texnikalar juda ham kompyuterlashtirilib yuborildi. SHuning uchun xam ularga axborot qurollarini qo’llash ehtimoli katta.
Ijtimoiy xavfsizlik.Zamonaviy axborot – kommunikatsiyalar texnologiyalarining milliy iqtisod barcha tarmoqlarida keng qo’llanishi inson psixologiyasi va jamoa ongiga «yashirin» ta’sir ko’rsatish vositalarining samaradorligini yuksaltirib yubordi.
Ekologik xavfsizlik. Ekologik xavfsizlik – global masshtabdagi muammodir. «Ekologik toza», energiya va resurs tejaydigan, chiqindisiz texnologiyalarga o’tish faqat milliy iqtisodni axborotlashtirish hisobiga qayta qurish asosidagina yo’lga qo’yish mumkin.