Himoyalangan virtual xususiy tarmoqlarning turkumlanishi
Himoyalangan virtual xususiy tarmoqlar VPNni turkumlashni turli variantlari mavjud. Ko‘pincha turkumlashning quyidagi uchta ko’rinishi ishlatiladi: - OSI modelining ish sathi; - VPN texnik echimining arxitekturasi; - VPNni texnik amalga oshirish usuli.
Xulosa
Ma’lumotlarni kriptografik himoyalashning juda ko‘p usullari va algoritmlari mavjud bo‘lganligi sababli, tunnel initsiatori va terminatori himoyaning bir xil usullaridan foydalanishga o‘z vaqtida kelishib olishlari maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ma’lumotlarni rasshifrovka qilish va raqamli imzoni tekshirish imkoniyatini ta’minlash uchun tunnel initsiatori va terminatori kalitlarni xavfsiz almashish vazifasini ham madadlashlari zarur. Undan tashqari, VPN tunnelarini vakolatli foydalanuvchilar tomonidan yaratilishini kafolatlash maqsadida axborot aloqasining asosiy taraflari autentifikatsiyalashdan o‘tishlari lozim. Korporatsiyaning mavjud tarmoq infratuzilmalari VPN foydalanishga ham dasturiy, ham apparat ta’minot yordamida tayyorlanishlari mumkin.