Tarmoq xavfsizligi Uslubiy ko\'rsatma 2022-2023 (2)
5-Laboratoriya ishi. Mavzu: Agregatsiyalash protokollari-lacp, pagpni sozlash. Ishdan maqsad: LACP, PAgP protokollari sozlash va ishlash tamoyillari bo`yicha amaliy ko`nikmaga ega bo`lish.
Nazariy ma’lumot Agregatsiya kanal (ing. link aggregation) – bir nechta fizik kanalni bitta mantiqiy kanalga birlashtirish imkonini beradigan texnologiya. Agregatsiya kanal fizik kanal bo`ylab mantiqiy kanalda trafiklarni taqsimlash va bitta yoki bir nechta jismoniy kanallarni bitta mantiqiy kanalda ichki rad etilish holati sodir bo`lganda zahiralash imkonini beradi. Bunday texnologiya kanal o`tkazish qobiliyatini va ishonchligini oshirish imkonini beradi. Tarmoq topologiyasi 5.1-rasmda keltirilgan
Kanallardan biri qatordan chiqqanda zahirani ta’minlaydi.
Agregatsiya kanallar ikkita kommutator, kommutator va marshrutizator, kommutator va xostlar o`rtasida yaratilishi mumkin.
Cisco da kanallarni agregatsiyalash uchun quyidagi uchta variantdan biridan foydalanish mumkin:
LACP (Link Aggregation Control Protocol) standart protokol;
EtherChannel mantiqiy kanal fizik kanal bo`ylab kadrlarni taqsimlaydi, raqamli belgiga ega kadrda manzil to`g`risida axborotlarga tegishli ikkilik shablonda ifodalaydi, dastlabki bosqichida mantiqiy kanalda fizik kanallardan biri tanlaniladi. EtherChannel kanallarni taqsimlash Cisco xeshlash algoritmiga asoslanadi.
Cisco qurilmasida kanalni agregatsiyalashni sozlashda bir nechta terminlardan foydalaniladi:
EtherChannel — kanallarni agregatsiyalash texnologiyasi. Termin kanallarni agregatsiyalash uchun Cisco da foydalaniladi. EtherChannel dan ekranlanmagan juft o`ramli kabellar (UTP) yoki bir va ko`p moddali optik tolali kabellar orqali lokal tarmoqda kommutatorlarni, marshrutizatorlar, serverlar, mijozlar bir-biri bilan bog`lashda foydalaniladi.
port-channel — mantiqiy interfeys, ya’ni fizik interfeyslarni birlashtiradi.
channel-group — bu buyruq qaysi mantiqiy interfeys fizik interfeysda joylashganligini va qaysi agregatsiyalash rejimidan foydalanishi ko`rsatadi.
Bu terminlar kanallarni agregatsiyalashda foydalaniladi.
Sxemada channel-group buyrug`idan keyingi son Port-channel mantiqiy interfeys raqamini bildiradi. Ikki tarafi agregatsiyalangan kanalli mantiqiy interfeys raqami bir-biriga mos kelishi kerak. Raqam bitta kommutatorda turli port guruxlarini farqlashda foydalaniladi.