«Tarmoq xavfsizligi»



Yüklə 12,81 Mb.
səhifə31/73
tarix21.10.2023
ölçüsü12,81 Mb.
#159015
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   73
Tarmoq xavfsizligi Uslubiy ko\'rsatma 2022-2023 (2)

Nazariy ma’lumotlar
Tarmoqni himoyalash protokollari SCP va SNMP
Oldingi ishlarda aytib ketilganidek, Telnet dan foydalanish xavfsiz emas. Chunki, bunda barcha ma’lumotlar ochiq ko’rinishda uzatiladi va buzg’unchi ularni osonlik bilan egallab olishi mumkin. Telnet ga alternativ sifatida SHH protokoli taklif qilingan bo’lib, unda barcha ma’lumotlar shifrlanadi. HTTP va HTTPS protokollarida ham shunga o’xshash holat.
Biroq, tarmoq qurilmalari bilan ishlashda yuqorida keltirilgan protokollarga kamdan-kam murojat qilinadi. Quyida biz ularning ko’proq himoyalangan versiyalari hisoblangan yana bir nechta mashhur protokollarni ko’rib chiqamiz.
SCP (Secure, Contain, Protect yoki Special Containment Procedures)
SCP – fayllarni nusxalash protokoli, u transport sifatida SHH ni ishlatadi (ya’ni, barcha uzatiluvchi fayllar shifrlanadi). Ushbu protocol ishlashi uchun SCP-server za’rur. SSH-server xizmati yoqilgan istalgan Linux distributivi SCP-server hisoblanadi. Windows uchun SCP-server sifatida maxsus dasturiy ta’minotlar mavjud, masalan Solarwinds SFTP/SCP server (bepul versiyalari mavjud). Zahira nusxalash jaroyonining o’zi quyidagicha amalga oshiriladi:
Router#copy running-config scp://user:password@192.168.1.100/Cisco-Conf/Router1.config
Ushbu buyruq bilan biz 192.168.1.100 ip-adresli SCP-serverning Cisco-Conf deb nomlangan papkasiga joriy konfiguratsiyani nusxalaymiz, fayl esa Router1.config degan nom oladi. SCP-serverga ulanish uchun serverda oldindan yaratilgan login va parol ishlatiladi. Bunda barcha uzatiluvchi axborot shifrlanadi.
SNMP
SNMP – Simple Network Management Protocol. Agar so’zma-so’z tarjima qilsak, “oddiy tarmoqni boshqarish protokoli” jumlasi kelib chiqadi. Bunday nomlanishiga qaramasdan, ushbu protokol aynan boshqarish uchun juda kamdan-kam ishlatiladi. SNMP ko’pincha monitoring (protsessor temperaturasi, kanal yuklanishi, bo’sh operativ xotira va boshqalar) uchun ishlatiladi.
Protokolning uch versiyasi mavjud: SNMPv1, SNMPv2c va SNMPv3. Batafsil tahlil qilmasdan shu xulosani keltirish mumkinki, SNMPv3 paydo bo’lgangacha SNMP ning asosiy muammosi aynan xavfsizlik bo’lgan. Protokolning dastlabki ikkita versiyasi juda kuchsiz autentifikatsiya mexanizmiga ega, mohiyatan u ochiq ko’rinishda uzatiladigan faqatgina bitta parol (birikmalar qatori) dan tashkil topgan. Bu juda jiddiy zaiflik, buzg’unchi ushbu parolni qo’lga kiritish imkoniyatiga ega bo’ladi, undan keyin u SNMP ishga tushirilgan qurilmadan barcha zaruriy axborotlarni olishi mumkin. Agar siz SNMP ni boshqarish uchu ishlatsangiz, unda xavfsizlik bilan bog’liq vaziyat yana ham ko’proq diqqat talab qiladi.
Ushbu xavfsizlik muammosini yechish uchun SNMPv3 protooli yaratilgan, u uchta variantda ishlatilishi mumkin:
1. noAuthNoPriv – parollar ochiq ko’rinishda uzatiladi, ma’lumotlar konfidensialligi mavjud emas;
2. authNoPriv – konfidensialliksiz autentifikatsiya;
3. authPriv – autentifikatsiya va shifrlash.
Ma’lum bo’lganidek, aynan uchinchi variant eng yaxshi hisoblanadi, u himoyalanganlikni maksimal darajada ta’minlaydi.
Shuni qo’shimcha qilish mumkin, SNMP protokoli istalgan korporativ tarmoqning ahamiyatli qismi hisoblanadi. U barcha IT-infratuzilmani monitoring qilish uchun keng qo’llaniladi. Hatto ushbu maqsad uchun maxsus dasturiy ta’minot (masalan Zabbix) mavjud, u butun tarmoq to’g’risida axborotlarning katta miqdorini yig’adi. Ushbu axborotlar agar buzg’unchining “qo’liga” tushsa taqdid tug’dirishi mumkin. Aynan shuning uchun SNMP ning himoyalangan variant sizning tarmog’ingiz xavfsizligi uchun ahamiyatli qadam hisoblanadi.

Yüklə 12,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin