Tartib raqam Sinf



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə2/88
tarix10.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#78879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
Tartib raqam Sinf

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

  4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

  1. Savol – javob o‘tkazish

  2. Topshiriqlarni tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

Hunarmandchilik, hunarmandlik — milliy-an’anaviy mayda tovar ishlab chiqarish, oddiy mehnat qurollari yordamida yakka tartibda va qo‘l mehnatiga asoslangan sanoat turi, shunday mahsulotlar tayyorlanadigan kasblarning umumiy nomi. Yirik ishlab chiqarish sanoati vujudga kelishiga qadar keng tarqalgan, ayrim sohalari keyin ham saklangandir. Hunarmandchilik kam rivojlangan mamlakatlarning xalq xo‘jaligida hozir ham muhim o ’rin egallaydi. Hunarmandchilik insonning ishlab chiqarish faoliyati bilan vujudga kelib, jamiyat rivojlanishi davomida asta-sekin dehqonchilik va chorvachilikdan ajralib chiqdi, turli ijtimoiy tarixiy davrlar doirasida texnika rivoji bilan aloqador holda takomillasha bordi, turli ixtisosliklar (kulollik, duradgorlik, temirchilik, misgarlik, binokorlik, toshtaroshlik, oymakorlik, kashtado‘zlik, ko‘nchilik, tikuvchilik, to‘quvchilik, zargarlik, zardo‘zlik, boyoqchilik, kemasozlik, tunukasozlik va boshqalar)ga ajraldi. Hunarmandchilik qanday tabiiy resurslarning mavjudligiga qarab, masalan, paxta va pilla bor yerda to‘qimachilik, sifatli xom ashyo bor yerda (masalan, Rishtonda) kulolchilik, jun va teri ko‘p yerda to‘qimachilik va ko‘nchilik, shunga
qarab kosibchilik, o‘rmonlar ko‘p yerda yog‘ochsozlik, ma’danlarga boy yerlarda metall ishlab chiqarish va temirchilik, dengiz va daryo boylarida kemasozlik va boshqalar rivoj topgan. Jamiyat taraqqiyoti bosqichlari mehnat taqsimoti bilan aloqador holda hunarmandchilikning uch turi shakllangan:
1) uy hunarmandchiligi;
2) buyurtma bilan mahsulot tayyorlaydigan hunarmandchilik;
3) bozor uchun mahsulot tayyorlaydigan hunarmandchilik.
Uy hunarmandchiligi ishlab chiqarishlar tashkil etilgunga qadar bo‘lgan davrlarda hunarmandchilikning eng ko‘p tarqalgan turi bo‘ldi. Hunarmandchilikning bu turi natural xo‘jalikning ajralmas qismi hisoblanadi. Shaharlar rivoji buyurtma bilan hunarmandchilik mahsulotlari tayyorlash va bozorga hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarishning jadal o‘sishi bilan uzviy bog‘liq. Natijada hunarmandchilik mahsulotlari tovarga aylandi, tovar ayirboshlash uchun ishlab chiqarildi. Davr taqozosi bilan hunarmandchilikning yangi-yangi turlari vujudga keldi. Hunarmandlar ham turli mahsulotlar tayyorlash boyicha ixtisoslasha bordilar. Shaharlardagi mahallalar hunarmandlarning kasbkoriga qarab shakllangan (masalan, XX asrning boshlarida Toshkentda ko‘nchilar, kulollar, egarchilar, beshikchilar, o‘qchilar, kosiblar mahallalari bo‘lgan). XX asrning boshlarida mashinalashgan ishlab chiqarish keng yo‘lga qoyilishi bilan hunarmandchilik mahsulotlarining tur tarkibi va ishlab chiqarish hajmi keskin kamaydi. XX asr oxiri va XXI asr boshlariga kelib yirik industrial ishlab chiqarish qaror topgan bo‘lsa-da, hunarmandchilikning mavqei saqlanib qoldi. Mini texnologiyaning paydo bo‘lishi hunarmandchilikda tovarlarni yakka tartibda va sifatli ishlab chiqarish imkonini berdi. Bunga milliy ustboshlar, milliy cholg‘u asboblari, mayda asbob-uskunalar, turli yodgorlik buyumlari ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni kiritish mumkin. Hozirgi hunarmandchilik kichik biznes tarkibidagi yakka mehnat faoliyati va oilaviy korxonalardan iborat. Rivojlangan mamlakatlarda yakka buyurtmalar va qimmatbaho badiiy buyumlar tayyorlaydigan hunarmandchilik sohalarigina (tikuvchilik, etikdo‘zlik, gilamchilik, zargarlik, oymakorlik va boshqalar) saqlanib qoldi.
O‘zbekiston hududida neolit davridayoq hunarmandchilikning dastlabki muhim tarmog‘i hisoblangan sopol buyumlar ishlab chiqarish va to‘qimachilik vujudga keldi (Xorazm vohasidagi Kaltaminor madaniyati, Surxondaryodagi Sopollitepa va boshqalar). Miloddan avvalgi II asrdan boshlab hunarmandchilik mahsulotlari savdosida Buyuk ipak yo‘li muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘rta asrlarda Sharq mamlakatlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar (Arab xalifaligida po‘lat, O‘rta Osiyo va Hindistonda shoyi, chinni, qog‘oz) Yevropa bozorlarida qadrlandi. Hindistonda paxtadan nafis mato, Xitoyda ipak mato to‘qiydigan dastgohlar vujudga keldi, Xitoy va O‘rta Osiyoda shisha tayyorlash texnologiyasi takomillasha bordi. IX-X asrlarda O‘rta Osiyoda yirik hunarmandchilik markazlari paydo bo‘ldi. Ip mato, gilam (Urganch, Shosh), shoyi (Marv), mis va temirdan yarog‘-aslaha, pichoq tayyorlash (Farg‘ona), shoyi matolar, shisha mahsulotlari tayyorlash (Buxoro) avj oldi. XIII asrda mo‘g‘ullar bosqini hunarmandchilik rivojiga zarba berdi. Temuriylar davlatining vujudga kelishi hunarmandchilik rivojiga juda katta ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
O‘rta Osiyoda hunarmandchilikning barcha turlari XX asrning 20-yillarigacha saqlandi. Buxoro, Samarqand, Qo‘qon, Xiva, Toshkent kabi shaharlarning ishlab chiqarish munosa- batlarida hunarmandlik katta rol oynadi (masalan, XIX asrning 60-yillarida Xivada hunarmandchilikning 27 turi rivoj topgan, shahardagi bozorlarda hunarmandlarning 556 do‘koni bo‘lgan, 80-yillarda shaharda 2528 xo‘jalik hunarmandchilik bilan shug‘ullangan). O‘zbekistondagi hunarmandchilik chuqur ixtisoslashgan bo‘lib, o‘zida xilma-xil kasbkorlarni birlashtirgan. Masalan, terini qayta ishlash sohasida ko‘nchilar, etikdo‘zlar, maxsido‘zlar, kovushchilar, egar-jabduqchilar, telpakchilar, po‘stinchilar, kamarchilar; to‘qimachilik sohasida bo‘zchilar, atlaschilar, gilamchilar, sholcha va namatchilar; metallni ishlash sohasida temirchilar, taqachilar, misgarlar, chilangarlar, zargarlar kabi kasblar bo‘lgan. Bular hunarmandchilikning tarmoq strukturasini belgilangan. Sharqdagi musulmon ustaxonalarida bo‘lgani kabi O‘zbekistonda chevarlik, kashtachilik bilan ayollar uyda o‘tirib shug‘ullanishgan. Hunarmandchilikning ijtimoiy strukturasida usta, xalfa va shogird kabi ijtimoiy toifalar mavjud bo‘lgan. Hunarmandchilikning ichki tartib va qoidalarini uning nizomi sifatidagi "Risolalar" belgilab bergan. Har bir kasbning o‘z rahnamosi, ya’ni piri va "Risolasi" bo‘lgan, avloddan-avlodga o‘tuvchi odatlari va udumlariga rioya etilgan. Masalan, ish boshlashdan oldin usta o‘z pirini yodga olib undan madad so‘rash, shogirdiga fotiha berish kabi odatlarga amal qilingan. XX asrning 20 yillarida hunarmandlarning asosiy qismi dastlab artellarga, keyinchalik, zavod, fabrikalarga, badiiy buyumlar korxonalariga jalb qilindi. Ularga xom ashyo, material, asbob-uskunalar davlat tomonidan yetkazib beriladigan, yaratilgan mahsulotlar do‘konlardasotiladigan bo‘ldi. Iste’dodli hunarmandlar ijodiy tashkilotlarga qabul qilindi, amaliy bezak san’ati rivojlantirildi (masalan, 1930 yilda Toshkentda o‘quv-ishlab chiqarish kombinati tashkil etilib, yosh hunarmandlar unda ta’lim oldilar, 1968 yilda Buxoroda kandakorlar maktab ustaxonasi, 1978 yilda Qo‘qonda yog‘och oymakorligi maktab ustaxonasi tashkil topdi). O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng hunarmandchilik rivojida yangi davr boshlandi, xalq hunarmandchiligi bozor qoidalari zamirida qaytadan tiklandi. O‘zbekistonda mahalliy sanoat korxonalarining birinchilar qatori xususiylashtirilishi natijasida mayda davlat korxonalari hunarmandlarning xususiy korxonalariga aylantirildi, yangi hunarmandchilik korxonalari ochildi. Hunarmandlar faqat ichki bozorga emas, balki eksportga ham ishlay boshladi. Hunarmandchilikning tashkiliy shakli ham o‘zgardi: kichik oilaviy korxona, yakka tartibdagi mehnat faoliyati shaklida rivojlana bordi. 1995 yil 24—25 oktabrda Toshkentda BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi bilan amaliy hamkorlikda O‘zbekiston xalq
ustalari va hunarmandlari 1-Respublika yarmarkasi o‘tkazildi. 1997 yilda respublika xalq amaliy san’ati va hunarmandlari ustalarining "Usto" ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi tashkil topdi. Respublika Prezidentining 1997 yil 31 martidagi "Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini yanada rivojlantirishni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni va boshqa tadbirlar O‘zbekistonda hunarmandchilikning tiklanishi va yanada rivojlanishida, uning unutilgan ba’zi turlarini qayta tiklashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Hunarmandlar dastlab O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar palatasiga, so‘ngra Savdo-sanoat palatasiga kirdilar. Ular maxsus tashkilot — "Hunarmand" Respublika uyushmasiga birlashtirildi. Hunarmand subyektlari O‘zbekistonda tadbirkorlar, hunarmandlar va fermer xo‘jaliklarining har yili o ’tkaziladigan "Tashabbus" respublika ko‘rik-tanlovida ishtirok etadilar.


  1. Yüklə 0,6 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin