Тасдиқлайман тдси стоматология факультети


Шакллантирилган кариес кавак қандай талабларга жавоб бериши лозим?



Yüklə 1,75 Mb.
səhifə5/60
tarix01.01.2022
ölçüsü1,75 Mb.
#50663
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
2 5197475791885044195

Шакллантирилган кариес кавак қандай талабларга жавоб бериши лозим?

Javob: Kovak deyori va tubi orasidagi burchaklar yaqqol ko’rinishi kerak, chunki ular plomba ashyosini fiksatsiyasida asosiy element bo’lib hisoblanadi. Shakllantirish bosqichini fissur va teskari konussimon borlar yordamida suv-havoli sovutish bilan hosil qilinadi. Shakllantirgan karies kovagimiz - retension shaklda va rezistent shaklda bo’lishi lozim.

Kovakni rezistent shakli - bu charxlagandan keyin qolgan tish to’qimasi va plomba ashyosi chaynov bosimiga turg’unligini ta’minlashi tushuniladi. Kovakni rezistent shaklini ta’minlash uchun bir nechta omillar hosil qilinishi lozim:

Kovak faqat emalda emas, dentin qavatida ham shakllantirilishi lozim. Kovak tubi silliq va yassi bo’lib, chaynov bosimini tish o’qi bo’ylab tarqalishi uchun okklyuzion yuzaga parallel bo’lishi lozim. Tubining qiya bo’lishi, ba’zi devorlar uchun bosimni ortishiga olib keladi. Kovakning yon devorlari mustahkam bo’lishi lozim. Ingichka devorlarni qoldirish mumkin emas.

Tishni anatomik shaklini e’tibordan chetlatish mumkin emas, ayniqsa, medial va distal devorlarni shakllantirishda tish bo’yni sohasining tuzilishini inobatga olish lozim. Bu devorlar okklyuzion yuzaga nisbatan to’g’ri yoki o’tkir burchak ostida joylashganda, tish bo’yni sohasida kontakt devorlarini keskin ingichkalanishiga va perforatsiyasiga olib kelish mumkin.

Kovakni retention shaklni hosil qilishdan maqsad, restavratsiyani chaynov bosimi natijasida siljishi va qulashini oldini olishdan iborat. Plomba ashyosi tish strukturasini bloklashi va ular bilan moslashishi lozim.



  1. Yüklə 1,75 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin