Тасдиқлайман тдси стоматология факультети


V синф кариес кавакларни чархлаш ва пломбалаш



Yüklə 1,75 Mb.
səhifə59/60
tarix01.01.2022
ölçüsü1,75 Mb.
#50663
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
2 5197475791885044195

V синф кариес кавакларни чархлаш ва пломбалаш.

Javob: Blek tasnifi bo’yicha V sinfga barcha tishlarning bo’yin sohasidagi karioz kovak kiradi. Bbu karioz kovak tishlarning vestibulyar yoki oral yuzasida tishning bo’yinga yaqin 1/3 qismida joylashadi.

Bu sinfning o’ziga xosligi uning paydo bo’lishida kariyesdan boshqa kasalliklar ham sabab bo’ladi: eroziya, ponasimon defektlar, abfraksiya, gipoplaziya, surunkali travma, ildiz kariyesi va b.

Texnologik nuqtai nazardan bu sinfdagi karioz kovak stomatologga ayrim muammolarni keltirib chiqaradi. Bu 1-navbatda kovakning milk chegarasiga yaqinligi, ba’zida milk ostida bo’lishi bilan bog’liq.

Bu sinfda bo’shliqni ochish talab etilmaydi. Buning sababi defektning silliq, do’mboq yuzasida joylashganligidir. Shuning uchun karioz o’choq ko’pincha kratersimon tuzilishda bo’ladi. Faqat nisbatan yosh bemorlardagi aktiv va o’tkir holdagi o’choqlar farq qilishi mumkin. Bunday holatda karioz bo’shliq atrofi deminerallashgan emal bilan o’ralgan bo’ladi. Agar davolashning operativ metodi tanlansa, bu qism charxlab tozalanadi.

Surunkali kariyesda, og’iz bo’shlig’i gigiyenasiga rioya qilinganda kengaytirish olib borilmaydi. Kariyesning og’ir kechishida, bir nechta tishlarda V sinf bo’shliq kuzatilganda, kariyesrezistentlikka ta’sir ko’rsatuvchi umumsomatik patologiya bo’lganda, og’iz bo’shlig’i gigiyenasi qoniqarli bo’lmaganda kengaytirish olib boriladi.

Profilaktik kengaytirish medio-distal yo’nalishda koronka burilamalarigacha olib boriladi. Milkoldi devorini milk sathigacha yoki 0,1-0,3 mm milk osti bilan kengaytiriladi.

Nekroektomiyada zararlangan barcha to’qimalar, frontal tishlarda pigmentlangan to’qimalar ham olib tashlanadi. Pulpa yaqin bo’lgani uchun odatda qo’l asboblari bilan amalga oshiriladi.

Nokarioz defektlarda (eroziya, ponasimon defekt va b.) deminerallashgan to’qima yo’q bo’lishiga qaramay, 0,5-1 mm dentin olib tashlanadi, chunki u yetarlicha zararlangan hisoblanadi va adgeziv va restavratsion materiallarni yaxshi ushlab tura olmaydi. Bu operatsiya sharsimon yoki noksimon qotishmali borlar bilan amalga oshiriladi.

Shakllantirilgan kariyes kovak cho‘zinchoq, oval yoki buyrak shaklida bo‘lishi kerak. Yon devorlari tishning toj qismiga qaragan devori tubiga nisbatan to‘g‘ri burchak ostida bo‘lishi kerak. Teskari konusli bor ishlatiladi. Milk tomonidagi devori o‘tkir burchak ostida bo‘lishi kerak. Tubi esa qabariq bo‘lishi lozim va bo‘yin soha egriligini takrorlashi lozim. Kariyes kovakning tubi va devoriga fissur va teskari konussimon bor bilan ishlov beriladi. Plomba ashyosini kariyes kovakda mustahkamlab turish g‘ ildiraksimon bor bilan shakllangan kovak devorida qo‘shimcha fissuralar va kesiklar hosil qilinadi. V sinf kovaklami charxlashda juda ehtiyotkor bo‘lish kerak, chunki pulpa yaqin joylashadi va uni bexosdan ochib qo‘yishi mumkin.



  1. Yüklə 1,75 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin