IV синф кариес кавакларни чархлаш ва пломбалаш.
Javob: IV sinf karioz kovak restavratsiyasida:
- tish tojining 1/3 qismidan kamrog’i zararlanganda – kompozit plomba bilan;
- tish tojining ½ qismidan kami kariyesga uchraganda – vinirlash;
- tish tojining ½ qismidan ko’pi kariyesga uchraganda – yangi keramik yoki metallo-keramik koronka qo’yish.
Bo’shliqni ochish – odatda vestibulyar yuzadan amalga oshiriladi. Buning ahamiyati keying estetik qayta tiklashda va mikromexanik retension nuqtalarni hosil qilishda qulayligi.
Vestibulyar yuzadan kirish – keng tarqalgan, bunda faqat zararlangan emal emas, balki keying estetik restavratsiyaga halaqit beradigan emal ham olib tashlanadi. Ost qismida dentin saqlamagan emal olib tashlanadi. Agar eski plomba bo’lsa, u butunlay olib tashlanadi. Bo’shliqni ochish kichik olmosli sharsimon yoki noksimonbor bilan amalga oshiriladi.
To’g’ridan-to’g’ri kirish – yon tish bo’lmaganda yoki karioz kovak bo’lganda, diastema, tremalar mavjud bo’lganda amalga oshiriladi. Bunda faqat zararlangan emal olib tashlanadi.
Til yuzasidan kirish – vestibulyar yuzada emalni saqlab qolish imkoni bo’lganda amalga oshiriladi.
Insizal kirish (kesuv yuzasidan) – kesuv yuzasidan karioz bo’shliqqa kirish imkoni bo’lganda. Bunda ingichka fissur bor bilan karioz kovakka kiriladi hamda vestibulyar va til yuzasidan ko’proq miqdorda emal saqlab qolishga harakat qilinadi.
Profilaktik kengaytirish yengil va o’rta kariyeslarda amalga oshirilmaydi. Profilaktik kengaytirish maqsadida faqat kovakning milk chetidan qo’shni tish tomon charxlash tavsiya etiladi.
Nekroektomiya: hamma zararlangan va pigmentlangan dentin va emal olib tashlanadi. Ostida dentin saqlamagan emal ham estetik tiklash uchun olib tashlanadi. Pulpaga yaqin bo’lgan qismlarni qo’l asboblari bilan nekroektomiya qilinadi.
Bu sinfda asosiy maydon bilan birga qo‘shimcha maydon shakllantiriladi. Qo‘shimcha maydon qaldirg‘och dumi, egatcha, uchburchak shakllarda bo‘lib, uning tubi asosiy kovak tubiga nisbatan to‘g‘ri burchak ostida bo‘lishi kerak. Qo‘shimcha maydonning joylashuvi va shakli kesuv qirralarning holatiga, hajmiga bog‘liq. Qo‘shimcha maydon hosil qilishda fissur, teskari konus, nayzasimon borlardan foydalaniladi;
Kariyes kovakni charxlash oral va vestibular tomondan olib boriladi. Bu plomba ashyosiga bog‘liq. Sharsimon, flssur (silindrik), g‘ildiraksimon borlar ishlatiladi. Charxlangan kovakda yumshagan dentin yo‘qligi, qattiq dentin och rangda va silliq bo‘lishi kuzatiladi.
Uncha katta bo‘lmagan kariyes kovak va yemirilgan kesuv qirrali tishlarda kesuv qirrasi bo‘ylab egatcha shakldagi qo‘shimcha maydon shakllantiriladi. Bu holat plombaning mustahkamligini ta’minlaydi.
Burchak va kontakt yuzaning uncha katta bo‘lmagan zararlanishida qo‘shimcha maydon uchburchak, qaldirg‘och dumi, egatcha shaklida bo‘lib, til valigi bilan shakllantiriladi. Tish bo‘shlig‘ining ochilib qolish xavfl bo‘lgani uchun, asosiy maydon tubi qabariq bo‘lishi kerak. Albatta, kariyes kovak chuqurligini va koronka egriligini inobatga olish kerak.
Dostları ilə paylaş: |