7 -8 yoshli bolalar bilan xarakatli oyinlarni otkazish metodikasi
Yiqolmasang bizga bergin navbatni, Juda keldi Barchin erning g’ayrati, Ushlaganda ko`kka otmay ne ho`pti? Yiqolmasang, tura, navbat tilayin! Husayn Voiz Koshifiy ham kurashning ikki turi haqida to`xtaladi: ikki xil turi bor, deb aytgil, birinchisi - qabz, ya`ni qo`l bilan ishlash, ikkinchisi – istiror, ya`ni ixtiyorsiz holda olishish. Agar bularning har biri qaysi yurtlarda qo`llanadi, deb so`rasalar, aytgil, qo`l ushlab kurash tushish (qabz usuli) Xuroson va Iroq aholisiga xos, uni shahrivar ham deb ataydilar. Iztiror usulida kurash tushish (erkin kurash) Gilon, Shirvon va Ozarbayjonning ba`zi joylarida tarqalgan va uni daylamor ham deydilar". U kurash tushish san`at ekanligini e`tirof etib „...kurash tushish san`atning ilmiki, bu ilmning mashhur usullari juda ko`p, ular uch yuz tugun va bandlar (usul va tadbirlardan iboratdir va ularning har biri tag’in bir necha usulga ajraladi. Yana ushbu usullarni daf etish (ya`ni qarshi usullar) yo`llari ham bor. Agar bularning barchasi yig’ilsa, bir ming sakkiz yuz usul klib chiqadi..." .
Respublikamiz pahlavonlari azaldan qo`shni davlat pahlavonlari bilan bellashib, xalqimizning sharafini himoya qilganlar.
„Bundan ancha ilgari, 1895-yili mashhur nemis polvoni Rippel Toshkentga kelib, sirkda o`z kuchi, mahorati bilan hamma tomoshabinlarni
qoyil qoldirgan. Og’irligi sakkiz yarim pud (136 kg) bo`lgan cho`yanni ikki qo`li bilan, 16 pudli cho`yanni kifti bilan ko`tarib, tomosha ko`rsatgan edi.
O`sha vaqtlari Toshkentning Beshyog’och daha, Chaqar mahallasida yashagan Ahmad polvon Tolibboy o`g’lining O`rta Osiyoda kurashib, yiqitmagan polvoni qolmagandi. Muxmon Ahmad polvonning dovrug’ini eshitib qolib u bilan kurashmoqqa jazm qilibdi... O`sha kuni, ya`ni 1895 yili 25- iyunda sirkka odam sig’may ketgan ekan.
28 yoshli Ahmad polvon egnida oq yaxtak, belida belbog’ boylab o`rtaga chiqadi... Birozdan so`ng ichkaridan mushaklarini o`ynatib, savlat to`kib, Rippel chiqib keladi. Uning belida tasma belbog’ yarqirab turardi.
Ikki zabardast polvon o`rtada bel tutib aylana boshlaydi. Tomoshabinlarning dami ichida, yuragini hovuchlab, jim bo`lib qolishgan.
Sirkda shunday sukunat hukm surardiki, pashsha uchsa, bilinardi. Faqat onda-sonda polvonlarning „ih-ih" deb qo`ygan tovushlari eshitilib qolar edi. Oradan bir necha daqiqa o`tar-o`tmas Ahmad polvonning “YOrab” degan nidosi eshitilib qoladi. Shu dam er larzaga kelib ketgandek bo`lib tuyuladi. Qarsak ustiga qarsak, Rippel erda uzala tushib yotardi".