III.Amaliy mashg’ulotlarini tashkil etish va tavsiya etish uchun ko’rsatmalar
Mazkur kurs bo’yicha olib boriladigan amaliy mashg’ulotlar ma’ruza mavzulari asosida tuzilgan bo’lib, o’tiladigan fanni har tomonlama o’zlashtirishga yordam beradi. Amaliy mashg’ulot darslarida talaba berilgan amaliy ishlarni mustaqil metodik ko’rsatmalar asosida bajaradi. Bunda buxgalteriya hisobi fanining bo’limlari alohida amaliy ishlar bilan yoritilgan bo’lib, har bir bo’lim chuqur o’rganib chiqiladi. Jumladan asosiy vositalar, materiallar, ish haqini hisoblash, xarajatlar xos boshlang’ich hujjatlar va registrlar bilan olib boriladi. Shu bilan birga xo’jalik jarayonlarga (ta’minot, ishlab chiqarish va realizatsiya) xos sintetik va analitik hisobi ko’rsatiladi. Bundan tashqari asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar, hisoblashishlar, pul mablag’larini inventarizatsiya shaklida tekshirish ishlari olib boriladi.
Amaliy mashg’ulotlar uchun tavsiya etiladigan ishlar ro’yxati:
|
Amaliy mashg’ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
|
|
1
|
Buxgalteriya hisobi fanining predmeti va usullari
|
|
2
|
Pul mablag’lari va hisob-kitoblar hisobi
|
|
3
|
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi
|
|
4
|
Investitsiyalar hisobi
|
|
5
|
Materiallar hisobi
|
|
6
|
Mehnat va unga haq to’lash hisobi
|
|
7
|
Xarajatlar hisobi
|
|
8
|
Mahsulot, tovar (ish, xizmat)lar va ularni sotish hisobi
|
|
9
|
Kapital, fondlar va moliyaviy natijalar hisobi
|
|
10
|
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar hisobi
|
|
11
|
Moliyaviy hisobot
|
|
12
|
Boshqaruv hisobini tashkil etish
|
|
13
|
Byudjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qilish
|
|
|
Amaliy mashg’ulotlar multimedia qurulmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-o’qituvchi tomonidan o’tkazilishi zarur. Mashg’ulotlar faol va interfaktiv usullar yordamida o’tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo’llanilishi maqsadga muvofiq.
|
Dostları ilə paylaş: |