Tasdiqlandi” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor H. H. Qushiyev 2021 yil. № Buxgalteriya hisobiIV. Mustaqil ta‘lim va mustaqil ishlar
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: darslik va o‘quv qo‘llanmalari bo‘yicha fan boblari va mavzularni o‘rganish; tarqatma materiallari bo‘yicha ma‘ruzalar qismini o‘zlashtirish; maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari bo‘yicha yoki mavzulari ustida ishlash; talabalarning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularini chuqur o‘rganish; faol va muammoli o‘qitish uslublaridan foydalanidigan o‘quv mashg‘ulotlari. -Amaliy ishlariga tayyorgarlik; (24 soat) -Darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha fan boblari va mavzularini o’rganish; (32 soat) -Tarqatma material bo’yicha ma’ruza qismini o’zlashtirish; (16 soat) -Maxsus adabiyotlar bo’yicha fan bo’limlarini yoki mavzulari ustida ishlash. (8 soat) Taqdimotlar tayyorlash uchun tavsiya etilgan mavzular 1. Buxgalteriya hisobining milliy standartlari. 2. Balans va uning tarkibi. 3. Ikki yoqlama yozuv. 4. Pul mablag’lari hisobi. 5. Asosiy vositalar va ularni baholash. 6. Asosiy vositalarni ta’mirlash va modernizatsiyalash hisobi. 7. Xomashyo va materiallarni baholash usullari. 8. Materiallarni inventarizatsiya o’tkazish va farqlarni tartibga solish. 9. Mehnatga haq to’lash hisobi. 10. Xarajatlar va ularni turkumlash. 11. Mahsulot tannarxini hisoblash usullari. 12. Tayyor mahsulotni sotish va hujjatlashtirish. 13. Ustav kapitalini shakllantirish hisobi. 14. Fondalarni tashkil etish hisobi. 15. Foyida hisobi. 16. Daromadlar turlari va ularni hisobga olish. 17. Moliyaviy daromadlar va xarajatlari hisobi. 18. Moliyaviy hisobot tarkibi va ularni tuzish tartibi. 19. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish. 20. Boshqaruv hisobida zararsizlik nuqtasini hisoblash usullari. 21. Bosh byudjet, uning tarkibi va tuzish tartibi. 22. Moslashuvchan va statik byudjet, ularni tuzish asoslar. 23. Korxonaning ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish. 24. Xarajatlar va mahsulot tannarxini rejalashtirishning xususiyatlari. 25. Boshqaruv hisobini tashkil etish. 26. Transfert bahoni shakllantirish. 27. Korxonaning segmentlar hisoboti. Yüklə 177,5 Kb. Dostları ilə paylaş: |