Tasdiqlangan


Tugallanmagan ishlab chiqarish va kelgusi davrlar xarajatlarini inventarizatsiyasi



Yüklə 136,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix28.11.2023
ölçüsü136,46 Kb.
#167475
1   2   3   4   5   6   7   8   9
833-сон 02.11.1999

Tugallanmagan ishlab chiqarish va kelgusi davrlar xarajatlarini inventarizatsiyasi
3.50. Tugallanmagan ishlab chiqarishni inventarizatsiyasi uning hajmlari va haqiqiy
tannarxini Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1999-yil 5-fevralda 54-son qarori bilan tasdiqlangan
Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi to‘g‘risidagi 
nizom
va
uning asosida ishlab chiqilgan tarmoq yo‘riqnomalari bilan o‘rnatilgan tartibga muvofiq
belgilash maqsadini qo‘yadi.
Sanoat korxonalariga kelsak, misol uchun, quyidagilar zarur:
ishlab chiqarishda bo‘lgan buyumlarga doir zaxiralar (detallar, uzellar, agregatlar) va
tayyorlanishi hamda yig‘ilishi tugallanmagan buyumlarning haqiqatda mavjudligini aniqlash;
hisobga olinmagan yaroqsiz mahsulotni aniqlash;
tugallanmagan ishlab chiqarish (zaxiralar)ning haqiqatda komplektlangani va yig‘ishning
detallar bilan ta’minlanganini aniqlash;
bekor qilingan buyurtmalar, shuningdek, bajarilishi to‘xtatib qo‘yilgan buyurtmalar
bo‘yicha tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘ini aniqlash;
ishlab chiqarishda bo‘lgan zaxiralar (detallar, uzellar, agregatlar) va tayyorlanishi hamda
yig‘ilishi tugallanmagan buyumlarning ishlab chiqarish tannarxini aniqlash.
3.51. Inventarizatsiya boshlanishidan oldin omborlarga sexlar uchun zarur bo‘lmagan
barcha materiallar, xarid qilingan detallar va yarim tayyor mahsulotlar, shuningdek, ishlov
berilishi mazkur bosqichda tugallangan barcha detallar, uzellar va agregatlar topshirilishi lozim.
Sexlarda bo‘lgan tugallanmagan ishlab chiqarish zaxiralari va yarim tayyor mahsulotlar
ularning miqdorini to‘g‘ri va qulay usulda sanashni ta’minlaydigan tartibga keltirilishi kerak.
3.52. Tugallanmagan ishlab chiqarish zaxiralari (detallar, uzellar, agregatlar) qoldig‘ini
tekshirish haqiqatda sanash, tarozida tortish, o‘lchash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ro‘yxatlar har bir sex (uchastka, bo‘lim) bo‘yicha zaxiralar nomi, ularning tayyorlik bosqichi
yoki darajasi, miqdori yoki hajmini ko‘rsatib, qurilish-montaj ishlari bo‘yicha esa — ularga doir
hisob-kitoblar ularga doir ishlar to‘la tugallanganidan keyin, oraliq to‘lovlarsiz amalga
oshiriladigan tugallanmagan korxonalar, ularning navbatlari, obyektlari, ishga tushiriladigan
majmualar bo‘yicha ishlar hajmini ko‘rsatib; konstruktiv elementlar va ish turlarining
tugallanmagan qismlari bo‘yicha tuziladi.
Ish joylarida bo‘lgan, ishlov berilmagan xomashyo, materiallar va xarid qilinadigan yarim
tayyor mahsulotlar tugallanmagan ishlab chiqarish ro‘yxatiga kiritilmaydi, balki alohida
inventarizatsiya qilinadi va alohida ro‘yxatlarda qayd etiladi.
Uzil-kesil yaroqsizga chiqarilgan detallar tugallanmagan ishlab chiqarish tarkibiga
kiritilmaydi.
3.53. Bir xildagi massa bo‘lmagan yoki aralashma bo‘lgan (tegishli sanoat tarmoqlarida)
tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘yicha inventarizatsiya ro‘yxatlarida, shuningdek, solishtirish
qaydnomalarida ikkita miqdoriy ko‘rsatkich keltiriladi: ushbu massa yoki aralashma miqdori va
uning tarkibiga kiradigan xomashyo yoki materiallar (alohida nomlar bo‘yicha) miqdori. Xom
ashyo yoki materiallar miqdori tarmoq yo‘riqnomalarida o‘rnatilgan tartibda texnik hisob-kitoblar
bilan aniqlanadi.
3.54. Tugallanmagan kapital qurilishning mavjudligi va hajmi inventarizatsiya paytida
uning to‘langan qismini naturada tekshirish yo‘li bilan belgilanadi. Inventarizatsiya
dalolatnomalarida obyekt nomi va mazkur obyekt bo‘yicha bajarilgan ishlar hajmi har bir alohida
ish turi, konstruktiv unsurlar, uskunalar va hokazolar bo‘yicha ko‘rsatiladi.
Inventarizatsiya komissiyasi quyidagilarni tekshirishi kerak:
tugallanmagan kapital qurilish tarkibida montajga berilgan, lekin haqiqatda montaji
boshlanmagan uskuna yo‘qligini;
konservatsiyalangan va vaqtincha qurilishi to‘xtatilgan obyektlarning holatini.
Mazkur obyektlar bo‘yicha, xususan, ularni konservatsiyalash uchun sabablar va asosni
aniqlash zarur.


3.55. 
Qabul 
qilinishi 
va 
foydalanishga 
topshirilishi 
tegishli 
hujjatlar 
bilan
rasmiylashtirilmagan, qurilishi tugallangan, haqiqatda to‘liq yoki qisman foydalanishga
topshirilgan obyektlarga alohida dalolatnomalar tuziladi. Tugallangan, lekin nimagadir
foydalanishga 
topshirilmagan 
obyektlarga 
ham 
alohida 
dalolatnomalar 
tuziladi.
Dalolatnomalarda ko‘rsatilgan obyektlarni foydalanishga topshirishni rasmiylashtirish kechikish
sabablarini ham ko‘rsatish lozim.
3.56. Qurilishi tugallangan obyektlarga, shuningdek, amalga oshirilmagan, balansdan
o‘chirilishi kerak bo‘lgan qurilish bo‘yicha loyihalash-tadqiqot ishlariga dalolatnomalar tuziladi va
ularda qurilishni to‘xtatish sabablari ko‘rsatilgan holda bajarilgan ishlar xarakteri va ularning
qiymati to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi.
Buning uchun tegishli texnik hujjatlar, ishlar, bosqichlarni topshirish dalolatnomalari,
qurilish obyektlarida bajarilgan ishlarni hisobga olish jurnallari va boshqa hujjatlardan
foydalanilishi kerak.
3.57. Binolar, inshootlar, mashinalar, uskunalar, energetik qurilmalar va boshqa
obyektlarning tugallanmagan kapital ta’mirlarini inventarizatsiyasi naturada ishlar holatini
tekshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Tugallanmagan kapital ta’mirga ta’mirlanayotgan obyekt nomi, ishlar nomi va bajarish
foizi, bajarilgan ishlarning smetadagi va haqiqiy qiymatlari ko‘rsatiladigan dalolatnoma tuziladi.
3.58. Inventarizatsiya komissiyasi hujjatlar bo‘yicha kelgusi davrlar xarajatlari schyotida aks
ettirilishi kerak bo‘lgan summani aniqlaydi va ro‘yxatga kiritadi.
Ko‘rsatilgan xarajatlarni hisobga olish tartibi Buxgalteriya hisobining 
milliy standarti
(21-
sonli BHMS) “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi
schyotlari rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma” (ro‘yxat raqami 1181, 2002-yil 23-oktabr)da
belgilanadi.

Yüklə 136,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin