Tasdiqlangan


 Karta egasining huquqlari:  5.13.1



Yüklə 370,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/71
tarix16.05.2022
ölçüsü370,91 Kb.
#58219
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   71
Contract GeneralAgreenent Addition 871c849e-dfa5-48a2-8d85-b899d496f8c0 (1)

5.13. Karta egasining huquqlari: 

5.13.1.  O’z hisobidagi qoldig’ini to’ldirish; 

5.13.2.  Hisob raqamidan u bajargan barcha operatsiyalarni aks ettiruvchi koʼchirma olish. 

Shu bilan birga, Karta egasi ushbu Bosh shartlarda taqdim etilgan aloqa kanallari orqali ushbu 

xizmatni Bankdan shaxsan o’zi soʼrashi lozim; 

5.13.3.  Kartalardagi PIN kodlarni o’z hoxishiga ko’ra o’zgartirish. 

5.14. Karta egasi Bankning barcha xizmatlarini www.tbcbank.uz veb-saytida koʼrsatilgan 

narxlarda toʼlash majburiyatini oladi. 



5.15. Bank kartasini ochish va unga xizmat ko'rsatish bo'yicha shartnomaga muvofiq Bank 

tomonidan  koʼrsatilgan  xizmatlarga  haq  toʼlash,  Karta  egasining  qabulisiz  va  qoʼshimcha 

roziligisiz  yechib  olinadi.  Shuningdek,  foydalanuvchi  xizmat  uchun  haqni  boshqa  hisob 

varaqlardan naqdsiz toʼlashi mumkin. 



5.16. Bank tariflarning oʼzgarishi toʼgʼrisida va ular kuchga kirgunga qadar 10 kun oldin 

xabardor qiladi,  bank bu haqida maʼlumotni Masofaviy  bank xizmati tizimi yoki  bank xizmat 

koʼrsatish markazlarida, shuningdek, www.tbcbank.uz veb-sayti orqali eʼlon beradi, agar bunday 

oʼzgartirishlar  Oʼzbekiston  Respublikasining  amaldagi  qonunchiligiga  zid  boʼlmasa  va  bank 

xizmatlari  iste’molchilarining  huquqlarini  buzmasa.  Аgar  Karta  egasi  oʼzgartirishlar  eʼlon 

qilingan  kundan  boshlab  10  kun  ichida  hech  qanday  shikoyat  yoki  eʼtiroz  bildirmasa,  bu 

oʼzgarishlar kuchga kiradi va Karta egasi ularning huquq va majburiyatlarini tasdiqlaydi. 

5.17. Karta egasi bankka kartasi oʼgʼirlanishi yoki yoʼqolishi toʼgʼrisida yozma ravishda 

xabar  berishidan  oldin  va  kartaning  PIN-kodi  uchinchi  shaxslarga  yoki  boshqalarga  maʼlum 

boʼlishi  gumoni  haqida  xabar  berishidan  oldin,  Bank  mijozning  maxfiy  maʼlumotni  saqlash 

majburiyatini buzishi natijasida yetkazilgan zararlar uchun, har qanday moliyaviy yoʼqotishlar va 

operatsiyalar uchun javobgar boʼlmaydi. 

5.18.  Bank  uchinchi  tomonning  aybiga  koʼra  toʼlov  tizimlari  ishida  yuzaga  kelgan 

uzilishlar  uchun  javobgar  boʼlmaydi  (YaRPM,  YaXPM  ham  shu  jumladan,  lekin  cheklanib 

qolmaydi). 

5.19.  ATB  "TBC  Bank"ning  masofaviy  bank  xizmati  tizimida  bank  mijozi  tomonidan 

roʼyxatga  olingan  boshqa  banklarga  tegishli  boʼlgan  qoʼshimcha  kartochkalar  orqali  amalga 

oshirilgan tovarlar va xizmatlar uchun toʼlangan toʼlovlar uchun bank javobgar boʼlmaydi. 



ATB “TBC Bank” 

“Bank mahsulot va xizmatlari taqdim etilishining bosh shartlari” 

17 

 

 



5.20. Bankdan tashqarida toʼlov tizimlarida amalga oshirilgan operatsiyalar uchun Bank 

javobgar  emas, tomonlarning  tegishli  majburiyatlari  toʼlov tizimlari  tomonidan taqdim  etilgan 

alohida huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi; 


Yüklə 370,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin