5.9.1. Tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun korxonalar bilan naqdsiz shaklda hisob-kitoblar;
5.9.2. Kartadan pul mablagʼlarini jismoniy shaxslar kartalariga oʼtkazish va kartaga pul
oʼtkazish uchun naqd pulsiz operatsiyalar.
5.9.3. Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan ruxsat berilgan va Bank yordami bilan
Karta egasiga taqdim etilishi mumkin boʼlgan har qanday boshqa toʼlovlar, oʼtkazmalar va
operatsiyalar turlari.
5.9.4. Karta va Hisob haqida maʼlumot olish.
5.10. Bank majburiyatlari:
5.10.1. Karta egasi bilan Bank kartasini ochish va unga xizmat ko'rsatish bo'yicha
shartnoma tuzilgandan soʼng hisob raqamni ochish;
5.10.2. Hisob raqam ochilgandan soʼng, Karta egasiga kartani taqdim etish;
5.10.3. Karta yoʼqolgan yoki shikastlangan taqdirda, www.tbcbank.uz veb-saytida
joylashtirilgan Bank Tariflariga muvofiq ushbu BShda keltirilgan masofaviy aloqa kanallari
orqali taqdim etilgan Karta egasining arizasi / soʼrovi asosida 3 (uch) bank kun davomida yangi
Kartani taqdim etish;
5.10.4. Karta yordamida amalga oshirilgan barcha operatsiyalar summasidan, Hisob
qoldigʼini kamaytirgan holda, shuningdek, Bankning Tariflariga muvofiq ushbu operatsiyalarni
Karta egasi tomonidan bajarilganligi uchun Bank komissiyasi summasidan Hisobni yechib oladi;
5.10.5. Bank kartasini ochish va unga xizmat ko'rsatish bo'yicha shartnoma bekor qilingan
holda, Hisobdagi pul qoldigʼini Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq
Karta egasiga qaytarib berish faqat naqd pulsiz shaklda amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: |