shaxsiy kabinet orqali, mobil telefon yordamida yoki Bosh shartlarda koʼzda tutilgan boshqa usul
ATB “TBC Bank”
“Bank mahsulot va xizmatlari taqdim etilishining bosh shartlari”
13
bilan pul mablagʼlari qoldiqlari, daromadlar va harajatlar boʼyicha operatsiyalar toʼgʼrisida SMS-
xabarnomalar qabul qilish.
4.15.2. Ixtiyoridagi o'z mablag'larini mustaqil ravishda boshqarish, shu jumladan, MBX
va boshqa masofaviy kanallardan foydalanishdan boshqa DN shartlarida, ushbu Bank
hisobvarag'i shartnomasida va O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda
tutilgan hollar bundan mustasno.
4.16. Bank Oʼzbekiston Respublikasining "Bank siri toʼgʼrisida" gi qonuniga, Bosh
shartlarga va Oʼzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq maʼlumotlarning
maxfiyligini va bank sirini tashkil etuvchi mijozlarning maʼlumotlarini saqlanishini kafolatlaydi.
4.17. Bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar mijozga yoki uning vakiliga, ularning
soʼroviga binoan (yozma yoki elektron shaklda) Bank tomonidan taqdim etilishi mumkin.
4.18. Mijozning bank siri hisoblangan maʼlumotlari uchinchi shaxslarga Oʼzbekiston
Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda taqdim etiladi.
4.19. Tomonlar oʼz majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi
uchun Bosh shartnoma va ushbu Shartnomaning shartlarini buzgan tomon Oʼzbekiston
Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgar boʼladi.
4.20. Ushbu BShni tasdiqlash orqali mijoz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga o'z
roziligini beradi. Bank tomonidan qabul qilingan shaxsiy va boshqa maʼlumotlar quʼyidagi
maqsadlarda foydalaniladi va ulardan foydalanishi mumkin:
Dostları ilə paylaş: