Tasdiqlangan


  Mijoz manfaat oluvchi yoki manfaatdor tomon boʼlgan shartnomalarni tuzishda  va bajarishda;  4.20.2



Yüklə 370,91 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/71
tarix16.05.2022
ölçüsü370,91 Kb.
#58219
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   71
Contract GeneralAgreenent Addition 871c849e-dfa5-48a2-8d85-b899d496f8c0 (1)

4.20.1.  Mijoz manfaat oluvchi yoki manfaatdor tomon boʼlgan shartnomalarni tuzishda 

va bajarishda; 



4.20.2.  Mijozning huquq va majburiyatlarini lozim darajada bajarilishini taʼminlashda; 

4.20.3.  Maʼlumotlarni tekshirish, shu jumladan sohta bitimlarning oldini olish maqsadida; 

4.20.4.  Shartnomalar bajarilishi bilan bogʼliq boʼlgan maʼlumotlarni Qarzdorga yetkazish, 

shuningdek  uchinchi  tomonning  qoʼshma  dasturlarida  (sodiqlik  dasturlarida)  ishtirok  etadigan 

uchinchi shaxslar toʼgʼrisidagi maʼlumotlardan xabardor qilish; 

4.20.5.  Sugʼurta, pochta tashkilotlari, aloqa tashkilotlariga oʼtkazmalarda; 

4.20.6.  Bank  tomonidan  statistik  va  /  yoki  marketing  tadqiqotlarini  oʼtkazish  va  /  yoki 

mijozga Bank va sheriklarining yangi mahsulotlari/ xizmatlari toʼgʼrisida maʼlumot berishda; 



4.20.7.  Muddati  oʼtgan  qarzlarni  undirish  uchun  boshqa  davlat  tashkilotlariga 

oʼtkazmalarda. 



4.21. Mijozning shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlash keyingi davrda amalga oshiriladi - 

Mijoz  shaxsiy  ma'lumotlarni  qayta  ishlashga  roziligini  tasdiqlagan  paytdan  boshlab  va  Mijoz 

bunday rozilikni qaytarib olguniga qadar amal qiladi. 

4.22.  Bank  Mijozing  mablagʼlaridan  foydalanish  shaklini  belgilash  va  nazorat  qilish, 

shuningdek Mijozning pul mablagʼlarini ishlatish va tasarruf etish huquqlarini cheklash huquqiga 

ega emas, Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan hollar bundan 

mustasno. 



4.23.  Shartnomada  koʼzda  tutilmagan,  Bank  va  Mijoz  oʼrtasidagi  munosabatlar,  Bosh 

shartlar  va  Oʼzbekiston  Republikasining  amaldagi  qonunchiligi  talablariga  muvofiq  tartibga 

solinadi. 



ATB “TBC Bank” 

“Bank mahsulot va xizmatlari taqdim etilishining bosh shartlari” 

14 

 

 



4.24. Tomonlar uchun Mijozning hisobvaragʼi boʼyicha operatsiyalarni amalga oshirish 

tartibi  Oʼzbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  normativ-huquqiy  hujjatlari  bilan 

belgilanadi va ikkala tomon uchun ham majburiydir. 

4.25.  Bank  hisobvarag'i  shartnoma  Mijoz  tomonidan  qabul  qilingan  kundan  boshlab 

kuchga  kiradi  va  Tomonlarning  Har  biri  tashabbusi  bilan,  Mijoz  shartnomada  koʼrsatilgan 

majburiyatlarini  bajarmaganda  va/yoki  sud  qarori  bilan  bekor  qilinmaguncha,  shuningdek 

Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda amal qiladi. 



4.26. Bank hisobvarag'i shartnomaga kiritilgan barcha oʼzgartirish va qoʼshimchalar Bosh 

shartlarda koʼzda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Bunday holda, Bank ushbu BShning 4.13.4- 

bandga muvofiq Mijozni ushbu oʼzgarishlar toʼgʼrisida xabardor qilishga haqlidir. 

4.27. Hisob raqam yopilishi vа Shartnoma bekor boʼlishi belgilangan tartibda, qonunda 

nazarda tutilgan hollarda va tartibda, mijozga bank xizmatlarini taqdim etish bilan bogʼliq boʼlgan 

Bank oldidagi barcha qarzlar toʼlanganidan keyin bekor qilinishi mumkin. 

 


Yüklə 370,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin