Bank quyidagi hollarga javobgar emas
12.9. BSh doirasida tuzilgan, Ariza/Buyurtma va shartnomalar bo'yicha majburiyatlarni
bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik holatlari uchun, agar bu engib bo'lmas kuch, shu
jumladan: elektr energiyasining o'chirilishi, aloqa liniyalarining shikastlanishi, yong'inlar va bank
irodasiga bog'liq bo'lmagan boshqa holatlar natijasida yuzaga kelgan bo'lsa. Bank yuqorida
ko'rsatilgan holatlar va ularning oqibatlari bartaraf qilinganidan so'ng, darhol mijoz bilan tuzilgan
shartnomalar bo'yicha o'z majburiyatlarini bajaradi;
12.10. bank tomonidan bank sirini tashkil etuvchi axborotning bank nazoratidan
tashqaridagi sabablarga ko'ra, mijozning PIN va/yoki kirish kodi uchinchi shaxslarga taqdim
etilishi yoki Call-markaz orqali e'lon qilinishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan zararlar va
boshqa salbiy oqibatlar uchun;
12.11. bank nazorati doirasidan tashqarida bo'lgan sabablar tufayli, shu jumladan,
uchinchi shaxsning operatsiya o'tkazish uchun bank kartasini qabul qilishdan bosh tortgani,
shuningdek, dasturiy va/yoki texnik vositalarga xizmat ko'rsatishda avariya, yoki uzilishlar
oqibatida yuzaga kelgan holatlarda.
12.12. Mijozning hisobidan pul uchinchi shaxslar tomonidan yechilishi hollarida.
Kartadan foydalangan holda amalga oshirilgan to'lov, agar to'lov amalga oshirilayotganda karta
bloklanmagan bo'lsa, uning amal qilish muddati tugamagan bo'lsa va amalga oshirilgan karta
to'lovlari “karta to'lovlari tizimi” ishtirokchilari o'rtasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq uning
egasi tomonidan ishlatilgan bo'lsa, bunday to'lov operatsiyalari ruxsat etilgan operatsiyalar deb
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |