Bob 14. Mijoz ma'lumotlari va maxfiylik
14.1. Mijoz uning har qanday shaxsiy ma'lumotlarini, shu jumladan mijozning maxsus
shaxsiy ma'lumotlarini ("shaxsiy ma'lumotlar"), BSh maqsadlari uchun, ya'ni bank va mijoz
tomonidan BSh bo'yicha majburiyatlarining joriy va kelgusida bajarilishini nazorat va
rejalashtirish, mijozning moliyaviy va mulkiy holatini tekshirish, mijozning uchinchi shaxslar
bilan o'zaro munosabatlarini, BSh ga taalluqli qismi, shuningdek bank tomonidan bankning yangi
mahsulotlari/xizmatlari bo'yicha statistik va/yoki marketing tadqiqotlari uchun va/yoki mijozni
xabardor qilish uchun ishlatilishiga rozilik beradi.
14.2. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash har qanday manbadan ma'lumot to'plash,
saqlash, tizimlashtirish, to'ldirish, ishlatish, ta'minlash, tarqatish, yuborish (trans-chegarali
yuborishni o'z ichiga oladi), shaxssizlantirish va yo'q qilishni o'z ichiga oladi.
14.3. Mijoz bankka har qanday manbadan mijoz bilan bog'liq har qanday ma'lumotni (shu
jumladan shaxsiy ma'lumotlar) istalgan vaqtda istalgan miqdorda O'zbekiston Respublikasi
qonunchiligi doirasida bank ixtiyoriga ko'ra so'rash huquqini beradi. Ushbu ma'lumot
(O'zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida) tanishish, taqqoslash, tekshirish, tahlil
qilish, saqlash, o'tkazish, qonuniy va/yoki shartnoma majburiyatlarini bajarish maqsadida talab
qilinadi.
14.4. Mijoz Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashni (ushbu BShning 14.14-bandida
ko'rsatilgan maqsadlar uchun) Bank, aloqador/ affillangan shaxslar, Bank vorislari yoki Bank
tomonidan vakolat berilgan boshqa tashkilotlar tomonidan, ham O'zbekiston Respublikasi
hududida, ham chet elda, shu jumladan shaxsiy ma'lumotlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlash
vositalaridan foydalangan holda amalga oshirishlari mumkinligiga rozilik beradi.
14.5. BSh ni amalga oshirish maqsadida mijoz, u bilan aloqani har qanday tarzda,
jumladan, telefon qo'ng'iroqlari, SMS-xabarlar va/yoki elektron pochta xabarlarini jo'natish
uchun uning aloqa ma'lumotlaridan foydalanishga rozilik bildiradi va bankdan, shu jumladan
ATB “TBC Bank”
“Bank mahsulot va xizmatlari taqdim etilishining bosh shartlari”
28
mobil operator orqali mobil qurilmadan kelgan SMS-xabarnoma xizmatini o'chirmaslik
majburiyatini oladi.
14.6. Mazkur BSh ni imzolash orqali mijoz bank bilan telefon orqali suhbatlarni, bank
xodimlarining ishini baholash maqsadida, shuningdek, bahsli holatlar yuz berganda, bank va
mijoz orasidagi suhbatning mijozni oldindan ogohlantirgan holda yozib olinishligiga rozilik
beradi.
14.7. Mijoz uyali aloqa operatorlari va/yoki boshqa uchinchi shaxslardan olingan shaxsiy
ma'lumotlar va/yoki mijozning hisobvarag'idagi ma'lumotlar, qo'ng'iroqlar, bitimlar, mobil
hamyonlar va/yoki boshqa faoliyat turlarini o'z ichiga olgan bank, shu jumladan, cheklamagan
holda, mobil aloqa operatori va/yoki boshqa uchinchi tomon bilan kelishilgan holda, marketing,
kredit anderrayting va/yoki boshqa tijorat maqsadlariga erishish uchun bank tomonidan
foydalanishligiga rozilik beradi.
14.8. Bank amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq o'z ixtiyorida bo'lgan mijozning shaxsiy
ma'lumotlarining saqlanishini ta'minlash uchun zarur choralarni ko'radi.
Dostları ilə paylaş: |