6.9.3. Mijoz/qarz oluvchi bank to'lov talablarini qabul qilishdan asossiz ravishda rad etgan
bo’lsa;
6.9.4. asosiy qarz, foiz, komissiyalar va/yoki kredit mahsulotlari bo'yicha boshqa
to'lovlarni o'z vaqtida to'lamaslik;
6.9.5. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq bank tomonidan amalga
oshirilayotgan monitoring natijalari bo'yicha aniqlangan Mijoz/qarz oluvchining moliyaviy ahvoli
yomonlashgani;
6.9.6. agar quyidagi holatlardan biri kelib chiqqan bo'lsa yoki bankning fikriga ko'ra,
Mijoz/qarz oluvchi tomonidan quyidagi holatlarning har biri bilan bog'liq holda, shartnoma
bo'yicha majburiyatlarni bajarmaslik (noto'g'ri bajarish) xavfi mavjud bo'lsa:
6.9.6.1. qarzdor/ish beruvchi tomonidan bankning yozma/elektron xabarnomasi yoki
bankka boshqa manbalardan kelgan ma'lumot asosida olingan Mijoz/qarz oluvchining ish beruvchi
bilan (shu jumladan, bo'lajak) mehnat munosabatlarini tugatish to'g'risidagi ma’lumotning
mavjudligi yoki aniqlanishi;
Dostları ilə paylaş: |