Bob 7. Kredit mahsulotlarini taqdim etish tartibi
7.1. Kredit mahsulotlarini olish uchun qarz oluvchi MBX tizimida ushbu BSh ni o'qib,
qabul qilishi, ular bilan rozi bo'lishi bilan kredit mahsulotini taqdim etish bo'yicha so'rovnoma
bilan bankka murojaat qilishi kerak.
7.2. Arizani olgandan so'ng, bank ichki tadqiqotlar va tahlil natijalaridan so’ng MBX
tizimining interfeysida qarz oluvchiga mumkin bo'lgan moliyalashtirish miqdorini yoki kredit
mahsulotini taqdim etish imkoniyati yo'qligi haqida xabar beradi.
7.3. Qarz oluvchining mumkin bo'lgan moliyalashtirish summasi qarz oluvchining kredit
layoqatini baholash orqali, bankdagi qarz oluvchi haqidagi mavjud ma'lumotlar asosida
aniqlanadi. Qarz oluvchining kredit layoqatini baholash usuli bankning tijorat siri bo'lib, maxfiy
hisoblanadi.
7.4. Ariza taqdim etilganda, qarz oluvchi to'lov tizimiga xizmat ko'rsatuvchi MBX da,
SMS-xabarnoma xizmati yoqilgan tizimida, faol bank kartalarining bir yoki bir nechtasini
ko'rsatadi va qo'shadi/bog'laydi. Qarz oluvchi bankka qarzni to'lash, muddati o'tgan qarzlar
miqdorida pul mablag'larini avtomatik ravishda yechilishiga rozilik beradi va kredit
mahsulotidagi barcha qarzlarni (BSh va amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda) so'zsiz
tartibda muddatidan oldin undirish imkonini beradi. Kredit mahsulotlari bo'yicha shartnomalar
amal qilish davrida qarz oluvchi MBX -dan ilgari bog'langan bank kartalarini olib tashlamaslik
va SMS-xabarnoma xizmatini xizmat ko'rsatuvchi to'lov tizimidan uzmaslik majburiyatini oladi.
7.5. Qarz oluvchi qarzni to'lash oyining istalgan kunini ko'rsatgan holda mumkin bo'lgan
moliyalashtirishning maksimal miqdoridan oshmaydigan miqdorda arizani taqdim etishga yoki
bank tomonidan moliyalashtirishga taklif etilgan miqdorga rozi bo'lmaslikka va kredit
mahsulotini olishdan voz kechishga haqli.
7.6. MBX orqali Bank tomonidan taklif qilingan shartlar asosida, qarz oluvchi kredit
mahsulotini olishga rozilik bergan paytdan boshlab, kredit mahsuloti shartlari Tomonlar
tomonidan kelishilgan deb hisoblanadi va Qarz oluvchi tomonidan tasdiqlanadi.
ATB “TBC Bank”
“Bank mahsulot va xizmatlari taqdim etilishining bosh shartlari”
21
7.7. Mijoz mazkur BSh da nazarda tutilgan shartnomalar bo'yicha o'z huquq va
majburiyatlarini bankning oldindan yozma roziligisiz uchinchi shaxslarga o'tkazish huquqiga ega
emas.
Dostları ilə paylaş: |