Tasdiqlash haqida



Yüklə 168,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/17
tarix06.10.2023
ölçüsü168,59 Kb.
#152765
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
54-сон 05.02.1999. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

(2.3.8.3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
2.3.8.4. Vaqtincha mehnat layoqatini yo‘qotgan taqdirda qonunchilik bilan belgilangan,
haqiqiy ish haqi miqdorigacha qo‘shimcha haq.
(2.3.8.4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
2.3.8.5. Asosiy ish joyi bo‘yicha ishchilarga, xo‘jalik yurituvchi subyekt ishchi va mutaxassislariga
ular ishdan ajragan holda malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash tizimida o‘qigan vaqtda ish
haqi to‘lash.
Oldingi
 tahrirga qarang.
2.3.8.6. Ikki va undan ko‘p bolalari yoki o‘n sakkiz yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolasi bor
ayollarga qonunchilikka muvofiq qo‘shimcha mehnat ta’tili haqini to‘lash.
(2.3.8.6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
2.3.8.7. Xodimlarga tovarlar, mahsulotlar va boshqa narsalarni bepul berish yoki xodimlar
uchun ishlar, xizmatlarni bajarish.
2.3.8.8. Xodimlarning (ovqatlanishi, yo‘l kirasi, davolanish va dam olishga, ekskursiya va
sayohatlarga yo‘llanmalari, sport seksiyalarida, to‘garaklarda, klublardagi mashg‘ulotlari, madaniy-
ko‘ngilochar va jismoniy tarbiya (sport) tadbirlariga qatnashishi, xodimlarning shaxsiy obunasi va
iste’moli hamda boshqa shunga o‘xshash to‘lovlari) xarajatlarini qoplash.


2.3.9. Ish haqini hisoblashda hisobga olinmaydigan to‘lovlar va xarajatlar:
2.3.9.1. Qonunchilikka muvofiq bolani ikki yoshga to‘lgungacha parvarish qilish bo‘yicha har
oylik nafaqani to‘lash bo‘yicha xarajatlar.
2.3.9.2. Pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga bir yo‘la
to‘lanadigan nafaqalar.
2.3.9.3. Amaldagi qonunchilikka muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlardan ularning qayta
tashkil etilishi, xodimlar va shtatlar sonining qisqarishi munosabati bilan bo‘shab qoladigan
xodimlarga to‘lovlar.
2.3.9.4. Xodimlarga to‘lanadigan moddiy yordam.
Oldingi
 tahrirga qarang.
2.3.10. Sog‘liqni saqlash obyektlari, qariyalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uylari, bolalar
maktabgacha tarbiya muassasalari, sog‘lomlashtirish lagerlari, madaniyat va sport obyektlari, xalq
ta’limi muassasalari, shuningdek uy-joy fondi obyektlari ta’minotiga (shu jumladan barcha turdagi
ta’mirlash ishlarini o‘tkazishga amortizatsiya ajratmalari va xarajatlarni ham qo‘shgan holda)
xarajatlar.
(2.3.10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
2.3.11. Vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan ishlab chiqarish quvvatlari va obyektlarini saqlash
xarajatlari (boshqa manbalar hisobiga qoplanadigan xarajatlardan tashqari).
Oldingi
 tahrirga qarang.
2.3.12. Bankning, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining va qimmatli qog‘ozlar bozori
professional ishtirokchilarining xizmatlariga haq to‘lash.
(2.3.12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli 
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
2.3.13. Ekologiya, sog‘lomlashtirish va boshqa xayriya jamg‘armalariga, madaniyat, xalq ta’limi,
sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, jismoniy tarbiya va sport korxonalari, muassasalari va
tashkilotlariga badallar.

Yüklə 168,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin