Tasdiqlash haqida


B. XO‘JALIK YuRITUVChI SUBYEKTNING MOLIYA-XO‘JALIK FAOLIYATI BILAN BOG‘LIQ



Yüklə 168,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/17
tarix06.10.2023
ölçüsü168,59 Kb.
#152765
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
54-сон 05.02.1999. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

B. XO‘JALIK YuRITUVChI SUBYEKTNING MOLIYA-XO‘JALIK FAOLIYATI BILAN BOG‘LIQ
XARAJATLAR RO‘YXATI
Mazkur Nizomga muvofiq mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladigan xarajatlar va
davr xarajatlari ro‘yxati:
xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining rentabelligini va bozor raqobatbardoshliligini aniqlash
uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish davomida xo‘jalik yurituvchi
subyektda paydo bo‘ladigan barcha xarajatlar to‘g‘risida buxgalteriya hisobi schyotlarida to‘liq va
aniq axborot shakllantirilishi;
soliq solinadigan bazani to‘g‘ri aniqlash maqsadida belgilanadi.
Mazkur Nizomga muvofiq barcha xarajatlar quyidagilarga guruhlanadi:
mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar:
a) bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;
b) bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari;
v) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega
bo‘lgan ustama xarajatlar;
ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatdan olingan foydada hisobga
olinadigan hamda davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar:
a) sotish xarajatlari;
b) boshqarish xarajatlari (ma’muriy sarf-xarajatlar);
v) boshqa operatsion xarajatlar va zararlar;
xo‘jalik yurituvchi subyektning umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda yoki zararlarni
hisoblab chiqishda hisobga olinadigan xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy faoliyati bo‘yicha
xarajatlari:
a) foizlar bo‘yicha xarajatlar;
b) xorijiy valyuta bilan operatsiya bo‘yicha salbiy kurs tafovutlari;
v) qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholash;


g) moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar;
Oldingi
 tahrirga qarang.
favqulodda zararlar, u foydadan olinadigan soliq to‘langunga qadar foyda yoki zararlarni
hisoblab chiqishda hisobga olinadi.
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli 
qarori
tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 115-modda)

Yüklə 168,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin