3. «Yulduz-yulduz» (Y/ Δ) sxemasida ulash
Transformatorning YuK chulg`ami «yulduz», PK chulg`ami esa
«uchburchak» sxemasi bo`yicha ulanganda YuK chulg`amida o`zgarish bo`lmagani tufayli YuK chulg`am EYuK lari uchun qurilgan vektor diagramma ham o`zgarmaydi.
Bu sxemani PK li chulg`am uchlarining belgilanishi almashtirilgan hol uchun ko`rib chiqamiz.
Past kuchlanishli chulg`am boshlari va oxirlarining belgilanishlari most ravishda almashtirilgandan keyin ham G` uchburchak G` sxemasi to`g`ri ketma-ketlikda birlashtirilgan holda PK iste`molchiga ulashni a,b, s uchlaridan amalga oshirilsa, EYuKlar ularning boshidan oxiriga yunaladi. PK chulg`am uchun vektor diagrammani qurishda yordamchi MN to`g`ri chiziqning doiradan past qismida birorta nuqtadan YuK chulg`am V fazoviy EYuK vektori EYB ga parallel qilib, unga teskari yo`nalishda EAV=EVU vektori chiziladi. Chulg`amning boshqa fazaviy EYuK vektorlarini ko`rsatish zarurati tug`ilsa, ularni ham tegishlicha YuK fazaviy EYuK vektorlari teskari yo`nalishda chizish mumkin. Lekin transformatorning ulanish guruhini aniqlash uchun EAV ning EAV ga nisbatan yo`nalishini aniqlash etarlidir.
Shunday qilib, PK chulg`am EYuK vektorining tegishlicha YuK chulg`am EYuK vektoriga nisbatan siljishini soat kichik milining katta miliga nisbatan tutgan holati orqali aniqlanadi va berilgan shartlar uchun ulanish guruhi «5» ekanligi ma`lum bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: |