Tasdiqlayman ” Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri: Rajabov. T “ ” 2023 yil kiberxavfsizlik asoslari fanidan ii-kurs Kompyuter injiniringi uchun



Yüklə 7,7 Mb.
səhifə89/162
tarix28.08.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#140791
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   162
Majmua Kiberxavfsizlik asoslari II-Kurs

modda. Shaxsning axborot borasidagi xavfsizligi

Shaxsning axborot borasidagi xavfsizligi uning axborotdan erkin foydalanishi zarur sharoitlari va kafolatlarini yaratish, shaxsiy hayotiga taalluqli sirlarini saqlash, axborot vositasida qonunga xilof ravishda ruhiy ta’sir ko’rsatilishidan himoya qilish yo’li bilan ta’minlanadi.
Jismoniy shaxslarga taalluqli shaxsiy ma’lumotlar maxfiy axborot toifasiga kiradi.
Jismoniy shaxsning roziligisiz uning shaxsiy hayotiga taalluqli axborotni, xuddi shuningdek shaxsiy hayotiga taalluqli sirini, yozishmalar, telefondagi so’zlashuvlar, pochta, telegraf va boshqa muloqot sirlarini buzuvchi axborotni to’plashga, saqlashga, qayta ishlashga, tarqatishga va undan foydalanishga yo’l qo’yilmaydi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Jismoniy shaxslar to’g’risidagi axborotdan ularga moddiy zarar va ma’naviy ziyon yetkazish, shuningdek ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ro’yobga chiqarilishiga to’sqinlik qilish maqsadida foydalanish taqiqlanadi.
Fuqarolar to’g’risida axborot oluvchi, bunday axborotga egalik qiluvchi hamda undan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar bu axborotdan foydalanish tartibini buzganlik uchun qonunda nazarda tutilgan tarzda javobgar bo’ladilar.
Ommaviy axborot vositalari axborot manbaini yoki taxallusini qo’ygan muallifni ularning roziligisiz oshkor etishga haqli emas. Axborot manbai yoki muallif nomi faqat sud qarori bilan oshkor etilishi mumkin.

  1. modda. Jamiyatning axborot borasidagi xavfsizligi

Jamiyatning axborot borasidagi xavfsizligiga quyidagi yo’llar bilan erishiladi: demokratik fuqarolik jamiyati asoslari rivojlantirilishini, ommaviy axborot
erkinligini ta’minlash;
qonunga xilof ravishda ijtimoiy ongga axborot vositasida ruhiy ta’sir ko’rsatishga, uni chalg’itishga yo’l qo’ymaslik;
jamiyatning ma’naviy, madaniy va tarixiy boyliklarini, mamlakatning ilmiy va ilmiy-texnikaviy salohiyatini asrash hamda rivojlantirish;
milliy o’zlikni anglashni izdan chiqarishga, jamiyatni tarixiy va milliy an’analar hamda urf-odatlardan uzoqlashtirishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni buzishga qaratilgan axborot ekspansiyasiga qarshi harakat tizimini barpo etish.

  1. modda. Davlatning axborot borasidagi xavfsizligi

Davlatning axborot borasidagi xavfsizligi quyidagi yo’llar bilan ta’minlanadi: axborot sohasidagi xavfsizlikka tahdidlarga qarshi harakatlar yuzasidan
iqtisodiy, siyosiy, tashkiliy va boshqa tusdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish; davlat sirlarini saqlash va davlat axborot resurslarini ulardan ruxsatsiz tarzda
foydalanilishidan muhofaza qilish;
O’zbekiston Respublikasining jahon axborot makoniga va zamonaviy telekommunikasiyalar tizimlariga integrasiyalashuvi;
O’zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy tuzumini zo’rlik bilan o’zgartirishga, hududiy yaxlitligini, suverenitetini buzishga, hokimiyatni bosib olishga yoki qonuniy ravishda saylab qo’yilgan yoxud tayinlangan hokimiyat vakillarini hokimiyatdan chetlatishga va davlat tuzumiga qarshi boshqacha tajovuz qilishga ochiqdan-ochiq da’vat etishni o’z ichiga olgan axborot tarqatilishidan himoya qilish;
urushni va zo’ravonlikni, shafqatsizlikni targ’ib qilishni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovat uyg’otishga qaratilgan terrorizm va diniy ekstremizm g’oyalarini yoyishni o’z ichiga olgan axborot tarqatilishiga qarshi harakatlar qilish.

  1. modda. Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar.
O’zbekiston Respublikasida kiberjinoyatlarga qarshi javobgarliklar quyida keltirilgan.
O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks:
155-modda. Axborotdan foydalanish qoidalarini buzish

  • Axborot tizimidan foydalanish maqsadida unga ruxsatsiz kirib olishda ifodalangan axborot va axborot tizimlaridan foydalanish qoidalarini buzish —

    • fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

  • Axborot tizimlarining ishini buzishga olib kelgan xuddi shunday huquqbuzarlik, xuddi shuningdek kirish cheklangan axborot tizimlarini axborot- hisoblash tarmoqlariga ulash chog’ida tegishli himoya choralarini ko’rmaganlik —

    • fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

  • Yuridik va jismoniy shaxslarning axborot tizimlarini xalqaro axborot tarmoqlariga qonunga xilof ravishda ulash, bu tarmoqlarga tegishli himoya choralarini ko’rmasdan ulanish, xuddi shuningdek ulardan ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda olish —

    • fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

  • O’zganing elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturi yoki ma’lumotlar bazasini o’z nomidan chiqarish yoxud qonunga xilof ravishda undan nusxa olish yoki bunday asarlarni tarqatish —

    • fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

218-modda. Ommaviy axborot vositalari mahsulotlarini qonunga xilof ravishda tayyorlash va tarqatish

  • Ommaviy axborot vositalarining mahsulotlarini belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazmasdan yoki ularni chiqarishni yoxud nashr etishni to’xtatish to’g’risida qaror qabul qilingandan keyin qonunga xilof ravishda tayyorlash va tarqatish —

    • bosma yoki boshqa mahsulotlarni musodara qilib, eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeks:
143-modda. Xat-yozishmalar, telefonda so’zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish

  • Xat-yozishmalar, telefonda so’zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini qasddan buzish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo’llanilgandan keyin sodir etilgan bo’lsa, —

    • eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.



Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin