Tasdiqlayman ” Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri: Rajabov. T “ ” 2023 yil kiberxavfsizlik asoslari fanidan ii-kurs Kompyuter injiniringi uchun



Yüklə 7,7 Mb.
səhifə2/162
tarix28.08.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#140791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   162
Majmua Kiberxavfsizlik asoslari II-Kurs

Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik o’rtasidagi farq

“Kiberxavfsizlik” va “axborot xavfsizligi” atamalaridan, tez-tez o’rnilari almashingan holatda, foydalaniladi. Ba’zilar kiberxavfsizlikni axborot xavfsizligi, axborot texnologiyalari xavfsizligi va (axborot) risklarni boshqarish tushunchalariga sinonim sifatida foydalanadilar. Ayrimlar esa, xususan, hukumat sohasidagilar kiberxavfsizlikka kompyuter jinoyatchiligi va muhim infratuzilmalar himoyasini o’z ichiga olgan milliy xavfsizlik bilan bog’liq bo’lgan texnik tushuncha sifatida qaraydilar. Turli soha xodimlari tomonidan o’z maqsadlariga moslashtirish holatlari mavjud bo’lsada, axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik tushunchalari orasida ba’zi muhim farqlar mavjud.


Axborot xavfsizligi sohasi axborotning ifodalanishidan qat’iy nazar – qog’oz ko’rinishdagi, elektron va insonlar fikrlashida, og’zaki va vizual aloqada intelektual huquqlarini himoyalash bilan shug’ullanadi. Kiberxavfsizlik esa elektron shakldagi axborotni (barcha holatlardagi, tarmoqdan to qurilmagacha bo’lgan, o’zaro birga ishlovchi tizimlarda saqlanayotgan, uzatilayotgan va ishlanayotgan axborotni) himoyalash bilan shug’ullanadi. Bundan tashqari, hukumatlar tomonidan moliyalashtirilgan hujumlar va rivojlangan doimiy tahidlar (Advanced persistent threats, APT) ham aynan kiberxavfsizlikka tegishlidir. Qisqacha aytganda, kiberxavfsizlikni axborot xavfsizligining bir yo’nalishi deb tushunish uni to’g’ri anglashga yordam beradi [15].
Kiberxavfsizlikning bilim sohalar
CSEC2017 JTF manbasiga ko’ra kiberxavfsizlik 8 ta bilim sohasiga bo’lingan bo’lib, o’z o’rnida ularning har biri qismsohalarga bo’linadi (3-rasm) [16].


3-rasm. Kiberxavfsizlikning bilim sohalari

Ma’lumotlar xavfsizligi” bilim sohasi ma’lumotlarni saqlash, ishlash va uzatishda himoyani ta’minlashni maqsad qiladi. Mazkur bilim sohasida himoyani to’liq amalga oshirish uchun matematik va analitik algoritmlardan foydalaniladi.


Dasturiy ta’minot xavfsizligi” bilim sohasi foydalanilayotgan tizim yoki axborot xavfsizligini ta’minlovchi dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish va foydalanish jarayoniga e’tibor qaratadi.
Tashkil etuvchilar xavfsizligi” bilim sohasi katta tizimlarda integrallashgan tashkil etuvchilarni loyihalashga, sotib olishga, testlashga, tahlillashga va texnik xizmat ko’rsatishga e’tibor qaratadi. Tizim xavfsizligi gohida tashkil etuvchilar xavfsizligidan farq qiladi. Tashkil etuvchilar xavfsizligi ularning qanday loyihalanganligiga, yaratilganligiga, sotib olinganligiga, boshqa tarkibiy qismlar bilan bog’langanligiga, qanday ishlayotganligiga va saqlanayotganligiga bog’liq bo’ladi.
Aloqa xavfsizligi” bilim sohasi tashkil etuvchilar o’rtasidagi aloqani himoyalashga etibor qaratib, o’zida fizik va mantiqiy ulanishni mujassamlashtiradi. “Tizim xavfsizligi” bilim sohasi tashkil etuvchilar, ulanishlar va dasturiy ta’minotdan iborat bo’lgan tizim xavfsizligining jixatlariga e’tibor qaratadi. Tizim xavfsizligini tushunish uchun nafaqat, uning tarkibiy qismlari va ularning bog’lanishini tushunish, balki yaxlitlikni hisobga olish talab etiladi. Ya’ni, tizimni
to’liqligicha ko’rib chiqish talab etiladi. Mazkur bilim sohasi “Tashkil etuvchilar xavfsizligi” va “Aloqa xavfsizligi” bilim sohalari bilan bir qatorda, tashkil etuvchilar bog’lanishining xavfsizligi va undan yuqori tizimlarda foydalanish masalasini hal qiladi.
Inson xavfsizligi” bilim sohasi kiberxavfsizlik bilan bog’liq inson hatti harakatlarini o’rganishdan tashqari, tashkilotlar (masalan, xodim) va shaxsiy hayot sharoitida ma’lumotlarni va shaxsiylikni himoya qilishga e’tibor qaratadi.
Tashkilot xavfsizligi” bilim sohasi tashkilotni kiberxavfsizlik tahdidlaridan himoyalash va tashkilot vazifasini muvaffaqqiyatli bajarishini madadlash uchun risklarni boshqarishga e’tibor qaratadi.
Ijtimoiy xavfsizlik” bilim sohasi jamiyatda u yoki bu darajadagi ta’sir ko’rsatuvchi kiberxavfsizlik omillariga e’tibor qaratadi. Kiberjinoyatchilik, qonunlar, axloqiy munosabatlar, siyosat, shaxsiy hayot va ularning bir-biri bilan munosabatlari ushbu bilim sohasidagi asosiy tushunchalar hisoblanadi.
Demak, aytish mumkinki, kiberxavfsizlik sohasi axborot texnologiyalari mutaxassislari uchun zarur soha hisoblanadi.

Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin