Bundan tashqari kriptografiya va steganografiya fan sohalari o’xshashlikga ega bo’lganligi sababli, aksariyat hollarda ularni chalkashtirish kuzatiladi. Steganografiya – bu maxfiy xabarni sohta xabar ichiga berkitish orqali aloqani yashirish hisoblanadi [18]. Boshqacha aytganda steganografiyaning asosiy g’oyasi
– maxfiy ma’lumotlarning mavjudligi haqidagi shubhani oldini olish. Steganografik va kriptografik jarayonlarning umumiy ko’rinishi 7-rasmda keltirilgan.
Kriptografiyada jo’natuvchi faqat ochiq matn ko’rinishidagi xabar yuborishi mumkin. Bunda u xabarni ochiq tarmoq (masalan, Internet) orqali uzatishdan oldin shifrlangan matnga o’zgartiradi. Ushbu shifrlangan xabar qabul qiluvchiga kelganida yana oddiy matn ko’rinishiga qaytariladi. Umumiy holda ma’lumotni shifrlashdan asosiy maqsad (simmetrik yoki ochiq kalitli kriptografik tizimlar asosida - farqi yo’q) – ma’lumotni maxfiyligini qolganlardan sir tutishdir.
Kriptografiyaningasosiybo’limlari
Kriptografiyani quyidagi bo’limlarga ajratish mumkin:
Simmetrik kalitli kriptografiya. Simmetrik kalitli kriptografiyaning umumiy ko’rinishi 2.1-rasmdagi kabi bo’lib, ma’lumotni shifrlash va deshifrlashda yagona kalitdan (simmetrik kalitdan) foydalaniladi. Shuning uchun ham simmetrik kalitli kriptotizimlarni – bir kalitli kriptotizimlar ham deb yuritiladi. Demak, simmetrik kalitli shifrlash algoritmlaridan foydalanish uchun har ikkala tomonda bir
xil kalit mavjud bo’lishi zarur. Simmetrik kalit odatda bir tomonda hosil qilinadi va maxsus usullar asosida ikkinchi tomonga xavfsiz tarzda yetkaziladi.
Ochiq kalitli kriptografiya. Ochiq kalitli kriptografiyada (yoki assimetrik kriptografiya deb ham ataladi) ma’lumotni shifrlash qabul qiluvchining ochiq kaliti bilan amalga oshirilsa, uni deshifrlash qabul qiluvchining shaxsiy kaliti bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun ham ochiq kalitli kriptotizimlarni ikkikalitli kriptotizimlar deb ham yuritishadi. Ochiq kalitli kriptografiyaning umumiy ko’rinishi 2.3-rasm “a”da keltirilgan. Ochiq kalitli kriptografik algoritmlar asosida ma’lumot almashinish uchun dastlab, jo’natuvchi qabul qiluvchining ochiq kalitiga ega bo’lishi kerak. Qabul qiluvchining ochiq kalitidan faqat ma’lumotni shifrlash uchun foydalaniladi va u bilan shifrmatnni deshifrlashning imkoni mavjud emas. Xuddi shuningdek, shaxsiy kalit bilan ma’lumotni shifrlash imkoni ham mavjud emas. Shifrmatnni deshifrlash esa faqat shaxsiy kalit egasiga joiz. Demak, shaxsiy kalit egasi tomonidan xavfsiz saqlanishi va o’zidan boshqa hyech kimga ma’lum bo’lmasligi kerak.