Tasdiqlayman ” Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri: Rajabov. T “ ” 2023 yil kiberxavfsizlik asoslari fanidan ii-kurs Kompyuter injiniringi uchun



Yüklə 7,7 Mb.
səhifə118/162
tarix28.08.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#140791
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   162
Majmua Kiberxavfsizlik asoslari II-Kurs

Laboratoriya ishi.


Mavzu: Elektron xrestomatiya


Darsning maqsadi: Elektron xrestomatiya ko’nikmalarini shakllantirish.
Bugungi kunda dunyoda axborotlarning haqiqiy inqilobiy jarayoni kechmoqda. Shu narsani alohida ta’kidlash lozimki, jamiyatda iqtisodiyotning rivojlanishi ayni vaqtda tovar mahsulotlari, resurslari, materiallarining harakati bilan emas, g‘oya va bilimlarning kuchi bilan amalga oshirilmoqda. Bunday imkoniyat raqamli aloqa xizmatining ishga tushirilishi bilan taqazolangan. Masalan, telefon orqali internetga bog‘lanib elektron ma’lumotlar bazasini, kerakli kitoblarni va boshqa bir qator ijtimoiy, siyosiy sohalarga doir ma’lumotlarni, hatto biznesga tegishli amallarni bajarish mumkin. Hozirda ushbu qurilmalar yordamida vertual bazalar yaratilishini ko`rishimiz mumkin ularning qulayliklarini esa yuqoridagi fikrlarni o`zi dalil bo`la oladi. XXI asrda o`z dalilini topgan axborot kommunikatsion vositalar nafaqat jamiyatda hattoki fan inqilobiga aylandi. O‘quv jarayonida foydalanilayotgan texnik vositalar va texnologiyalar har xil bo‘lishiga qaramasdan, o‘quv materialini taqdim etish shakli va vositalariga bog‘liq ravishda o‘qitish sifati yuqori yoki qoniqarli darajada bo‘lishi mumkin. O`quv jarayonlarida hozirda turli xil o`quv metodlar bilan birga yangi innovatsion texnologiyalarni qo`llash ham amalga oshirish jarayoni ketmoqda. Xususan zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni obrazlar ko‘rinishida taqdim etish, unda obrazli fikrlash, intelluktual rivojlanish darajasini yuqoriga ko‘tarib qolmasdan, obrazli va an’anaviy o‘qitish o‘rtasidagi nisbatni o‘zgartirishga olib keladi. Tasvirlarni uzatish orqali undagi harakat sxemalar orqali ta`lim jarayonini faollashtirish undagi natijani yuqori darajada ko`rsatishini ta`minlamoqda. Bunday o‘qitish an’anaviy metodikaga nisbatan inson intellekti rivojlanishining yangi shaxobchasiga mos keladigan obrazli ko‘rinishda ma’lumotlarni taqdim etish, muloqot tillari bilan bog‘liq muammolarni yechish va shuning bilan bir qatorda jahondagi kommunikasion jarayonlarning rivojlanishiga olib keladi. Hozirda jahonda juda ko`p kommunikatsion vositalar orqali muloqotni amaga oshirish imkoniyatlari mavjud. Ularning barchasi albatta Axborot vositalarning rivojlanishidir. Ushbu muloqot vositalar nafaqat ta`limni rivojlantirishga, balki unda yangiliklarni boyitishga ham xizmat qiladi albatta. Ushbu tizimni rivojlantirishda korporativ tarmoqning vazifalari alohida turadi. Korporativ tarmoq orqali ma`lumotlar tez suratda bir joydan ikkinchi joyda yuborilib ma`lumotlarni tarqatsihda foydalanadigan ma`lumot tarqatishning bir turiga aytiladi. Mazkur tarmoq orqali vertual ma`lumotlar ta`lim jarayonida tarqatilishini ta`minlashni bajaradi.
Mavzuning dolzarbligi. Axborot texnologiyalari fan va texnikaning, ayniqsa, fundamental fanlarning yutuqlariga tayangan holda rivojlanib boradi. Shu narsani ta’kidlash lozimki, jamiyat uchun AT qanday muhimligini ko‘rsatishda axborot vositalari tomonidan ushbu muammoni doimiy muhokama qilinib borilishi muhimdir. Bu borada respublikamizda ham muayyan tajribalar to‘plangan. Misol tariqasida Respublika Prezidenti Islom Karimovning 2001 yil may oyida Oliy Majlisning 5-sessiyasida so‘zlagan nutqida kompyuterlashtirish va Axborot texnologiyalarini ishlab chiqarishga, maktablar va oliy o‘quv yurtlari dasturlariga, odamlarning kundalik turmushiga joriy etish bo‘yicha O‘zbekistonning yuksak darajalarga erishishi yuzasidan aniq vazifalar qo‘yilgan. Respublikamiz birinchi Prezidenti I.A.Karimovning bevosita rahbarligida va tashabbusi bilan ishlab chiqilgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturini», O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 23 maydagi 230 sonli «2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, «INTERNET»ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta’minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori
Axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni hal etish uchun 2002 yil 30 mayda O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi farmoni va ushbu farmonning bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyunda «2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi» to‘g‘risidagi qarorlarini keltirish mumki [2,14-15]. Shu o‘rinda AT larining ta’lim tizimidagi o‘rni haqida to‘xtalib o‘tish joizdir. Axborot texnologiyalari nafaqat jamiyatda balki, turli sohalarda ham o`zini ko`rsatib kelmoqda. Uning afzalliklari shundan iboratki ma`lumotlarni qabul qilish hamda tarqatishda juda tez amalga oshirilishi hamda aniq dalilar orqali amalga oshirishi eng muhim omillaridan biri ekanligini isbotlaydi.


Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin