Tasdiqlayman ” Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri: Rajabov. T “ ” 2023 yil kiberxavfsizlik asoslari fanidan ii-kurs Kompyuter injiniringi uchun



Yüklə 7,7 Mb.
səhifə4/162
tarix28.08.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#140791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   162
Majmua Kiberxavfsizlik asoslari II-Kurs

Nazorat savollari

  1. Axborot xavfsizligining xayotiy timsollari va ularning vazifalari nimalardan iborat?

  2. Kiberxavfsizlik tushunchasiga izoh bering?

  3. Kiberxavfsizlik fan sifatida qanday tuzilishga ega?

  4. Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalarini aytib bering?

  5. Axborotni konfidensialligini ta’minlash deganda nimani tushunasiz?

  6. Axborotni yaxlitligini ta’minlash deganda nimani tushunasiz?


2-Ma’ruza mashg’uloti.
Mavzu: Kriptografiyaning asosiy tushunchalari.
Reja:

1. Kriptografiyaning tarixi
2. Shifrlash usullari
Kriptografiyaning tarixi
Ma’lumotlarni shifrlashning dastlabki ko’rinishlaridan ming yillar avval foydanib kelingan. Yaqin o’n yilliklarga qadar foydalanilgan shifrlar klassik shifrlar deb atalgan. Kriptografiyani fan sifatida taraqqiy etishini aksariyat adabiyotlarda bir necha davrlarga ajratib, turli yondashuvlarga asoslanib o’rganilgan. Masalan, ba’zi manbalarda hisoblash qurilmalari yaratilgunga qadar foydalanilgan shifrlar – klassik shifrlar davriga tegishli deb olingan. Undan keyingi davr esa zamonaviy shifrlar davri deb yuritiladi. Biroq, hisoblash qurilmalari yaratilgunga qadar bo’lgan davr juda uzoq bo’lgani bois, ularni ham qismdavrlarga ajratish muhim ahamiyat kasb etgan. Shuning uchun, kriptologiyani fan sifatida shakllanishini quyidagi davrlarga ajratish mumkin.

    1. Qadimiy davr (qadimiy davr klassik shifrlari). Ushbu davrda klassik shifrlar asosan bir alfavitli o’rniga qo’yish va o’rin almashtirish akslantirishlariga asoslangan. Masalan, Sezar, Polibiya kvadrati usullari.

    2. O’rta davr (o’rta davr klassik shifrlari). Ushbu davrda shifrlar asosan ko’p alifboli o’rniga qo’yishga asoslangan bo’lib, ularga Vijiner, Atbash usullarini misol keltirish mumkin. Ushbu davrdagi shifrlar birinchi davr shifrlariga qaraganda bardoshligi yuqori bo’lgan.

    3. 1 va 2 – jaxon urishlari davri (1 va 2- jaxon urishlari davridagi klassik shifrlar). Ushbu davr kriptotizimlari asosan elektromexanikaga asoslangan bo’lib, radioto’lqin orqali shifrmatnni uzatishni (Morze alifbosi) amalga oshirgan. Mazkur davrga oid shifrlash usullariga Zimmermann telegrammi, Enigma shifri, SIGABA mashinalarini misol keltirish mumkin.

    4. Kompyuter davri (zamonaviy shifrlar). Ushbu davr shifrlari hisoblash qurilmalariga mo’ljallangan bo’lib, yuqori xavfsizlik darajasiga ega hisoblanadi. Zamonaviy shifrlarga misol sifatida DES, AES, GOST 28147- 89, IDEA, A5/1, RC4 (barchasi simmetrik) va RSA, El-Gamal (ochiq kalitli) larni keltirish mumkin.

Kriptografiya – axborotni aslidan o’zgartirilgan holatga akslantirish uslublarini topish va takomillashtirish bilan shug’ullanadi. Dastlabki kriptografik uslublar eramiz boshida, Yuliy Sezarning ish yuritish yozishmalarida uchraydi.
Axborotni himoyalash masalalari bilan kriptologiya (kryptos - mahfiy, logos- ilm) fani shug’ullanadi. Kriptologiya maqsadlari o’zaro qarama-qarshi bo’lgan ikki yo’nalishga ega [17]: – kriptografiya va kriptoanaliz.
“Kripto”ning asosiy tushunchalari quyidagilarni o’z ichiga oladi [13]:

  • Kriptologiya - “maxfiy kodlar”ni yaratish va buzish fani va san’ati;

  • Kriptografiya – “maxfiy kodlar”ni yaratish bilan shug’ullanadi.

  • Kriptotahlil – “maxfiy kodlar”ni buzish bilan shug’ullanadi;

  • Kripto – yuqoridagi tushunchalarga (hattoki bundanda ortig’iga) sinonim bo’lib, kontekst ma’nosiga ko’ra farqlanadi.

Shifr yoki kriptotizim ma’lumotni shifrlash uchun ishlatiladi. Haqiqiy, shifrlanmagan ma’lumot ochiq matn deb, shifrlash natijasi esa shifrmatn deb ataladi. Haqiqiy ma’lumotni qayta tiklash uchun shifrmatnni deshifrlash zarur bo’ladi.
Shifrlash va deshifrlash masalalariga tegishli bo’lgan, ma’lum bir alfavitda tuzilgan ma’lumotlar matnlarni tashkil etadi. Alfavit - axborotni ifodalash uchun foydalaniladigan chekli sondagi belgilar to’plami. Misollar sifatida:

    • o’ttiz oltita belgidan (harfdan) iborat o’zbek tili alfaviti;

o’ttiz ikkita belgidan (harfdan) iborat rus tili alfaviti

    • yigirma sakkizta belgidan (harfdan) iborat lotin alfaviti;

    • ikki yuzi ellik oltita belgidan iborat ASSII kompyuter belgilarining alfaviti;

    • binar alfavit, ya’ni 0 va 1 belgilardan iborat alfavit;

    • sakkizlik va o’n oltilik sanoq sistemalari belgilaridan iborat alfavitlarni keltirish mumkin.

Simmetrik shifrlarda ma’lumotni shifrlash va deshifrlash uchun bir xil kalitdan foydalaniladi. Bundan tashqari ochiq kalitli (assimetrik) kriptotizimlar mavjud bo’lib, unda shifrlash va deshifrlash uchun turli kalitlardan foydalaniladi. Turli kalitlardan foydalanilganligi bois, shifrlash kalitini oshkor qilsa bo’ladi va shuni uchun ochiq kalitli kriptotizim deb ataladi. Ochiq kalitli kriptotizimlarda shifrlash kaliti ochiq kalit deb atalsa, deshifrlash kaliti shaxsiy kalit deb ataladi. Simmetrik kalitli kriptotizimlarda esa kalit - simmetrik kalit deb ataladi.


      1. Yüklə 7,7 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin