Mavzu: Inson xavfsizligi. Sosial injineriya yo’nalishlari. Reja Inson xavfsizligi.
Sosial injineriya yo’nalishlari.
Ijtimoiy (sosial) injineriya - turli psixologik usullar va firibgarlik amaliyotining to’plami bo’lib, uning maqsadi firibgarlik yo’li bilan shaxs to’g’risida maxfiy ma’lumotlarni olish hisoblanadi. Maxfiy ma’lumotlar - foydalanuvchi ismi/ parollari, shaxsiy ma’lumotlari, ayblov dalillari, bank karta raqamlari va moliyaviy yoki obro’sini yo’qotadigan har qanday ma’lumot.
Mazkur atama xakerlik sohasidan kirib kelgan bo’lib, xaker - kompyuter tizimidagi zaifliklarni qidiradigan odam, boshqacha aytganda – “buzg’unchi”. Hozirgi vaqtda xakerlar har qanday tizimdagi asosiy zaiflik bu - mashina yemas, balki shaxs yekanligini yaxshi tushunishadi. Inson, xuddi kompyuter singari, muayyan qonunlarga muvofiq ishlaydi. Psixologiya, hiyla-nayranglar va ta’sir
mexanizmlari doirasida insoniyat tomonidan to’plangan tajribadan foydalangan holda, xakerlar “odamlarga hujum qilishni” boshladilar. Gohida ular “aql xakerligi” deb ham ataladi.
Masalan, xaker sizdan pul olmoqchi deb faraz qilaylik. Aytaylik, u sizning telefon raqamingiz va ijtimoiy tarmoqdagi akkauntingiz haqida ma’lumotga ega. Bundan tashqari, u izlanish natijasida sizning akangiz borligini ham aniqladi va akangiz haqida ham yetarlicha ma’lumot to’pladi. U shuningdek, akangizni telefon raqamini ham biladi. Shundan so’ng, ushbu ma’lumotlar asosida o’z rejasini tuza boshladi.
Reja: Xaker sizga kechki vaqtda telefon qilib, sizga (sizni ismingiz o’rniga faqat akangiz ataydigan biror lichka ham bo’lishi mumkin) men akangman deb tanishtiradi va o’zini ko’chada bezorilarga duch kelganini, ular barcha narsalarini (telefon, pul, plastik kartochka va boshqalar) olib qo’yganini aytadi. Bundan tashqari, u o’ziga bir qiz yordam berganini, biroq, uning yonida puli yo’qligini aytadi. Shu bilan birga, ushbu qizni yonida plastik kartasi borligini va sizdan ushbu plastik kartaga kasalxonaga yetib borish uchun zarur bo’lgan 20000 so’m pulni ko’chirib berishni talab qiladi. Mazkur holatlarning 8/10 da xakerlar muvaffaqqiyatga erishganlar va bu ishlarni amalga oshirish malakali xaker uchun qiyinchilik tug’dirmaydi.
Mazkur holda akangizni ovozini ajratish imkoniyati haqida gap borishi mumkin. Biroq, inson turli hayojon va shovqin bo’lgan muhitda bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, agar siz uxlab yotgan vaqtingizda telefon bo’lsa, sizning ovozni aniqlashangiz yanada qiyinlashadi.
Ushbu holatda xaker tomonidan foydalanilgan fikrlarni ko’rib chiqaylik:
Shaxsni yaxshi yashirgan va real misollarga asoslangan (masalan, sizning rasmlaringiz, faqat sizning yaqinlaringiz biladigan joylar va h.) va yaxshi afsona o’ylab topdi.
Bularning barchasi yetarlicha tez va ishonchli tarzda aytilgan.
Ta’sirning juda katta mexanizmidan foydalanilgan – achinishga ta’sir qilingan (hissiyotlarga murojaat qilish).