Tasdiqlayman” 122-maktab direktori T. F. Shermatov Toshkent shahar Yunusobod tumani 122-maktabning Ona tili va adabiyot fani


Birgalikda: Ona tilim – jonu dilim



Yüklə 68 Kb.
səhifə4/7
tarix02.01.2022
ölçüsü68 Kb.
#38201
1   2   3   4   5   6   7
til bayrami (2)

Birgalikda:

Ona tilim – jonu dilim,

Sen-la kamol topdi elim.

Munira:

Ona tilim – o’zbek tili bu,

Ona tilim – turk tili bu.

Ona tilim – o’tib ketgan

Bobo-buvim tilidir bu.

Ulug’bek-u, Ibn Sino

Navoiy, Beruniylar tili bu.

O’zbekning donoligin

Tarixga yozgan til bu.

(o’qituvchi M.Istatova)



Sabina:

Sen bilan dunyo sadosin tingladim, o’zbek tilim,

Tillashib, olam elini, angladim o’zbek tilim,

O’tmishing devonida sharh etdi Mahmud Qoshg’ariy,

Turkcha ul sharhini qalbga joyladim, o’zbek tilim.

Urdi faryod Mir Alisher, tutdi sha’ningni baland,

Mirza Bobur nolasida, yig’ladim o’zbek tilim.

Lutf etar davlat maqomi, kunda topgaysan rivoj,

Ravnaqing ahli zamonga, so’yladim o’zbek tilim.

Muallif: Roziq Ro’zi

Qizlar “Erta bilan turaman” qo’shig’ini xor aytishadi.

Bir guruh qizlar qo’shiq ostida raqsga tushadi.


I- boshlovchi: O’zbek tilimizning rivojlanishiga behisob hissa qo’shgan buyuk

shaxslar ko’p. Bulardan tilimizning otasi Mahmud Qoshg’ariy.

Uning “Devoni lug’oti turk”, lisoniy qomusi, Yusuf Xos Hojibning

“Qutadg’u bilig” asarlari diqqatga molikdir.



II- boshlovchi: Shu о‘rinda o’zbek adabiy tiliga asos solgan, uni davlat tili

maqomiga ko’targan millat fidoyilaridan A. Navoiyni aytib o’tish

joiz. A. Navoiy – ma’naviyatimiz osmoninig quyoshi.

I- boshlovchi: Kelinglar, Navoiy bobomizning o’zbek tilini rivojlantirishdagi

beqiyos xizmatlarini sahna ko’rinishlari orqali tomosha qilaylik.



I- boshlovchi: O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi O’zbekistonning mustaqillikka erishish, o’zbek adabiyotining jahon so’z san’atidan o’z munosib o’rnini egallashi buyuk Navoiy orzularining ushalishi hisoblanadi.

II- boshlovchi: Navoiy bir o’rinda so’zni “Javhari ruh” deydi. Tildagi nafosat va jozibali unsurlar tilning qalbida yashiringandirki, shuning uchub ham til qalbida yo’l topishda Alisher Navoiy hayratlanarli unsurlarni kashf etgan.


Yüklə 68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin