DAM OLISH DAQIQASI Qo’llar parta ustida yuqoriga ko’tarib qo’yiladi.
1-o’ng qo’l parta ustiga 2-chap qo’l parta ustiga 3-ikki qo’l yuqoriga.
Bir necha marta takrorlaymiz. O’qituvchi:
“KAPALAK BILAN ASALARI” Asalari asal to’plab kelayotgan edi. Yo’lda kapalakni ko’rdi. Kapalak asalarini turtib:
-Nari tur, kiyimim kir bo’ladi!-dedi.
-Asalari kapalakka yo’l berdi. Kapalak o’tib ketdi. Asalari yana ko’p asal to’pladi.
Ifodali va mazmunli qilib o’qib beradi hamda hikoyada asalari ijobiy obraz, kapalak esa salbiy obraz ekanligini tushuntiradi.
Kitobdagi “Oldin o’yla, keyin so’yla” naqlini o’qib, bu naql bekorga aytilmagani, har bir gapni o’ylab gapirish kerakligi, shundagina inson do’stlari orasida o’z o’rnini topa oladi deydi.
Yangi mavzuni mustahkamlash. O’qituvchi: O'quvchilar, biz o'tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida kitobimizdagi rasmlarga qarab og’zaki gaplar tuzamiz.
-Pilla davlatimiz boyligi.
-Piyolada onamga choy kuydim.
-Piyozni har kuni ovqatga onam solib beradilar.
DAM OLISH DAQIQASI Barmoqqa barmoq duk-duk, Endi qarsak chalamiz. Qollarimiz chiroyli,
Endi birpas dam olamiz.
III. Yakuniy qism. Uyga vazifa.
P harfini talaffuz qilish, hosil qilingan bo'g'inlarni yod olish.
Darsda faol ishtirok etgan o'quvchilar rag'bat kartochkalari orqali rag'batlantirilad
Foydalanilgan adabiyotlar: 1-sinf alifbe kitobi.
Boshlang`ich ta`lim jurnali.
Ziyonet.Kitob.uz.
1-sinf savod o`rgatish o`qituvchilar uchun metodik qo`llanma