«tasdiqlayman» 4-dmtt direktori X. X. Fayziyeva



Yüklə 29,1 Kb.
səhifə2/3
tarix06.04.2023
ölçüsü29,1 Kb.
#94057
1   2   3
4-DMTT manaviy

QAROR QILADI:

1. Bekobod shahar Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining 2021 yil 30 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2021 yil 19 yanvar kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining videosilektor tarzida o‘tkazilgan 3-sonli majlis bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi yig‘ilish qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.


2. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari (Djabbarova S. B.) va DMTT uslubchisi Mamadjanova Sh.N. bilan birgalikda 10 kun muddatda ta’lim tashkilotida ma’naviy-ma’rifiy sohadagi faoliyatini muvofiqlashtirishga qaratilgan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaratasi”ni ishlab chiqib, ijroga qaratsin.
3. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari (Djabbarova S. B.) 2021 yilning fevral oyidan boshlab ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar borasidagi reja va dasturlarni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Bekobod shahar bo‘linmasi bilan birgalikda ishlab chiqsin.
4. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Bekobod shahar bo‘linmasi bilan birgalikda 2021 yil mart oyidan boshlab ta’lim muassasasida reja-jadval asosida “Ma’rifat soat”ni o‘tkazilishini yo‘lga qo‘ysin va nazoratga olsin. Bunda ta’lim muassasasi rahbari raisligida Ma’naviyat va ma’rifat kengashi tarkibi (3 kishidan 7 kishigacha), kengash kotibi, ish rejasi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Bekobod shahar bo‘linmasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanishi inobatga olinsin.
5. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari (Djabbarova S. B.), 2021 yil 1 martdan boshlab har oyda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Markazi shahar bo‘linmasiga ta’lim muassasasidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar holati to‘g‘risida tanqidiy-hliliy hisobotlar kiritib borsin.
6. Ta’lim tashkiloti rahbari (X. X. Fayziyeva)ga 2021 yil fevral oyidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlarini Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Bekobod shahar bo‘linmasi tavsiyasiga asosan lavozimga tayinlash amaliyoti yo‘lga qo‘yilganligi ko‘rsatib o‘tilsin.
7. Ta’lim tashkiloti rahbari (X. X. Fayziyeva), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Bekobod shahar bo‘linmasi bilan birgalikda 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab DMTT direktorlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosarining o‘quv yili yakuni bo‘yicha shahar Ma’naviyat va ma’rifat kengashiga hisobot berishi va natijasiga ko‘ra ularning faoliyatiga baho berib borilishi ta’minlansin.
8. Shahar hokimining o‘rinbosari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi (A.Usmonqulov), Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi (R.Jamolov), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Bekobod shahar bo‘linmasi bilan birgalikda:
- 2021 yilning mart oyidan boshlab “Har bir nuroniy-besh nafar yoshga murabbiy” tamoyili asosida har bir mahalladan 5 nafardan tarbiyasi og‘ir, ma’naviy ko‘makka muhtoj, uyushmagan, ishsiz yoshlarni 1 nafar nuroniyga biriktirilganligi;
- “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida har bir mahallaga tajribali o‘qituvchilar, yozuvchi, shoir, taniqli san’atkor va ziyolilarni biriktirib, ma’naviy-max’rifiy, targ‘ibot ishlarini “mahallabay” tarzda tashkil etish choralari ko‘rilishi;
9. Shahar hokimining o‘rinbosari (A.Dadaboev) mazkur bayonda belgilangan vazifalarning tegishli ijrochilar tomonidan bajarilish holati va natijadorligi yuzasidan har oyda shahar hokimi, Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisiga axborot kiritib borilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
10. Quyidagilar:
Ta’lim muassasasi Ma’naviyat va ma’rifat kengashining yangi tarkibi 1-ilovaga;
ta’lim muassasasida ma’naviy-ma’rifiy sohadagi faoliyatini muvofiqlashtirishga qaratilgan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha “ Yo‘l xaratasi” 2-ilovaga;
2021 yil mart oyidan boshlab ta’lim muassasasida reja-jadval asosida “Ma’rifat soat”lari mavzulari, vaqti va biriktirilgan mas’ullar reja-jadvali 3-ilovaga;
Ta’lim muassasasida amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, xodim va o‘quvchi yoshlar intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga doir chora-tadbirlar Dasturi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
11. Ushbu yig‘ilish bayonnomasi, qaror qismi asosida qabul qilingan ichki buyruq, mazkur buyruq bilan tasdiqlangan 1,2,3,4-ilovalarning elektron va tasdiqlangan shakllarini belgilangan muddatda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Bekobod shahar bo‘linmasiga taqdim qilish MMIBDO‘ zimmasiga yuklatilsin.
12. Ushbu majlis qarorining ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman



Yüklə 29,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin