Birinchi asoslovchi bosqichda (2021-2022 o’quv yili) o’quv jarayonidagi mavjud holatlar, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida yaratilgan o’quv-uslubiy ta’minot: o’quv reja, namunaviy dastur, ishchi o’quv dasturlari, o’quv adabiyotlari, darsliklar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy majmualar tahlil etilib, o’quv mashg’ulotlari kuzatildi. Tajriba-sinov ishlariga jalb etilgan professor-o’qituvchilar o’rtasida suhbat, anketa-so’rovnoma va test sinovlari o’tkazilib, zamonaviy axborot muhiti sharoitida professor-o’qituvchilarda tajriba-sinov ishlari jarayonida xalqaro baholash dasturlariga muvofiq, kredit-modul tizimiga asoslangan oliy talim sharoitida yosh o‘qituvchilarning didaktik moslashuvini rivojlanganlik darajasi birlamchi o‘rganilib, maxsus trening dasturlari ishlab chiqilmokda, yosh o‘qituvchilar bilan tizimli mashg‘ulotlar tashkil etilmokda, tajriba-sinov ishlari so‘nggida yosh o‘qituvchilarda didaktik moslashuvining rivojlanganlik darajasi ortadi.
Tajriba-sinov ishlarida kredit-modul tizimiga asoslangan oliy talim sharoitida yosh o‘qituvchilarning didaktik moslashuvini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish hamda ularni amaliyotga qo‘llashning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash, nazariy asoslash va tajribada sinab ko‘rishdan iboratdir. Kredit-modul tizimiga asoslangan oliy talim sharoitida yosh o‘qituvchilarning didaktik moslashuvini rivojlanganlik holatini o‘rganish, yosh o‘qituvchilarning didaktik moslashuvini rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va tahlil etish bir necha bosqichda amalga oshirildi.
B.Aliqulovning tajriba-sinov ishlari va ilmiy-tadqiqot natijalari Kredit modul tizimiga asoslangan oliy ta’lim sharoitiga yosh o’qituvchilarning didaktik moslashuvini takomillashtirish xizmat qilgan.
Pedagogika fakulteti dekani: p.f.n. dots Sh.Saparov